Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
99
library.ziyonet.uz/
Sheroz navohisidindur. Zunnun Misriy ashobidin. Shayx Abu Abdulloh Xafif
debdurki, Abu Muhriz dedikim, Nisodin Sheroz azimatigʻa chiqtim va sultonning
qoyidi va atbo’i bila yoʻldosh boʻldum. Alarning af’ol va atvori manga bagʻoyat
makruh keldi. Koʻngluda inkor qilib tiladimkim, alardin ayrilgʻaymen. Nogoh bir un
chiqtikim, qoyidning kamari gʻoyib boʻlubdur. Va ul ont ichibdurki, qofila xalqin
borisin axtargʻay. Va birin-birin bari elni taftish qildilar, men qoldim. Va pas xalq
dedilar, bu shayx qolibdur va andoq kishini bu nav’ ishga nechuk muttaham qilsa
boʻlgʻay? Qoyid dediki, men ont ichibmen, foyda qilmas, axtarmoq kerak. Meni ham
axtardilar. Ul kamar belimda bogʻligʻ chiqti. Men dedimki, billohki manga bu ishdin
xabar yoʻqtur. Qoyid dedi, bu yolgʻon ont oʻgurligʻidin azimroqdir. Meni
buyurdikim, yoʻl boshida qofila guzargohida asragʻaylar, to har kishi oʻtsa, tavbix va
sarzanish qilgʻay. Va andoq qildilar va mening hamrohligʻimdin ayrildilar. Va Shayx
Abu Muzohim Sheroziy va Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim oʻtti, Shayx Abu
Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizgʻa nisbat beribdur.
311.
A
BDURRAHIM
I
STAXRIY Q
.
T
.
Kuniyati Abu Amrdur. Va Ruvaym bila suhbat tutubdur va Sahlni koʻrubdur va tariqi
satru ixfo va shatorat erdi. Shotirona libos kiyar erdi va itlar asrar erdi va ovgʻa borur
erdi. Kabutarlari ham boʻlur erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, Ruvaym
dedikim, bu toifadin koʻp bila Lugʻom togʻida boʻlubmen. Andin sobirroq
koʻrmaymen. Ov uchun dashtga yo togʻga borsa erdi, el koʻzidinkim, yiroq boʻldi,
itlarin qoʻyar erdi va tengri zikrigʻa mashgʻul boʻlur erdi. Uyida bir oʻy terisi
ermishki, ostigʻa solur ermishkim, oʻyning shoxlarini ham ul teri bila qoʻygʻon
ermishlar. Qish oni uyga sudrab solur ermish va yoz tashqari sudrab ermish. Ja’far
Hazzo aning qoshigʻa bordi. Ahvolin xarob koʻrdi bir buzuq uy goʻshasida va anga
azim baloyi mutavajjih. Tarahhum qildi va mutagʻayyir boʻldi. Ul dedikim, menga ne
boʻldi? Ja’far dediki, seni bu dam oʻlgudek koʻradurmen za’fdin. Ul qoʻpti va bir
azim tosh erdi, koʻtordi. Koʻtorib tomgʻa chiqardi va dedi: Ey qaviy, kelib, bu toshni
koʻtarib, quyi tushur! Ja’far ojiz boʻlub, hayrat qildi. Ul dedikim, bu kun oʻn yetti
kundurkim, hech nima yemaydurmen. Ja’farning hayrati koʻproq boʻldi. Anga
otasidan yigirma ming diram meros qoldi. Ammo el zimmasida erdi va oʻn mingni
elga kechti va oʻn mingni oldi. Kecha tong otquncha, ul vajh oni gohi savdo xayoligʻa
gohi ziroat xayoligʻa parishon qilib erdikim, sahar qoʻpub, ul vajhlarni ovuch-ovuch
qoʻshnilar uyiga sochti. Kunduz ul elga xayol boʻldikim, goʻyo yormoq yogʻibdur. Ul
tubrani silkidi, yarim diram qolib erdi. Tushti, ashobigʻa dedikim, ishorat sizgakim,
nonu baqlo boʻldi. El dedilar bu devonani koʻrung! Oʻn ming diramni sochib, yarim
diram uchun shodliq qilur. Vaqte Abodongʻa bordi va yigirma bir kun qoldi. Har ne
oqshom anga iftor uchun keltururlar erdi, tongla mavjud erdi. Xalq oning sheftasi
boʻldilar. Sahl Abdulloh qasd qildi, dedi: Senga mehmonman. Ul dedi: Ne
buyurursen? Dedi: soʻkboch pishur. Sahl soʻkboch pishurtti va qozon bila oning
olligʻa qoʻydilar. Hamul dam soyil savol qildi. Buyurdikim, oni soyilgʻa berdilar. Uch
qatlagʻacha soʻkboch pishirurlar erdi va ul soyilgʻa berur erdi. Toʻrtunchida Sahlning
quli yoshurun chiqtikim, soyilgʻa man’ qilgʻay. Dedikim, qulingni soyil man’idin
man’ qil! Sahl man’ qildi. To oy tugandi, ul nima yemay chiqti va birov quruq oʻtmak
suvgʻa toʻgʻrab yeydur erdi. Oning shirkatida iftor qildi.
312.
M
U
’
AMMIL
J
ASSOS R
.
T
.
Do'stlaringiz bilan baham: |