Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
96
library.ziyonet.uz/
yettida dunyodin oʻtubdur. Va ul debdurki, har soʻzki, zikrdin xolidur– lagʻvdur va
har. xomushlikkim, fikrdin xolidur–sahvdur va har nazarki, ibratdin xolidur – lahv.
300.
A
BUNASR
X
ABBOZ VA
A
BULHASAN
S
UHON
O
JAN H
.
S
.
Shayx ul-islom dedikim, Gozurgoh mashoyixidin ikki kishi qadimroqdir, biri Shayx
Abunasr Xabboz, buzoʻrg erdi. Shogirdlaridin jamoate Makkaga borurlar erdi, Husriy
ziyoratiga bordilar. Husriy alargʻa iltimos qildikim, agar nima oʻquy olursiz, bir nima
oʻqung! Alardin birikim, nima oʻqiy olur erdi, nima oʻqudi. Shayx un tortti va beqaror
boʻldi samo’da. Va dedi: sizga bu yil bor yoʻqdur, yoning! Va dedi: Abu Xabboz
muridlarisiz Hirining ul falon togʻida? Dedilar, bale. Dedi andin dastursiz va yoʻlgʻa
mutavajjih boʻlubsiz, qayting, dagʻi aning xidmatigʻa boring! Alardin har kishi aning
soʻzy bila yondi, salomat bordi, har kishi bodiyagʻa kirdi, samumdin oʻrtandi.
Va Gozurgoh mashoyixidin yana biri Shayx Abulhasan Suhon Ojan erdi. Va ul
masjidi jome’da oʻlturur erdi. Shayx ul-islom dediki, aning shogirdi manga dedikim,
bizing pir Ramazonning soʻnggi kuni sajdaga boshin qoʻyub, subhgʻa degincha
zorligʻ bila aytur erdikim, Xudoyo, ul roʻzakim tuttum, sening uchun. va ul haj va
namozki qildim va Qur’onkim oʻqidim, barchadin tavba qilurman, meni roygon
yorligʻa!
301.
S
HAYX
A
HMAD
H
ARRONIY Q
.
T
.
S
.
Ul debdurki, Shayx Abulhasan Mu’ammar ayturki, Husriy bila oʻlturub erdim. Birav
andin vasiyat istid’osi qildi.» Ul dedikim, [himmatingni baland tut!]
(1)
. Jahm Raqqiy
hozir erdi, dedikim, ey Shayx, oni yiroq solding! Husrin dedikim, nechukki, manga
toʻldurdilar, anga tuttum.
302.
J
AHM
R
AQQIY R
.
T
.
[U keyingi mashoyix va javonmardlardan boʻlib, sodiq faqirlardan edi. Samo’ga
oshufta va koʻngil bergan edi. Ikki sajda orasida vafot etdi]
(1)
. Shayx ul-islom
dedikim, Jahm Raqqiy hammomda erdi, chiqti va elga ayttikim, chiqing! Chun bori el
chiqtilar, hammom yiqildi. Va ham ul erdikim, birav aning ilayida takalluf bila raqs
qiladur erdi. Ul qoʻpti va boshin aning choti orasiga solib koʻtardi va tomdin tomgʻa
urar erdi, to ul kishining hushi ketti.
303.
A
BULHUSAYN
U
RMAVIY R
.
T
.
Buzurg erdi. Bu toifadin Husriy ayyomida va Abu Ali Rudboriy va Abu Abdulloh
Xafif va barcha vaqt mashoyixi bor erdilar. Urmiyda erdi va qabri andadur. Andin
soʻrdilar: vafo nedur? Dedikim, Ulki, harne ondin qaytting, yana aning boshigʻa
bormagʻaysen. Dedilar, bu omningdur, xosning nedur? Dedi: ulki bilgaysenki,
neuchun qilibsen.
304.
A
BU
A
BDULLOH
X
AFIF
S
HEROZIY Q
.
S
.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Xafif b. Isfikshor Zabbiy. Sherozda boʻlur
erdi. Otasi Nishoburdindur. Uz zamonida shayx ul-mashoyix erdi va oni Shayx ul-
islom derlar erdi. Shayx Abu Tolib Xazraj Bagʻdodiyning shogirdidur. Ruvaymni
Do'stlaringiz bilan baham: |