Transport inshootlarini loyihalash va


 Ko‘prikni loyihalash bosqichlari



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

2.2. Ko‘prikni loyihalash bosqichlari 
 
Boshlang„ich  ma‟lumotlar  olingandan  so„ng  texnik  loyiha  tuziladi. 
Texnik  loyihada  loyiha  mualliflarining  ijodiy  qobiliyati,  muhandislik 
eruditsiyasi,  texnik  savodini  yaqqol  ko„rsatadigan  variant  loyihalash 
muhim  ahamiyatga  egadir.  Ko„prikning  qabul  qilinadigan  sxemasi  va 
konstruksiyasini  ob‟ektiv  asoslash  uchun  ko„priksozlikning  mamlakatdagi 
va  xorijdagi  rivojlanish  darajalarini  hisobga  olib  turli  sxemali  va 
konstruksiyali  variantlar  tuziladi.  Loyiha  mualliflari  ko„prikning  original 
zamonaviy  sxemasini  ishlab  chiqishga  harakat  qilishlari  bilan  birga 
iqtisodiyotning  hozirgi  zamonda  qurilishni  industriyalizatsiya  qilish  yo„li 
bilan  kapital  sarflarning  samarasini  ko„tarishga  yo„naltirilganligini, 
o„zlashtirilgan texnologiyalar bilan zavodlarda tayyorlangan elementlardan 
yig„ilgan  konstruksiyalarni  va  mustahkamligi  yuqori  bo„lgan  yangi 
materiallarni,    ko„priksozlikda  texnik  taraqqiyotning  boshqa  yo„nalishlari 
yutuqlarini keng qo„llash  masalalarini hisobga olishlari kerak. 
Ko„prikning  ishlab  chiqilgan  variantlarini  taqqoslash  uchun  ularning 
qurilish  narxini  aniqlash  kerak  bo„ladi,  buning  uchun  esa  asosiy 


22 
 
elementlarning  hajmini  bilish  kerak.  Elementlar  hajmini  aniqlashda 
tipovoy  loyihalar  ma‟lumotlaridan,  variantdagi  yoki  unga  o„xshash 
sistemali  qurib  bo„lingan  ko„priklar  loyihalaridan  foydalaniladi.  Kerak 
bo„lgan taqdirda ko„prik konstruksiyasining asosiy o„lchamlarini va ishlar 
hajmini  belgilashga  imkon  beradigan  soddalashtirilgan  sxemalar  bo„yicha 
eskiz  hisob-kitoblar  amalga  oshiriladi.  Qurilish  narxidan  tashqari 
ekspluatatsion  sarf-xarajatlar  –  inshootdan  foydalanish  davomida  uni 
asrash  va  ta‟mirlash  narxi  ham  hisobga  olinadi.  Variantlarni  taqqoslash 
keltirilgan narxlar bo„yicha olib boriladi. 
Har  taraflama  analiz  qilish  va  variantlarni  taqqoslash  natijasida 
loyihaviy ishlab chiqish uchun optimal (eng maqbul) variant qabul qilinadi. 
Loyihalashning  bu  bosqichida  ko„prik  sxemasi  aniqlanadi,  ko„prik 
elementlarining (tayanchlar, oraliq qurilmalari) konstruksiyalari, qurilishni 
tashkil qilish loyihasi (QTQL) ishlab chiqiladi, qurilish smetasi tuziladi. 
Loyihalashning  keyingi  bosqichi  –  ishchi  hujjatlarni,  shu  bilan  birga 
texnik  loyihada  qabul  qilingan  vaqtinchalik  konstruksiyalarning  ishchi 
chizmalarini tuzishdir. Ayni paytda ishlab chiqarish loyihasi yaratiladi. Bu 
loyihada  vaqtinchalik  moslamalarning  chizmalari  tuziladi,  ko„prik 
elementlarini  va  qurilish-montaj  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  kerak 
bo„ladigan  boshqa  konstruksiyalarni  qurishning  texnologik  jarayonlari 
ishlab chiqiladi. 
Tipovoy  konstruksiyalardan  tashkil  topgan  kichik  va  o„rtacha 
ko„priklar  va  quvurlarning  loyihalari  bir  bosqichda,  tipovoy 
konstruksiyalarni  mahalliy  shartlarga  bog„laydigan  texno-ishchi  loyiha 
ko„rinishida ishlab chiqiladi. 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish