Transport inshootlarini loyihalash va


 Temirbeton ko‘priklarning asosiy tizimlari



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
3.2. Temirbeton ko‘priklarning asosiy tizimlari 
 
Temirbeton  ko„priklarning  asosiy  tizimlari  rasm  3.2  da  keltirilgan. 
To„sinli  qirqilgan  tizimlar  eng  ko„p  tarqalgandir.  Ular  kichik  va  o„rta 
oraliqlarni  yopish  uchun  qo„llaniladi.  Berilgan  oraliq  va  yuklar  ta‟sirida 
bunday  oraliq  qurilmaning  kuchlanish  holati  asosan  bosh  to„sinlar 
ko„ndalang kesimining shakli va o„lchamlariga bog„liq bo„ladi. 
To„sinli  konstruksiyalar  bilan  katta  oraliqlarni  berkitish  uchun 
qirqilmagan  yoki  konsol  tizimlardan  foydalaniladi.  Ular  yig„ma  yoki 
monolit temirbetondan tayyorlanishi mumkin. 


30 
 
 
 
Rasm 3.2. Temirbeton ko„priklarning asosiy tizimlari: I – to„sinli; II – romli; 
 III – arkali; IV – aralash; V – vantli; 1 – qirqilgan; 2 – qirqilmagan; 3 – konsol 
 
Qirqilmagan  tizimlarning  afzalligiga  egilish  chizig„ining  ravonligi, 
oraliq  qurilmalarga  va  tayanchlarga  materialning  kam  sarfligi,  oraliq 
qurilmalarni  turli  usullar  (bo„ylama  surish,  osma  betonlash,  osma  montaj 
va boshq.) bilan qurish imkoniyatining mavjudligi kiradi, kamchiligiga esa 
tayanchlarning  bir  tekisda  bo„lmagan  cho„kishiga,  beton  kirishishiga 
(usadka)  va  oquvchanligiga  (polzuchest),  harorat  o„zgaruvchanligiga 
sezgirligi  kiradi.  Harorat  o„zgaruvchanligi  deganda,  oraliq  qurilmaning 
turli 
zonalaridagi 
elementlarning 
(masalan: 
plitaning, 
to„sin 
qovurg„asining,  ostki  belbog„ning)  haroratlari  turlicha  bo„lishi  nazarda 
tutiladi. 
Qirqilmagan  ko„priklar  oraliq  qurilmalaridagi  materiallarni  tejashga 
oraliqdagi  eguvchi  momentlarni  kamaytirish  hisobiga  erishiladi.  Oddiy 
(qirqilgan)  to„sinlarga  solishtirganda,  oraliq  o„rtasidagi  momentlar 
tayanchlar  kesimida  hosil  bo„ladigan  manfiy  momentlar  hisobiga 


31 
 
kamayadi. Qirqilgan tizimlar qo„llanilganda, ko„prik fasadi bo„yicha bitta 
tayanch  qismi  joylashadi  (qirqilgan  to„sinlarda  ikkita  tayanch  qismi 
joylashtiriladi) va buning hisobiga  tayanchlar hajmi ham kamayadi (rasm 
3.3). 
 
Rasm 3.3. Oraliq qurilmalar tayanchlariga tayanish sxemalari: a–qirqilgan;  
b – qirqilmagan 
 
Konsolli tizimlarning afzalligi – tayanchlarning bir tekisda bo„lmagan 
cho„kishiga  va  harorat  o„zgarishlariga  sezgir  emasligidir.  Bunday 
tizimlarning jiddiy kamchiligi – beton oquvchanligi (polzuchest) oqibatida 
katta  deformatsiyalarning  yuzaga  kelishi  sababli  egilish  chizig„ini 
sinishidir.  Bu  esa  harakatlanuvchi  tarkibning  oraliq  qurilma  bilan  o„zaro 
ishlashiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Bu  tizimning  yana  bir  kamchiligi  – 
oraliq  qurilmaning  bikrligini  kamaytiradigan  qo„shimcha  ikkita  sharnirli 
birikmaning  borligidir.  Bu  esa  birikma  joyida  to„sinlarni  qo„shimcha 
armaturalashni  talab  etadi,  tayanch  qismlariga  qo„shimcha  po„lat 
sarflanadi.  Konsol  oraliq  qurilmalarni  insho 
etish  usullarining 
chegaralanganligi ham bu tizimning kamchiligiga kiradi. 
Romli  tizimlar  asosan  yo„l  o„tkazgichlarda  qo„llaniladi.  Romli 
ko„priklarda  tayanchlar  (ustunlar)  oraliq  qurilma  (rigel)  bilan  bikr 
birlashtiriladi va ular birgalikda ishlaydi. Romli ko„priklarning tayanchlari 


