Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
97 
library.ziyonet.uz/ 
 
koʻrub erdi va Kattoniy va Yusuf b. Husayn Roziy va Abulhusayn Molikiy va 
Muzayyin va Abluhusayn Darroj va Tohir Maqdisiy va Abu Amr Dimishqiy va 
bulardin oʻzga mashoyix bila ham suhbat tutub erdi. Mashoyix diydoridin marzuq 
erdi. Zohir ilmida va haqoyiq ilmida olim erdi. Shayx ul-islom debdurki, ilmda hech 
kishining oncha tasnifi yoʻqdurki aning. Imom Shofi’i mazhabida erdi. Uch yuz 
oʻttuz birda dunyodin oʻtubdur. Shayx ul-islom. aning ikki soʻzin bagʻoyat ta’rif 
qilibdur. Biri buki, andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dediki: [gʻaflat paytida haqni 
topishdir]
(1)
. Yana bukim, soʻrdilarki, Abdurrahim Istaxriy ne uchun sakbonlar bila 
dashtqa borur va qapton kiyar? Dedikim, [unga ogʻirlik qilayotgan narsani 
yengillatish uchun]
(2)
. Dedi: borurki, aning yukidinki andadur, yengilgay va dami 
urgʻay. Shayx ul-islom dedikim, vujudda lazzat yoʻqdurki barcha sadamat va 
ushalmaqdurki, havas tuganur. [Boshqa birovningg she’rini bizga oʻqib berdi: 
Laylining yodini unitishni xohlayman, lekin qayerga boqsam, koʻz oldimda turadi]
(3)

305.
 
A
BULXAYR 
M
OLIKIY R
.
 T

Oti Bundor b. Ya’qub Molikiydur. Mashoyix akobiridin erdi. Va anvo’i ilm jam’ qilib 
erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, yigitlikda roʻza tutar erdim va visol qilur 
erdim. Va kecha masjidi jome’da boʻlur erdim va mening uchun bir qandil qoʻyarlar 
erdi. Bir kecha yel va yomgʻir jihatidin charogʻ oʻchub erdi. Birav eshik qoqti, 
boribki eshikni ochtim, Abulxayr Molikiy erdi. Kirdi va oʻlturdi. Va aning haybatidin 
toʻldum. Rido ochti, anda taom erdi. Dedi: yegilki, men uyumda erdim, muni 
kelturdilar, yeyu olmadimki, xotirim sening sari erdi. Aning haybatidin 
deyolmadimki, visoldadurmen. Aning bila ul taomdin yeduk. Chun forigʻ boʻlduq, 
dedimki, ayyuhash shayx, bir savolim bor. Dedi: soʻr! Dedim: [Qachon bandaning 
hayoti Allohu taolo bilan yorugʻ boʻldi? Dedi: Oʻrtadan muxolifatchilik 
koʻtarilganda]
(1)
. Men bu soʻzdin mutaajjib boʻldum, tonglasi mashoyixgʻa arz 
qildim. Alar ham mutaajjib boʻlib dedilarki, tilarbizki, oʻzidin eshitgaybiz. Chun 
andin soʻrdilar, dedikim, [kechasi sodir boʻlgan narsa kunduz zikr etilmaydi]
(2)
 va 
iqror qilmadi. 
306.
 
A
BUBAKR 
S
HA

RONIY R
.
 T

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, [zohiran Abubakr Sha’roniydan oʻzga 
dunyodan koʻngil uzgan eng sodiq zohidni koʻrmadim]
(1)
. Bir kun anga bordim, 
Istaxrda erdi, kecha qoshigʻa kirdim. Dedi, yo Abo Abdulloh, bu kun sening 
barakatingdin yogʻligʻ taom yegumizdur. Qoʻpti va safol qozonni osti va bir pora qoq 
eti bor erdi, qozongʻa soldi va tuz solib, qozonni qaynatdi: Va biravga dedikim, bir 
pora oʻtmak kelturdi. Va ani tarid qildi, shoʻrbadin anga soldi va etni aning yuziga 
qoʻydi. Va manga dedikim, yegil! Men ul tariddin yer erdim. Dedi: ettin yegil! Men 
dedim: meni ma’zur tut et yemakdin! Dedi: shoyad sanga falon va falon taom kerak 
boʻlgʻay, ul tongla boʻlgʻusidur. Shahrgʻa kirali va sening uchun olali. Tonglasi 
shahrgʻa kirdim va fuqaro jam’ boʻldilar va taome hozir qildilar. Ul taomdin bir pora 
olib, aning uchun elttim. Dedi: aytkim, ne qilding? Dedim: hanuz nima yemaymen, 
sendin iltimosim budurkim, mening bila taom yegaysen. Ikav taom yeduk va men 
Sheroz sari Tebradim. 
307.
 
A
BU 
M
UHAMMAD 
A
TOYIDIY R
.
 T




Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish