Konstruksiyalar hisobi.
Ta‟sir chiziqlarini qurib bo„lgandan so„ng
loyihalanayotgan inshoot konstruksiyalarining ishonchliligiga, uzoqqa
chidamliligiga va yuqori darajadagi ekspluatatsion sifatlariga kafolat
beradigan hisob-kitob amalga oshiriladi. Buning uchun ta‟sir chiziqlarini
me‟yorlarda ko„zda tutilgan yuklar birikmalari bilan yuklash yo„li bilan
hisobiy zo„riqishlar aniqlanadi. QMQ 2.05.03–97 ning 5-ilovasida bir
nechta ayni yoki turli ishoralarga ega bo„lgan ta‟sir chiziqlari
uchastkalarini temiryo„l harakatchan yuk bilan yuklash qoidalari bayon
24
etilgan.
Chidamlilikka hisoblashda yuk birin-ketin alohida o„ngdan chapga va
alohida chapdan o„ngga harakatlanganda uning eng noqulay yuklanishidagi
maksimal va minimal zo„riqishlar aniqlanadi. Bunda avval birinchi
uchastka εν
1
yuk bilan yuklanadi (bu yerda ν
1
– ekvivalent yuk). Undan
keyin ikkinchi uchastka εν
2
yuk bilan yuklanadi, bu paytda birinchi
uchastka ishorasi qanday bo„lishiga qaramasdan
K
yuki bilan yuklanadi.
Ta‟sir chizig„ining oxirgi uchastkasi ham shunga o„xshash ravishda εν
n
yuki bilan yuklanadi, undan oldingi uchastkalar esa 9,81kN/m ga teng yuk
bilan yuklanadi.
Hisobiy zo„riqishlar aniqlangandan so„ng konstruksiyaning tanlangan
kesimlarini tekshirish amalga oshiriladi. Ko„prik konstruksiyalarining
hisobi chegaraviy holatlar uslubi bo„yicha olib boriladi. Chegaraviy holat
yuz berganda inshoot ekspluatatsiyasini normal davom ettirish mumkin
bo„lmaydi deb hisoblanadi.
Me‟yorlarda chegaraviy holatlarning ikki guruhi ko„zda tutilgan.
Chegaraviy holatlarning birinchi guruhi ikki guruh osti (IA va IB)
holatlariga ega:
-
IA guruh osti holatida inshoot o„zining yuk ko„tarish qobiliyatini
yo„qotadi;
-
IB guruh osti holatida konstruksiya o„zining yuk ko„tarish
qobiliyatini hali yo„qotganicha yo„q, lekin uni ekspluatatsiya qilishning
imkoni yo„q (materialning oquvchanligi, betonda yoki metallda darzlarning
paydo bo„lishi va boshq.).
Chegaraviy holatlarning II – guruhi inshootni normal ekspluatatsiya
qilishni qiyinlashtiradi, lekin uni to„xtatishni talab qilmaydi (sezilarli
siljishlar, betondagi ko„ndalang darzlarning ruxsat etilmagan miqdorda
25
ochilishi va boshq.).
Birinchi guruh chegaraviy holatlar yuz berganda konstruksiyaning
ishonchliligi uni mustahkamlikka, chidamlilikka, shakli va holati
turg„unligiga hisoblash orqali aniqlanadi. Bu shartlar quyidagi formula
orqali ifodalanadi:
.
)
1
(
2
1
fg
A
m
m
R
S
S
n
m
n
v
fv
g
(2.1)
Tengsizlikning chap qismi elementga tushayotgan tashqi ta‟sirni
(moment, kesuvchi kuch va boshq.), o„ng qismi esa elementning ko„tarish
qobiliyatini (element qabul qila oladigan chegaraviy zo„riqish) o„z ichiga
olgan.
(2.1) formulada:
𝑓𝑔
va
𝑓
– yuk bo„yicha ishonchlilik koeffitsientlari;
𝑆
𝑔
va
𝑆
– doimiy va vaqtinchalik yuklardan hosil bo„lgan zo„riqishlar;
1+
– dinamik koeffitsient;
– birikmalar koeffitsienti (hisobiy
yuklarning barchasining bir paytda ta‟sir qilishi extimoli kamligini hisobga
oladi);
𝑅
𝑛
𝑚
1
𝑚
– materialning hisobiy qarshiligi;
𝑅
𝑛
– materialning me‟yoriy
qarshiligi;
𝑚
1
– ish sharoitining umumiy koeffitsienti (tayyorlangan
konstruksiyaning ruxsat etilgan chegaralarda loyihaviy qiymatlardan
chetga chiqish extimolini hisobga oladi);
𝑚
2
– ish sharoiti koeffitsienti
(qabul qilingan hisob uslublari va hisobiy sxemalarning shartliligini
inobatga oladi);
𝑛
– ishlatilishiga ko„ra ishonchlilik koeffitsienti
(hisoblanayotgan elementning mas‟ullik darajasini inobatga oladi);
A
–
kesimning geometrik xarakteristikasi (yuza, qarshilik momenti, inersiya
momenti va boshq.).
Ishonchlilik koeffitsienti
𝑓
va dinamik koeffitsient 1+
26
kirgiziladigan yuklar ro„yxati QMQ 2.05.03–97 ning 2-bandida
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |