Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyas
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni о‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali о‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - о‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yо‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Kompyuterlarning о‘zaro turli dasturlar, ma’lumotlar almashish juda kо‘pafzalliklarga ega. Fayllar, papkalarlar, printer, disklar tarmoqda birgalikda
foydalanilishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida vaqt va harajatlarning tejamlariga olib keladi. Shuning uchun xam kompyuterlar tarmoqlarga biriktiriladi.
Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi bilan tarmoq о‘zidan о‘zi ishlayvermaydi. Tarmoqda kompyuter tarmoq operatsion sistemasi boshkaruvida ishlaydi.
Hozirda keng qо‘llanilayotgan Windows operatsion sistemasi tarkibida lokal tarmoq ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud. Kompyuter tarmoqlari uch xil bо‘ladi: lokal, mintaqaviy va global.
Lokal kompyuter tarmog‘i nisbiy tushuncha bо‘lib, uni bir xona, bino, tashkilot yoki bir qancha filiallarni о‘z ichiga oluvchi tashkilot doirasida kompyuterlar tarmoqlaridan tashkil qilish mumkin. Shuning uchun xam ba’zan 500 metrgacha bо‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar lokal kompyuterlar tarmog‘i deb ataladi. Ba’zan uzoqroq masofada joylashgan kompyuterlar xam lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin.
Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuter, kommunikatsiya, periferiya qurilmalarning birgalikda foydalanilishidir.
Lokal tormok yaratishdan maqsad – tashkilotlar, oliy о‘quv yurtlarida mavjud kompyuter va uning resurslaridan unumli, tejamli foydalanishdir.
Lokal tarmoqlarni yaratishda qalin koaksial, ingichka koaksial, о‘ralgan juftlik (vitaya para), optik tola simlari ishlatilishi mumkin. Odatda kalin koaksial simlar tarmoqning uzoqroqdagi qismida, ma’lumotlarni uzatish qobiliyatining yuqori bо‘lishini ta’minlaydi.
Lekin koaksial simlarda ishlangan tarmoqning mustahkamligi unchalik yuqori emas, chunki bu tarmoqda biror kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi.Optik tolali tarmoqlar har tomonlama ishonchli va yuqori tezlikda axborot almashinuvini ta’minlaydi, lekin uning tannarxi qimmatligi va xizmat kо‘rsatuvchi mutaxassislarning kamligi tufayli xozirgi kunda asosan о‘ralgan juftlik simlaridan keng foydaliniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |