Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
 


16 
 
1.2. Ko‘priksozlik rivojlanishining qisqa tarixiy ocherki 
 
Ko„priksozlik  rivojlanishining  tarixi  ko„priklarning  konstruksiyalari, 
qo„llanilgan  sxemalari  jamiyat  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojlanishi 
darajasi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liq ekanligini ko„rsatadi. 
Bizning eramiz boshlanishidan oldin yog„och va toshning hossalaridan 
foydalanib ular ko„priklar qurilishida ishlatilgan. Metallurgiya rivojlanishi 
bilan ko„priklar cho„yandan, payvandlanadigan, undan keyin esa quyilgan 
temirdan,  uglerodli,  yuqori  mustahkamlikka  ega  legirlangan  po„latlardan 
qurilgan. 
Hozirgi  paytda  o„lchamlari  va  qabul  qilingan  dadil  qarorlari  bo„yicha 
misli  ko„rilmagan  to„sinli  va  panjarali  fermalardan  iborat  arkali,  vantli 
ko„priklar, oraliq uzunligi 2km dan katta osma ko„priklar bunyod qilingan. 
Yaqin  yillarda  oraliq  uzunligi  3km  dan  katta  ko„priklar  qurilishi 
rejalashtirilgan.  Portlandsementni,  yuqori  markali  sementlarni  ishlab 
chiqarish 
temirbeton 
ko„priklarning,  keyinchalik  esa  o„zlarining 
o„lchamlari  va  sxemalari  bilan  ajralib  turadigan  oldindan  zo„riqtirilgan 
temirbeton ko„priklar qurilishi rivojlanishiga olib keldi. 
Ko„prik  inshootlari  sxemalari  va  konstruksiyalarining  rivojlanishi 
ularning  ishonchliligini  va  uzoq  muddat  xizmat  qilishini  ta‟minlovchi 
hisoblar  nazariyasi  va  uslublarini  ishlab  chiqishni  talab  qildi.  Inshootlar 
o„lchamlarini  intuitsiya  orqali,  empirik  uslub  bilan  loyihalash 
eksperimentlar  asosida  ishlab  chiqib  tekshirilgan  hisob-kitoblarni 
qo„llashga almashtirildi. 
Tarixiy  hujjatlarda  bizning  eramizdan  ancha  avval  Bosfor  bo„g„ozi 
(eramizdan  avval  515  yil),  Evfrat  daryosi  (eramizdan  2000  yil  avval) 
ustidan    qurilgan,  tayanchlari  qoziqli  va  toshdan  iborat  to„sinli  yog„och 


17 
 
ko„priklar haqida ma‟lumotlar saqlangan. 
  Eng  birinchi  ko„priklar  tariximizdan  avval  qurilgan  bo„lib,  ular 
to„siqlar  ustiga  yotqizilgan  daraxt  tanalari  (rasm  1.20),  lianalardan  va 
boshqa o„rmalovchi o„simliklardan qurilgan osma ko„priklardir.  
 
 
 
Rasm 1.20. Eng birinchi ko„priklarning ko„rinishi 
 
AQShning  NASA  apparatlari  tomonidan  er  yuzidagi  eng  qadimiy 
ko„prik  suratga  olingan.  Adam  ko„prigi  deb  ataladigan  bu  ko„prik 
Hindiston  va  Shri-Lanka  orasiga  1750  yil  avval  qurilgan  deb  hisoblanadi 
(rasm 1.21).  
 
 
 
Rasm  1.21.  Hindiston  va  Shri-Lankani 
bog„lovchi ko„prikni kosmosdan ko„rinishi 
 
Rossiyaning 
Zarubeje 
(Sergiev–Posadskiy 
tumani) 
qishlog„ida 
dunyodagi  eng  qadimiy  yog„och  ko„prik  bor.  Bu  ko„prik  7500  yil  avval 
tosh  boltalar  yordamida  qurilgan.  Uning  kengligi  2m  dan  ortiq,  uzunligi 
5m  ga  yaqin,  birorta  ham  mix  qo„llanilmagan,  tayanchlari  va  oraliq 
qurilmasi beryoza xodalaridan iborat. 
 Dunyodagi  eng  qadimgi  ko„priklardan  biri  Rimdagi  Tibr  daryosi 
ustiga  bundan  2100  yil  avval  qurilgan  Milvio  ko„prigidir  (rasm  1.22).  Bu 


18 
 
tosh ko„prik bo„lib uzunligi 136m ga teng.  
 
Rasm 1.22. Milvio ko„prigi 
 
Rimning  shimol  tomonida  eramizdan  bir  asr  avval  qurilgan  Millo 
ko„prigi  bor  (rasm  1.23).  Bu  ko„prik  undan  100  yilcha  oldin  qurilgan 
yog„och ko„prik eriga bunyod qilingan.   
 
Rasm 1.23. Millo ko„prigi 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish