Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyas


Tarmoq kartasi haqida ma’lumot bering



Download 48,51 Kb.
bet9/12
Sana01.07.2022
Hajmi48,51 Kb.
#722440
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tarmoqdan shpalgarka

Tarmoq kartasi haqida ma’lumot bering
Tarmoq kartasi (tarmoq platasi, setevaya plata, setevoy adapter, Ethernet-adapter, NIC(network interface controller) – kompyuterni tarmoqdagi boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishi uchun mo‘ljallangan kompyuterning periferik qurilmasidir. Tarmoq kartasi uch xil ko‘rinishda bo‘ladi:

1. Ichki tarmoq kartasi. Kompyuterning ISA, PCI portlariga ulanadigan karta.


2. Tashqi tarmoq qurilmasi. Bu tarmoq qurilmasi alohida bir qurilma bo‘lib, USB, PCMCIA yoki LPT portlari orqali kompyuterga ulanadi. Bu turdagi tarmoq qurilmasidan asosan noutbuk foydalanuvchilari foydalanishadi.


3. Birlashtirilgan (integrirovanniy) tarmoq kartasi. Kompyuterning ona platasi (materinskaya plata)ga birlashtirilgan bo‘ladi. Zamonaviy kompyuterlar tarmoq qurilmasining shu turi orqali boshqa kompyuterlar bilan aloqa o‘rnatadi.


Tarmoq kartalari bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarni qabul qilib jo‘natishi mumkin, 10,100,1000 Mbit/sek tezliklarda ishlay oladi.


Ilk tarmoq platalari diskret mantiqiy mikrosxema asosida yig‘ilgan bo‘lib, buffer xotirasi 1 kadrga ega edi. Ishonchliligi juda past. Ma’lumotlar oqimi ko‘p va ketma-ket uzatilganda buffer xotira ulgurib bera olmay, ma’lumotlar yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Bu esa tarmoq kartasini qayta-qayta so‘rov jo‘natishiga sabab bo‘lib, ish tezligini keskin kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga ilk tarmoq kartalari har biri uchun aloxida drayver kerak bo‘lgan.


Ikkinchi avlod tarmoq kartasi bufer xotirasi ko‘p kadrga asoslangan bo‘lib, kompyuterdan yuklangan kadr tarmoqqa uzatilguncha ikkinchi kadr ham qabul qilinadi. Bu avlod tarmoq platalarida integrallashgan mikrosxemalar qo‘llanila boshladi. Bu esa ishonchlilikning oshganligini anglatadi. Shu bilan birga drayverlar 3Com, Microsoft, Novell firmalari tomonidan standartlashtirilishiga erishildi


O’ralgan juftlik kabeli bilan ulanish haqida ma’lumot bering
O’ralgan juftlik asosidagi kabellar
O’ralgan juft simlar xozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan xar biri aloxida qoplanib, ular o’zaro bir-biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.

Odatda o’ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi (2.2–rasm).


2.2–rasm. O’ralgan juftlik kabeli.
Ximoyalanmagan o’ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa) sust ximoyalangan va shuningdek sanoat ayg’oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan xam ximoyalanmagan. Axborot o’g’irlashning ikki turi malum: ulanish (kontaktniy) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktniy). Ulanish orqali axborotni o’g’irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o’g’irlash esa kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel ximoyalanadi (ekranlanadi). To’qilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida xar bir juftlikni ochiq to’qilgan metal simli qobig’ (ekranning) ichiga joylashtiriladi. Bunday konstruktsiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir-biriga tasirini xam kamaytiradi (crosstalk, perekrestnie novodki, chorraxa yo’nalishlar). Tabiyki ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat bo’ladi, ulardan foydalanilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razem) foydalanish zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan o’ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan o’ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razemlarni ulashning osonligi va shuningdek xarqanday shkastlanishlarni tamirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan xamma texnik ko’rsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so’nish tezligi (kabeldan signal o’tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko’rsatgichiga nisbatan katta. Agarda kam ximoyalanganligini xam xisobga olsak, nima uchun o’ralgan juftlik kabellarining uzunligi kam bo’lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Xozirgi vaqtda o’ralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s ga etkazish ustida ish olib borilmoqda.
Ekranlashtirilmagan o’ralgan juftli kabellarning (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko’ra beshta toifasi mavjud:



Download 48,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish