4.2. Oraliq qurilmalarga qo‘yiladigan konstruktiv talablar
QMQ talablari bo„yicha temirbeton oraliq qurilmalarning yangi
loyihalari ikkinchi yo„l qurilishida ulardan foydalanishga va ekspluatatsiya
qilinayotgan ko„priklarda oraliq qurilmalarni almashtirishga imkon berishi
kerak.
Qatnovi ballast ustidan bo„lgan kichik temirbeton ko„priklarning
konstruktiv echimlari ularni kapital ta‟mirlash paytida yo„lni ko„tarishga
imkon berishi kerak.
Temirbeton ko„priklarning uzunligi 16,5m gacha bo„lgan oraliq
qurilmalari, odatda, zo„riqtirilmagan armaturali oddiy temirbetondan,
kattaroq oraliqlar uchun esa zo„riqtirilgan armaturali temirbetondan
maxsus zavod va poligonlarda tipovoy loyihalar bo„yicha tayyorlanadi.
Mehnat sarfini, tayyorlash qiymatini kamaytirish va texnologik liniyaning
1m
2
dan ko„proq mahsulot olish, bir turli o„lchamlarni qisqartirish
maqsadida oraliq qurilmalar unifikatsiyalashtirilgan. Oraliq qurilmalarning
turli detallari – armatura tutamlari, setkalar, trotuar bloklari, suv qochirish
elementlari,
tayanch
qismlari,
gidroizolyasiya
va
boshq.
unifikatsiyalashtirilgan.
Oraliq qurilmalarning unifikatsiyasini va optimizatsiyasini to„la amalga
oshirib bo„lmasligi sababidan ular seriyalarga bo„lib chiqilgan. Tipovoy
oraliq qurilmalarning asosiy xarakteristikalari rasm 4.2 va 4.3 larda
44
keltirilgan.
Rasm 4.2. To„rt seriyadagi temirbeton oraliq qurilmalar uchun beton solishtirma
sarfining ularning uzunligiga bog„liqligi: 1–oddiy temirbetondan – plitali; 2– xuddi shunday,
faqat balandligi kamaytirilgan; 3–oddiy temirbetondan – qovurg„ali; 4–zo„riqtirilgan
temirbetondan – qovurg„ali
Rasm 4.3. To„rt seriyadagi temirbeton oraliq qurilmalar uchun
h/l = f (l) nisbatlari
Yo„lning to„g„ri uchastkalarida joylashgan yangi ko„priklar uchun
418sm ga, almashtirish paytida esa 400 (418) sm ga teng qilib qabul
qilinishi kerak bo„lgan kenglik amaliy jixatdan o„zgarmaydi. Bundan plita
bir blokining kengligi 208sm yoki 199sm ga tengligi kelib chiqadi. Temir
yo„lning sheben tozalaydigan mashinalari bilan mexanik tozalash amalga
oshiriladigan uchastkalarida oraliq qurilma bir blokining kengligi 257sm
ga teng qabul qilinadi (agar ko„prik to„g„ri uchastkada joylashgan bo„lsa)
45
yoki 279sm ga teng bo„ladi (agar ko„prik radiusi
R
> 300m bo„lgan
egrilikda joylashgan bo„lsa). Sheben tozalaydigan mashinalarni o„tkazish
uchun to„sinlar o„qlari orasidagi masofa 240sm gacha orttirilishi mumkin.
Ballast koritasi plitasi qalinligi qovurg„alar orasidagi zonada 15sm dan
kam qabul qilinmaydi. Konsol uchlari zonalarida esa bu qalinlik 10sm dan
kam bo„lishi mumkin emas. Oraliq qurilma blokining tashqi bortiki
ekspluatatsiya sharoitlariga bog„liq bo„lib 35sm dan 70sm gacha bo„lishi
mumkin. Suv qochirish yuzasi bir qiyalikka ega bo„lgan hollarda
gidroizolyasiya qatlami uning ostiga kiradigan ichki bortik qo„llanilmaydi.
Plitali oraliq qurilmalarning kavakli bloklarining devorlari va ustki
plitalarining qalinligi 10sm dan, ostki plitalarining qalinligi 12sm dan kam
qabul qilimaydi. Temir yo„l ko„priklarining qovurg„ali oraliq qurilmalarida
devorning qalinligi 12sm dan (armatura tutamlari bo„lmaganda) va 15sm
dan (armatura tutamlari joylashganda) kam bo„lishi kerak emas. Qutili
oraliq qurilmalarda bu qalinliklar, shuningdek, ostki plitaning qalinligi
tegishlicha 15 va 18sm dan kam bo„lmaydi.
Monolit trotuarlarning eng kichik qalinligi 8sm, yig„malariniki esa
6sm. Diafragmalar va bikrlik qovurg„alarining qalinligi 10sm dan kam
qabul qilinmaydi. Himoya qatlami qalinligi zo„riqtirilmagan ishchi
armatura uchun 3sm dan, zo„riqtirilmagan xomutlar uchun 2sm dan,
zo„riqtirilgan armatura uchun 4sm dan, zo„riqtirilgan xomutlar uchun 3sm
dan kam bo„lishi mumkin emas.
Armatura sterjenlari orasidagi masofa quyidagicha belgilanadi:
sterjenlar bir qator joylashganda – 4sm dan, ikki qator joylashganda – 5sm
dan, uch va undan ko„p qator joylashganda – sterjenning ikki diametridan
kam bo„lmagan masofadan (yoki 5sm dan) kichik bo„lishi mumkin emas.
Agar sterjenlarni joylashtirishga joy kam bo„lsa, ularni orada zazor
46
qoldirmasdan ikki yoki uch sterjenli qilib guruhlashga ruxsat beriladi. Bu
hollarda sterjenlar chetlari orasidagi masofa tegishlicha 5 (6)sm dan kam
bo„lmasligi kerak. Payvandlangan setkalarda davriy profilli armatura
sterjenlari, shuningdek sterjenlar uchlari (silliq armaturalar ham) ilgaklarga
ega
bo„lmasligi mumkin. Cho„zilgan zonada joylashgan silliq
sterjenlarning uchlarida ilgak bo„lishi kerak. Bukilgan sterjenlarni
egiluvchi konstruksiyalarning siqilgan qismiga ankerlash kerak bo„ladi.
Cho„zilgan zonadagi bo„ylama armatura sterjenlari tayanch qismi o„qining
orqa tomoniga sterjenning 10 diametri qiymatiga teng masofaga
o„tkazilishi kerak. To„sinning yon yuzalariga taqaladigan chetki sterjenlar
to„sin oxirida 90° ga bukiladi va yuqori tomonga – to„sin balandligining
yarmigacha bo„lgan masofagacha, olib boriladi.
Zo„riqtirilgan armatura ichki yoki tashqi ankerlarga ega bo„lishi kerak.
Plitalarning tarqatuvchi armaturalari 25sm dan ortiq bo„lmagan qadamda
joylashtiriladi. Plitalarning ishchi armaturasi qadamini 15sm dan katta qilib
belgilash kerak emas. Qirqilgan to„sinlar devorlaridagi (tayanchga yaqin,
uning balandligiga teng bo„lgan uchastkalarda) xomutlarning qadamini
10sm dan, bu uchastkadan keyin to„sin uzunligining choragigacha
uchastkada 15sm dan, undan keyingi, to„sin uzunligining o„rtasigacha
bo„lgan masofada 20sm dan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Plitali oraliq qurilmalarda xomutlarning qadami plitaning chetidan
uning uzunligining choragigacha bo„lgan masofada 15sm dan, undan
keyingi, plita uzunligining o„rtasigacha bo„lgan masofada 25sm dan
oshmasligi kerak.
Alohida holatdagi payvandlangan setkalarning bo„ylama sterjenlari
30sm dan kam bo„lmagan uzunlikda ustma-ust qo„yilib birlashtiriladi.
Issiqlayin jo„valangan (goryachekatanaya) sterjenli armatura, odatda,
47
kontakt payvandlash orqali birlashtiriladi va birikmada kuchlanishlar
konsentratsiyasini yo„qotish uchun mexanik ravishda “bolgarka” bilan
tozalanadi. Payvndlangan birikmalarning soni kesimning cho„zilgan
zonasidagi ishchi armatura umumiy sonining 25% dan oshmasligi kerak.
Oraliq qurilmalar ko„ndalang kesimlarining qabul qilingan oxirgi
o„lchamlari, ishchi armaturalarning soni va zo„riqtirilgan armaturadagi
oldindan zo„riqtirish kuchlanishi tegishli hisob-kitoblar orqali yuqorida
bayon etilgan konstruktiv talablarni inobatga olgan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |