Transport inshootlarini loyihalash va


-BOB. KO‘PRIK VA QUVURLARNI LOYIHALASHNING



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
2-BOB. KO‘PRIK VA QUVURLARNI LOYIHALASHNING 
ASOSIY QOIDALARI 
 
2.1. Loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar 
 
Ko„prikni loyihalashdan oldin texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) tuziladi. 
TIA  da  ko„prik  quriladigan  hududning  iqtisodiy  rivojlanishi,  transport 
oqimining  rivojlanish  yo„nalishi,  o„lchami  va  istiqboli,  xududdagi 


19 
 
sharoitlarni  analiz  qilish  asosida  ko„prik  kechuvi  qurilishining  texnik 
jihatdan  imkoni  borligi  va  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiqligi 
ko„rsatiladi. 
Loyihalanayotgan  inshoot  QMQ  2.05.03–97  “Ko„priklar  va  quvurlar” 
da  bayon  etilgan  talablarni  qondirishi  kerak.  Bu  talablardan  asosiylari  – 
inshoot  ishonchliligi,  uzoq  xizmat  qilishi  va  ekspluatatsiyasining 
uzluksizligidir. 
TIA  natijalari  asosida  trassaning  yo„nalishi,  kechuv  joyi,  qatnov 
gabaritlari  (bir  izli  yoki  ikki  izli  ko„prik),  ko„prik  qurilishi  bosqichlari  va 
loyiha asosini tashkil etuvchi boshqa boshlang„ich ma‟lumotlar aniqlanadi. 
Ko„prikni  loyihalash  uchun,  kechuvning  texnik-iqtisodiy  qidiruvlari 
ma‟lumotlari  muhim  boshlang„ich  materiallar  hisoblanadi.  Yo„lni 
trassalayotgan qidiruv partiyasining ma‟lumotlari asosida ko„prikni (QMQ 
2.05.03–97 ga ko„ra uzunligi 25m gacha bo„lsa – kichik ko„prik, uzunligi 
25m  dan  100m  gacha  bo„lsa  –  o„rtacha  ko„prik,  uzunligi  100m  dan  katta 
bo„lsa  –  katta  ko„prik  deb  hisoblanadi)  loyihalayotgan  tashkilot  yanada 
batafsil  va  har  tomonlama  ma‟lumotlar  olish  maqsadida  qo„shimcha 
tadqiqotlar  o„tkazadi.  Olingan  qo„shimcha  ma‟lumotlar  ko„prikni 
loyihalashni,  uni  qurish  bo„yicha  ishlarni  tashkil  qilish  va  olib  borishni 
yanada  asosliroq  bo„lishiga  xizmat  qiladi.  Bunday  tadqiqotlar  natijasida 
topografik  va  geologik  sharoitlar,  daryo  rejimi,  klimatik  sharoitlar, 
qurilishni  tashkil  qilish  va  ishlarni  olib  borish  loyihasini  tuzish  uchun 
ma‟lumotlar (energiya resurslari manba‟lari, quruvchilarni joylashtirish va 
ularga  maishiy  xizmat  ko„rsatish  uchun  shu  yerdagi  aholi  punktlaridan 
foydalanish imkoniyati va boshq.) aniqlanadi. 
Boshlang„ich  ma‟lumotlarga,  shuningdek,  kirish  qismi  o„lchovlari,  
ko„prik usti qatnov gabaritlari va ko„prik osti kemalar qatnovi gabaritlari, 


20 
 
loyihalanayotgan inshoot uchun normaniv yuklar qiymatlari ham kiradi.  
Ko„priklar  va  quvurlar  zaminlari  va  asosiy  yuk  ko„taruvchi 
konstruksiyalarini  (elementlarini)  hisoblash  uchun  qabul  qilingan  yuk  va 
ta‟sirlar,  hamda  ularning  birikmalari  QMQ  2.05.03.97  ning  2.1  bandida 
keltirilgan. 
Hisob-kitoblarda  temir  yo„llardagi  harakatchan  tarkibdan  tushayotgan 
vaqtinchalik  yuk  tekis  tarqalgan  ekvivalent  yuk  CK  ko„rinishida  qabul 
qilinadi. Bu yerda 
K
 – kapital inshootlar uchun 
K
–14 (yuk C14), yog„och 
ko„priklar uchun 
K
–10 (yuk C10) qabul qilinadigan yuk sinfidir. Yukning 
qiymatlari  istiqboldagi  yuklarni,  shu  bilan  birga  transporterlar,  kranlar  va 
boshqalarni  hisobga  olib  belgilangan  va  ular  yuklash  uzunligi 

  va  ta‟sir 
chizig„i  cho„qqisining  holati 

  = 
l/

  ga  bog„liqdir.  Bu  yerda  α  –  ta‟sir 
chizig„i cho„qqisidan ta‟sir chizig„ining oxirigacha yoki ta‟sir chizig„ining 
yuklanadigan uchastkasigacha bo„lgan eng kichik masofa. 
Ekvivalent  yuklar  ta‟sir  chizig„ining  uchburchak  va  qabariq  ko„rinishi 
bo„yicha  aniqlangan.  Ta‟sir  chiziqlarining  boshqa  ko„rinishlarida 
ekvivalent  yuklar 

  QMQ  2.05.03.97  ning  5-ilovasiga  binoan  aniqlanadi. 
Oraliq  qurilmaning  alohida  olingan  elementlarini  hisoblashda  yukning 
qiymati mazkur o„quv qo„llanmasining tegishli boblarida ko„rsatilgani kabi 
qabul qilinadi. 
Yuklash  uzunligining  ortishi  bilan  butun  harakatchan  tarkib    yukining 
tasodifiy ortib ketishi extimoli kamayadi, inshoot va uning elementlarining 
bu  yuk  ta‟siri  ostida  ishonchliligi    ortadi,  yuk  bo„yicha  ishonchlilik 
koeffitsienti 
fg

ning  qiymatlari  kamayadi  (QMQ  2.05.03–97  ning  2.23 
bandiga qarang). 
Vaqtinchalik  harakatchan  yuk  bilan katta  sonli (2  mln  va  undan ko„p) 


21 
 
yuklanishda  charchash  holatlarini  hisobga  oladigan  chidamlilikka  bo„lgan 
hisoblarda  inshootni  ortiq  darajadagi,  tez-tez  qaytariladigan  og„ir  yuk 
(transporterlar,  kranlar  va  boshq.)  bilan  yuklash  extimoli 

 ≤ 1,0
 
koeffitsientini  kiritish  yo„li  bilan  istisno  qilinadi  (QMQ  2.05.03.97  ning 
2.11 bandiga qarang). 
Dinamik  koeffitsienti  1+
µ
  ning  qiymatlari  oraliqning  uzunligi, 
materiali va qurilma konstruksiyasiga bog„liq ravishda emperik formulalar 
bo„yicha aniqlanadi (qo„llanmaning tegishli boblariga qarang).  
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish