FARZONA
**Test sinovi*** 11-sinf*** adabiyot-№1**
1. «Qisasi Rabg'uziy»da yozilishicha, Sulaymon payg'ambar bilan suhbat qurgan mo'rcha (chumoli) ning oti nima edi?
A) Manzara B) Karkas C) Manzur D) Qarinja
2. Nuh alayhissalom uzumni nimalarning suvi bilan sug'ordi?
A) zanjabil va salsabil bilan
B) zanjabil va anjir bilan
C) salsabil, anjir va zanjabil bilan
D) salsabil va anjir bilan
3. “Qutadg`u bilig” asarida “tun” qanday istioralar bilan ifodalangan?
A) qora ko`ylak, tul to`ni, qunduz terisi
B) qora yuz bog`i, qora tun, rumiy qizi
C) habash qiyofasi, zangi yuzi, sevuglar qoshi
D) A va C javoblar
4. “Alp Er To`nga “ marsiyasi qanday she’riy shaklda yozilgan? Marsiyaning turoqlanishi qanday?
A) to`rtlik, 3+4 shaklida turoqlangan
B) murabba’, 4+3 shaklida turoqlangan
C) musaddas, 5+2 shaklida turoqlangan
D) to`rtlik, 5+4 shaklida turoqlangan
5. Shoxdorxon tushida tepasidan sochilgan bir lagan tillani Yusuf qurandoz qanday ta’bir qiladi?
A) bu sening joningdir deb B) bu sening boyliging deb
C) bu sening qoningdir deb D) bu sening xalqingdir deb
6. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Ravshanbek necha yashar bo`lganda xat-savodi chiqdi?
A) 8 yosh B) 5 yosh C) 7 yosh D) 12 yosh
7. Dostonda qaysi qahramon “Bir bola bo`ldiki, ko`rganlar havasda, ko`rmaganlar armonda, kamsiz, suluv-xushro`y” bo`lib ulg`ayadi?
A) Bibi Hilol B) Ravshanxon C) Zaydinoy D) Go`ro`g`li
8. «...yigitlar arig'i (poki), ulug' otlig`, qutlug' zotlig`, ezgu xulqlig`, islom yorig`liq, mo`g'ul sanilig`, musulmon dinlig`, odamiylar ishonchi, mo'minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengsiz beg» deya ta'riflangan tarixiy shaxs kim?
A) Odilxon podsho B) Tabg'ach ulug' Bug'roxon
C) Muhammad Xo'jabek D) Nosiruddin To'qbo'g'a
9. «Qisasi Rabg'uziy»dagi hikoyatlarda qaysi usul yetakchilik qiladi?'
A) ta'rif-tavsif usuli B) savol-javob usuli
C) saj usuli D) ichki qofiyadan foydalanish usuli
10. “Qutadg`u bilig” asarida “yilqi” tashbehi kimlarga nisbatan ishlatilgan?
A) nodon, bilimsiz kishilarga nisbatan
B) ochko`z insonlarga nisbatan
C) lashkarboshi va yov-dushmanlarga nisbatan
D) A va B javoblar
11. Nishotiyning munozara janrida yozilgan asarlarini toping.
1. “Qish va Bahor” 2. “Binafsha va Chang” 3. “O`q va Yoy” 4. “Gul va Daf” 5. “Boz va Bulbul 6. “Bang va Chog`ir” 7. Zar va Xor”
A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6
12. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “o‘n besh kunlik oyday, qaddi-qomati, shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati”. Deya ta’rif etilgan qahramon kim?
A) Bibi Hilol B) Xoljuvon C) Zaydinoy D) Go`ro`g`li
13. 11-sinf adabiyot darsligida “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonining qaysi baxshidan yozib olingan varianti berilgan?
A) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoir
B) Ergash Jumanbulbul o`g`li
C) Fozil Yo`ldosh o`g`li D) Kichik Bo`ron
14. “Devon lug`ot at-turk” dagi qaysi to`rtlikda marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo`ladigan xislatlariga urg`u berilgan?
A) “Erdi ashin tatug`an” she’rida
B) “Qo`shni-qo`nim ag`ishqa” she’rida
C) “Alp Er To`nga” marsiyasida
D) “Qaqlar qamug` ko`lardi” she’rida
15. “Ardam bashi – til”, “Qut belgisi – bilig” maqollari qaysi asarda uchraydi?
A) “Qutadg`u bilig” B) “Qisasi Rabg`uziy”
C) “Hibat- ul haqoyiq” D) “Devon lug`ot at-turk”
16. “Qutadg`u bilig” asarida bosiqlik bilan, aql bilan fikr yuritib, O`zg`urmishni o`z g`oyalariga ishontira olgan qahramon?
A) Kuntug`di B) O`gdulmish
C) Oyto`ldi D) donishmand
17. Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asarida nechta qissa o`rin olgan?
A) 25 ta B) 72 ta C) 70 ta D) 69 ta
18. Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asarida qaysi hikoyatda mushuk, yo`lbars, ari, sichqon timsollari uchraydi?
A) “Yilon va qarlug`och” hikoyatida
B) “Sulaymon va qarinchg`a” hikoyatida
C) “Uzum hikoyati”da D) “Dovud haqida” qissasida
19. “qilmishlari to`g`ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko`zi va ko`ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi” . mazkr ta’rif qaysi qahramonga tegishli?
A) “Go`ro`g`lining tug`ilishi” Odilxon podsho
B) “Qisasi Rabg`uziy” Sulaymon payg`ambar
C) “Devon lug`ot at-turk” Afrosiyob
D) “Qutadg`u bilig” Kuntug`di
20. Qaysi asar “ Tugal o`n sakkiz ayda bu so`z”, ya’ni 18 oyda yozib yakunlanadi?
A) “Hibat-ul haqoyiq” B) “Qisasi Rabg`uziy”
C) “Devon lug`ot at-turk” D) “Qutadg`u bilig”
21. Rabg`uziy asarida qaysi hayvon tiyin deb nomlangan?
______________________________________________
22. “Qutadg`u bilig”da inson yuzini nimaga o`xshatish orqali uning yoqimliligiga ishora qilingan?
______________________________________________
23. “-E podsho, so`zingiz ma’qul, lekin elchi yubormoq lozim. Elchi yubormay birdan zo`rlik qilib yov yubormoq podsholardan lozim emas…” Holmon vazirning mazkur gaplariga hamohang fikrlar dostonda yana qayerda uchraydi?
___________________________________________
24. Mahmud Qoshg`ariy Qo`shiq atamasiga nima deb izoh beradi?
______________________________________________
25. Mahmud Qoshg`ariy “turk tilini qaysi til bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o`zib borayapti” deydi?
______________________________________________
F ARZONA
Do'stlaringiz bilan baham: |