32 
 
va  rigellari  o„lchamlari  to„sinli  ko„priklarnikiga  qaraganda  kichikroq 
bo„ladi.  Lekin,  inshootga  ketadigan  beton  tejamkorligi  ishlab  chiqarish 
jarayonlarining murakkabligi bilan bog„liqdir. 
Romli  tizimlarning  afzalligi  –  inshootning  yuqori  darajada  bikrligi, 
materiallar 
sarfining 
kamligi, 
egilish 
chizig„ining  ravonligidir. 
Kamchiliklari  –  tayanchlarning  bir  tekis  bo„lmagan  cho„kishiga,  beton 
kirishishiga, oquvchanligiga, harorat o„zgarishlariga sezuvchanligi, kapital 
ta‟mirning va ko„prik elementlarini almashtirishning murakkabligidir. 
Ustunlari  poydevorga  sharnirlar  orqali  tayangan  romli  ko„priklar 
tayanchlarning  bir  tekisda  bo„lmagan  cho„kishlariga  va  harorat 
deformatsiyalariga  kamroq  sezgir  bo„ladi,  lekin  sharnirlar  ko„prik 
ekspluatatsiyasini murakkablashtiradi. 
Arkali ko„priklar, odatda, katta oraliqlarni berkitish uchun qo„llaniladi. 
Arkali tizimlarda ko„tarib turuvchi konstruksiya egri chiziqli brus bo„lib, u 
asosan  siqilishga  ishlaydi.  Bu  holda  temirbetonning  mustahkamlik 
xarakteristikalaridan  to„laroq  foydalaniladi.  Arkali  ko„priklarning  rasporli 
va rasporsiz turlari qo„llaniladi. Rasporsiz arkali ko„priklar aralash tizimli 
inshootlar turiga kiradi. Rasporli ko„priklar ishonchli zaminni talab qiladi. 
Raspor  qiymatini  berilgan  oraliqda  arkaning  qiyaligini  (pologost, 
arkaning  strelkasiga  ƒ  bog„liq  )  variatsiya  qilish  orqali  o„zgartirish 
mumkin. 
Arkali  ko„priklarning  bikrligi  ham  sharnirlar  soniga  bog„liqdir. 
Arkalar  sharnirsiz,  bir,  ikki  va  uch  sharnirli  bo„lishi  mumkin.  Arkali 
tizimlarning  kamchiligi  –  tayyorlashni  industriallash  murakkabligi, 
qurishning 
sermehnatliligi, 
ta‟mirlash 
va 
almashtirishning 
murakkabligidir.  Ko„p  sonli  yig„ma  elementlardan  quriladigan  arkali 
ko„priklar odatda yuqori darajada deformatsiyalarga ega bo„ladi. 


33 
 
33Aralash  ko„priklar  ikki  yoki  undan  ko„p  tizimlarning  birgalikda 
ishlashi  bilan  xarakterlanadi.  Bularga  misol  qilib  vantli,  ostidan  tayangan 
ko„priklarni  ko„rsatish  mumkin.  Bu  tizimlar  zo„riqishlarni  ratsional 
taqsimlanishi hisobiga tejamli bo„ladi va, shu bilan birga, katta oraliqlarni 
berkitish  imkonini  beradi.  Aralash  tizimlardan  temirbeton  bikr  to„sinli 
vantli  ko„priklarni  ajratish  mumkin.  Bu  ko„priklar  iqtisodiy  jihatdan 
ma‟qul  va  yaxshi  arxitektura  ko„rinishlariga  egadir.  Bu  ko„priklarda  bikr 
vantlarni  (temirbetondan)  qo„llash  ularni  temir  yo„l  ko„priklarida  ham 
qurishga  yo„l  ochib  beradi.  Hozirgi  paytda  aralash  tizimli  ko„priklar 
asosan avtoyo„llarda va shahardagi sun‟iy inshootlarda qo„llaniladi. 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish