Qolip shitlar:
1, 2, 3 - vertikal, gorizontal va diogonal ushlagichlar; 4 - qolip sirti
(ishchi yuzasi); 5 - mahkamlagichlar;
6, 7 -
ankerlar;
8 - betonlashtiriladigan blok; 9 - oldingi betonlashtirilgan blok.
Barcha turdagi qoliplar quyidagi asosiy qismlarga ega: ish-
chi yuzasi (paluba), betonlashtiriladigan blok sirti shakliga mos
kelishi kerak; ishchi yuza qattiqligini ta’minlovchi - qattiqlik
tirgaklari; qolip konstruksiyasining yaxlit qattiqligini ta’minlovchi
gorizontal va dioganal ushlagichlar; qolip konstruksiyasini ushlab
turuvchi ustunlar, qoziqlar; qoliplarning barcha qismlarini o‘zaro
birlashtiruvchi metall detallar.
Qoliplar qismlari yoki elementlarini tayyorlashda brus, taxta,
fanera (qalinligi 8...10 mm dan katta bo‘lgan) va boshqa turdagi
yog‘och, turli xil o‘lchamdagi va ko‘rinishdagi metall materiallari,
75
shuningdek, ma’lum darajada qalinlikdagi temir-beton yoki yig‘ma
temir-beton detallaridan keng foydalaniladi. Qoliplarning ushlovchi
qismlari ham mustahkam yog‘och materi-allaridan yoki qora metall
prokatidan tayyorlanishi mumkin. Qolipning ishchi yuzasiga beton
yopishib qolishining oldini olish uchun plastmassa materiallardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun, ishchi yuzaga
steklotekstolit, stekloplastik, getinaks, viniplast kabi qalinligi 0,5-15
mm gacha bo‘lgan materiallar qoplanishi tavsiya qilinadi.
Agar qoliplar ishchi yuzalari yog‘och materiallardan yasaladigan
bo‘lsa, ularning namlik darajasi 15 %dan oshmasligini inobatga olish
lozim. Yog‘och doskalar qalinligi 40 mm gacha bo‘lganda, ularning
yon tomonlari bir-biriga moslab tekislanishi kerak va birlashtirilganda
orasida hech qanday yoriq qolmasligi lozim. Qalinligi 40 mm
ortiq bo‘lgan doskalar bir-biriga mustahkam birlashishi uchun yon
tomonlarida shpunt pazlari yasaladi.
Qolip konstruksiyasini tayyorlash jarayonida yog‘och ma-
teriallari o‘zaro mixlar yordamida, metallar payvandlash yoki boltli
bog‘lash usulida, fanera va plastmassalar suvga chidamli kleylar
yordamida birlashtiriladi.
Tashqi tomondan mahkamlash juda sodda va qulay usul bo‘lib,
balandligi 3 m gacha bo‘lgan bloklarda qo‘llanishi maqsadga muvofiq-
dir. Agar betonlashtiriladigan bloklar balandligi 3 m yuqori
bo‘ladigan bo‘lsa, qoliplarning ishchi yuzalarining mustahkamligini,
qo‘zg‘almasligini va qattiqligini ta’minlash uchun murakkab tayanch
tizimini tashkil qilish talab qilinadi. Shu sababli qalinligi (balandligi)
3 m yuqori bo‘lgan bloklarda vertikal bo‘yicha o‘rnatilgan shitlar
soniga bog‘liq ravishda ichki tomondan maxsus ushlagichlar
o‘rnatiladi. Bunday ushlagichlar bir yoki bir necha yarusli metall
konstruksiyalar bo‘lib, bir tomoni qolip shitlariga, ikkinchi tomoni
blokdagi armatura konstruksiyalariga biriktirilgan bo‘ladi va natijada
ular beton tarkibida qolib ketadi.
Shitlarni qayta o‘rnatish va qoliplarni mahkamlash jarayonlari
katta mehnat sarflarini va vaqtni talab qiladi. Shu sababli, ba’zi
76
sharoitlarda sirg‘aluvchan (ko‘chuvchi) qoliplarni qo‘llash natijasida
ancha miqdorda material resurslarni tejash imkoniyatiga erishilishi
mumkin. Bunday turdagi qoliplarning farqli tomoni shundaki,
ularni yangi ish frontiga, barcha tayanch - ushlovchi elementlarini
yechmasdan ko‘chirish mumkinligidadir. Sirg‘aluvchan qolip-
larning portal, tonnel va bir tomonli turlari keng tarqalgan bo‘lib,
ular, asosan, uzunligi bo‘yicha betonlashtirishda texnik-iqtisodiy
jihatdan samarali hisoblanadi. Bunday turdagi qoliplarning ichki
va tashqi tayanch ramalari temir yo‘llarda harakatlanadigan ishchi
organi bo‘lgan shitlarni aniq o‘rnatish va qotgan betondan ajratish
uchun burama qurulmalardan yoki domkratlardan foydalaniladi.
Beton kerakli mustahkamlikka erishgandan so‘ng, barcha tayanch
tizimi bo‘shatiladi va keyingi zonaga ko‘chirilib, belgilangan holatda
mahkamlanadi.
Asosiy masalalardan biri, bu qoliplar va ularning tayanch
konstruksiyalarining tashqi ta’sir kuchlariga turg‘unligini aniq
hisoblashdan iborat.
Vertikal o‘rnatilgan qoliplar ishchi yuzasiga (shitlariga) quyidagi
gorizontal kuchlar ta’sir qiladi:
R = R
1
+ R
2
+ R
3
+ R
4
; kg/m
2
. (2.22)
Bu yerda: R
1
– beton qorishmasining yon tomonlama bosim
kuchi, kg/m
2
.
R
2
– beton qorishmasini qoliplangan blok ichiga to‘kishda yuzaga
keladigan siltanish kuchi, kg/m
2
.
R
3
– beton qorishmasini zichlash jarayonida yuzaga keladigan
titratish kuchi, kg/m
2
.
R
4
– qolipga bo‘ladigan shamol ta’sir kuchi, me’yoriy hujjat-
lardan olinadi, kg/m
2
.
Beton qorishmasining yon tomonlama bosim kuchini, gid-rostatik
bosim kuchini aniqlash formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin:
R
1
= ϒ
b.k.
N
maks
; kg/m
2
. (2.23)
Bu yerda: ϒ
b.k.
– bir metr kub (1 m
3
) beton qorishmasining hajmiy
og‘irligi, kg/m
3
.
N
maks
– qolip oldidagi beton qorishmasining maksimal chuqurligi, m.
77
Beton qorishmasi qotish jarayonida R
1
kamayib borishi ku-
zatiladi va beton o‘zining 40 % mustahkamligiga erishgach, R
1
= 0
bo‘ladi. Shu sababli, yon tomonlama ta’sir qilish kuchi epyurasining
hisobiy ordinatasi N
maks
mos ravishda qabul qilinganda, qolipning
beton qorishmasiga to‘lish tezligi, gidrotatsiya jarayoni boshlanish
muddati, beton qorishmasi qovushqoqligi (qo‘zg‘aluchanligi), uni
zichlash usuli, tashqi muhit harorati va boshqa omillar inobatga
olinadi.
Umuman olganda, barcha ta’sir kuchlarni inobatga olib,
qoliplar va ularning tayanch konstruksiyalarini ta’minlovchi
o‘lchamlarini aniqlash bo‘yicha dastlabki hisoblar, mavjud maxsus
ma’lumotnomalardagi grafik va jadvallar yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Quriladigan inshoot yirikligi va qolip ishlari hajmiga bog‘liq
ravishda qo‘llanish doirasi keng bo‘lgan, yog‘och qoliplarni
tayyorlash jarayonlari turlicha tashkil qilinishi mumkin.
Qoliplar tayyorlanadigan yog‘och materiallariga dastlabki
ishlovlar berish (yog‘ochni quritish, po‘stlog‘ini yo‘nish, arra-lash,
silliqlash va h.k.) qurilishning yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida
amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, qoliplar maxsus qolip tayyorlash
sexlarida tayyorlanadi. Agar qurilishda yog‘ochni qayta ishlash
korxonasi bo‘lmasa, dastlabki ishlov berish jarayoni qolip tayyorlash
sexining hovlisida ham amalga oshirilishi mumkin.
Qolip tayyorlash sexi tarkibiga quyidagilar kiradi: material-lar
ombori; tayyorlov bo‘limi; yig‘ish va ta’mirlash bo‘limi; tayyor
mahsulotlar ombori.
Tayyorlov bo‘limida qoliplarning barcha elementlari yasala-di,
keyingi bo‘limga yig‘ish uchun o‘tkaziladi. Tayyorlangan qoliplar
va tayanch konstruksiyalari omborlarda belgilangan qoidalar
bo‘yicha saqlanadi.
Temir-beton plita-qoliplar, temir-beton buyumlari tayyorlash
zavodlari yoki poligonlarida tayyorlanadi. Ularni tayyorlash
texnologiyasi, yig‘ma temir-beton mahsulotlarini tayyorlash
jarayonlaridan deyarli farq qilmaydi.
78
Qoliplarni belgilangan joyiga o‘rnatish kranlar yoki ko‘tarma
qurilmalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek,
bunday mexanizmlardan armatura konstruksiyalarini o‘rnatishda va
beton qorishmasini qurilish bloklariga uzatishda ham foydalaniladi.
Beton minimal darajadagi mustahkamligiga erishishi bilan
qoliplar yechib olinishi tavsiya qilinadi. Bunda, qolipning betondan
ajralishi oson kechadi va natijada ularning shikastlanishi oldi olinib,
qayta ishlatish imkoniyati oshadi. Qoliplarni yechib olishda mix
sug‘irgich, lomlar va richaglardan foydalaniladi.
Agar betonlashtiriladigan konstruksiyalar egilishga (bukilish-
ga) ishlasa, qorishma qotish jarayonida qoliplar ham ma’lum
darajada tayanch vazifasini bajaradi. Bunday sharoitlarda
beton o‘zining 70-100 % hisobiy mustahkamligiga erishguncha
qoliplar yechilmasligi kerak. Yoz davrlarida beton 70 % hisobiy
mustahkamlikka erishishi uchun taxminan 10-15 sutka, 100 %
uchun esa 28-30 sutka talab qilinadi.
Qoliplarning ishchi yuzasiga betonning yopishishini kamaytirish
maqsadida ham bir qator tadbirlar o‘tkazish mumkin. Ya’ni,
ishchi yuzaga - suv, gil tuproq, mashina moyi - sement-suv-moy
aralashmalarini, avtol, nigrol va boshqa turdagi neft mahsulotlarini
suv, sodalar bilan aralashtirib surish, tavsiya etiladi. Agar ishchi
yuzalar shishaplastik materiallardan bo‘lsa, ularga polivinil spirtlar,
suv-glitserin aralashmasi suriladi. Aralashmalar ishchi yuzalarga
bo‘yoq purkagichlarda yupqa qatlam qilib sepiladi. Ushbu tadbirlar
betonning qolip yuzasiga yopishishini 3-4 martaga kamaytiradi.
Yangi yotqizilgan beton kerakli darajadagi mustahkamlikka
erishishi uchun, uni belgilangan texnologik tadbirlar bo‘yicha to‘g‘ri
parvarishlash talab qilinadi. Aks holda, beton ishlari tarkibiga kiruvchi
barcha jarayonlar yuqori saviyada bajarilishidan qat’i nazar, oqibatda
past sifatli (hatto ba’zi hollarda umuman yaroqsiz) beton olinishi
mumkin va bunday betonlar suv xo‘jaligi inshootlari ekspluatatsiya
talablariga hech qanday sharoitlarda ham javob bermaydi.
79
Beton yotqizilgandan keyingi dastabki kunlarda parvarish-
lash jarayoniga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Yangi yotqizilgan
betonning belgilangan namlik holatini ushlab turish kerak va uni
silkinishdan, shikastlanishdan, zarbalardan, shuningdek, keskin ra
vishda harorati o‘zgarishi va tez qurishdan himoyalash zarur. Shuni
qayd qilish kerakki, dastlabki kunlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
asoratlarini, keyingi kunlardagi parvarishlash jarayonlarida bartaraf
qilishning amalda umuman imkoniyati yo‘q.
Ochiq atmosfera sharoitida beton qotganda, uning tanasi qurishi
va torayishi kuzatiladi. Ushbu jarayonlar betonning ichki qismiga
nisbatan uning sirtida jadalroq kechadi. Shu sababli, beton namlik
darajasi qotish jarayonida yetarli bo‘lmasa, uning sirtida mayda
torayish yoriqchalari yuzaga keladi. Bunday kamchiliklarning oldini
olish uchun beton sirtini namlab turish yoki maxsus materiallar bilan
qoplash lozim bo‘ladi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazish beton qorishmasi
yotqizib bo‘lingach, taxminan 10–12 soatdan keyin boshlanishi kerak.
Issiq iqlim va kuchli shamol esadigan sharoitlarda esa ushbu muddat
2–3 soatdan oshmasligi shart. Havo harorati +15 °C...20 °C bo‘lganda,
beton qotish jarayoni uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Issiq ob-havo sharoitida (havo harorati 18 °C dan yuqori
bo‘lganda) beton sirtini namlash bo‘yicha tadbirlar dastlabki
sutkalarda (3–5 sutka), kunduzi har 3 soatdan keyin 1 marta va
kechqurunlari kamida 1 marta, keyingi sutkalarda esa kamida
3 marta, ya’ni ertalab, kun o‘rtasida va kechqurun o‘tkazilishi
tavsiya etiladi. Namlash jarayonida suv sarfi 1 m
2
beton yuzasi
uchun 4–8 l/m
2
bo‘lishi mumkin.
Namlanadigan beton yuzasi gorizontal, vertikal yoki qiya shak-
lida bo‘lishi mumkin va ularni namlashda suv beton sirtiga yomg‘ir
shaklida tushishi ta’minlanishi lozim.
Yangi yotqizilgan betonning yuzasini o‘tkir quyosh nurlaridan
himoyalash ham muhim texnologik tadbirlardan hisoblanadi. Buning
uchun, beton yuzasi maxsus namlikni ushlovchi materiallar bilan
qoplanadi va davriy ravishda namlanib turiladi. Ayniqsa, issiq iqlim
80
sharoitlarida betonning barcha sifat ko‘rsatkichlariga erishish uchun
qat’iyan talab qilinadi.
Betonni parvarishlash jarayoni, toki u o‘zining 70 % loyi-haviy
mustahkamligiga erishguncha davom ettirilishi tavsiya etiladi.
Odatda, bu davr beton komponentlari fizik-mexanik ko‘rsat-
kichlariga hamda tashqi muhit sharoitiga bog‘liq ravishda 7-15
sutka bo‘lishi mumkin.
Beton yuzasini (sirtini) yopish va namlash ancha mehnat sarf-
lari talab qiladigan tadbirlar hisoblanadi va shu sababli, ba’zi hollarda
parvarishlanadigan beton yuzasi nisbatan katta bo‘lsa, uni etinol laki
yoki suv-bitum emulsiyasi bilan himoyalanadigan plyonkalarda
qoplansa iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Bunda, emulsiya
tarkibiga ohak suti qo‘shilib, oq rang berilsa, plyonkaning quyosh
nurini qaytarish qobiliyati oshadi va natijada beton yuzasi qizish
jadalligi keskin kamayadi.
Havo harorati +5 °C dan past bo‘lgan sharoitlarda, parva-
rishlanayotgan beton yuzasini namlash tavsiya etilmaydi.
Betonlashtirilgan konstruksiyalar ustida ishchilar yurishiga,
yengil asbob-uskunalar, yog‘och materiallardan yasalgan buyumlar
(qoliplar va h.k.) qo‘yilishiga, beton 1,5 MPa mustahkamlikka
erishgandan so‘ng ruxsat etiladi. Bunday mustahkamlikka beton havo
harorati + 15 °C bo‘lsa, 2 sutkadan, +10 °C da -3 sutkada, +5 °C da
esa 4-6 sutkada erishishi mumkin.
Betonlashtirilgan yirik konstruksiyalarda qurilish mashinalari,
transport vositalari harakatlanishi, og‘ir qurilmalarni joylashtirish,
betonning «Ishlarni bajarish loyihasi»da belgilangan mustahkamligiga
erishgandan so‘ng ruxsat beriladi.
Konstruksiya og‘irlik kuchini o‘ziga olmaydigan yon tomon
qoliplari, beton 20...40 % mustahkamlikka erishgandan so‘ng
yechiladi va bunda beton yuzasi va qirralarining shikastlanishiga
yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Tayanch qoliplar esa betonning
mustahkamlik ko‘rsatkichi loyihaviy 70-80 %ga yetgandan so‘ng
yechilishiga ruxsat etiladi.
81
Beton ishlarini bajarish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan har qan-
day xatoliklar temir-beton konstruksiyalarida bir qator kamchiliklar
(defektlar) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday kamchiliklar
beton sirtidagi va tanasidagi bo‘shliqlar bo‘lib, ular dastlab yaxshilab
tozalanadi va yangi beton qorishmasi bilan to‘ldirilib, tekislanib
qotiriladi. Bo‘shliqlarni tozalashda po‘lat cho‘tkalardan va o‘tkir
qirrali metall asboblardan foydalaniladi. Bo‘shliqlar yangi beton
qorishmasi bilan to‘ldirilishdan oldin namlanib, shamollantiriladi.
Agar beton tanasida bo‘shliq borligi aniqlansa, beton yuzasi yoki yon
tomonidan bo‘shliqqacha maxsus teshiklar burg‘ulanadi va ular orqali
katta bosim ostida bo‘shliqlarga beton qorishmasi yuboriladi. Bunda,
beton qorishmasi tarkibidagi yirik to‘ldiruvchilar (shag‘al yoki chaqiq
toshlar) o‘lchamlari 20 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Shuningdek,
bo‘shliqlarni to‘ldirishdagi beton qorishmasi quyuq bo‘lmasligi kerak.
Agar beton sirtida shag‘alsimon yoki notekis yuzalar paydo
bo‘lgan bo‘lsa, ularni tozalab, namlab sement-suv qorishmasi bilan
qoplash va tekislash tavsiya qilinadi.
Beton ishlarini bajarish jarayonida, ularning sifatini nazorat
qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: boshlang‘ich
materiallarni (sement, qum, shag‘al, chaqiq toshlar, armatura-
lar, yog‘och materiallari va boshqalar) qabul qilish va saqlashda;
armatura konstruksiyalari va elementlarini tayyorlash va yig‘ishda;
qoliplar elementlari, tayanch konstruksiyalarini tayyorlash, yig‘ish
va o‘rnatish: qurilish blokini betonlashtirishga tayyorlashda; beton
qorishmasini tayyorlash va tashish jarayonlarida; beton qotish dav-
rida, uni parvarishlash jarayonida.
Boshlang‘ich materiallar sifat ko‘rsatkichlari qurilish labo-
ratoriyalarida qabul qilingan uslublarda aniqlab, nazorat qilib boriladi.
Armatura ishlarini tashkil qilishda, dastlab olib kelingan metall
mahsulotlarining zavodda belgilangan rusum (marka)lari sifatlari
tekshirilib, qabul qilinadi. Ular o‘lchamlari, rusum-lari bo‘yicha
belgilangan joylarda saqlanishga e’tibor berilishi kerak. Armatura
elementlari va konstruksiyalarini tayyorlashda esa ularning o‘l-
82
chamlari, shakllari aniq bo‘lishini va, ayniqsa, payvandlash ishlari
texnologiyasiga jiddiy ravishda rioya qilinishini nazorat qilish
zarurdir.
B
etonlashtiriladigan qurilish bloklarida armatura elementlari
va konstruksiyalari to‘la ravishda o‘rnatilgandan so‘ng, ularning
o‘lchamlari va joylashishi yakuniy nazoratdan o‘tkaziladi.
Qolip ishlarini bajarish jarayonida, asosan, qoliplar va ularning
tayanch konstruksiyalarining to‘g‘ri va mustahkam o‘rnatilishi,
shitlarning bir-biriga zich biriktirilishi, ishchi yuzalarning
tozalanganligi va hokazolar maxsus ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yirik
qurilish bloklarida o‘rnatilgan qoliplarning fazoviy joylashish
holatlarining aniqligi geodezik asbob-uskunalar yordamida nazorat
qilinishi mumkin, gabarit o‘lchamlari esa odatdagi usullar bo‘yicha,
o‘lchov asboblarida aniqlanadi.
Beton qorishmasini tayyorlash jarayonida, barcha material-
larning (sement, shag‘al, qum, suv va qo‘shimchalar) aniq miq-
dorda qadoqlanishi, ularni aralashtirish davomiyligi, tayyorlangan
qorishmaning qovushqoqligi (qo‘zg‘aluvchanligi) va zichligi
tekshiriladi. Beton qorishmasining qovushqoqligi va qattiqligi bir
ish smenasi davomida 2 marta standart konus cho‘kishi usulida
va viskozometrlarda aniqlanadi. Bunda aniqlangan standart konus
cho‘kishi loyihaviy ko‘rsatkichdan ±1 sm dan, qorishma qattiqligi
esa 3 %dan ortiq farq qilmasligi nazarda tutilishi kerak.
Betonni tashishda, qorishma strukturasi va konsistensiyasining
buzulmasligiga, transport vositasining normal ish faoliyatiga, undan
sement-suv aralashmasi to‘kilmasligi kabi masalalarga asosiy e’tibor
qaratilishi kerak.
Shuningdek, beton qorishmasini yotqizish jarayonida, uni qurilish
bloklariga qabul qilish, yoyish qoidalariga rioya qilishini, bir tekisda
zichlash va ushbu jarayon davomiyligi belgilangan me’yorlarda
bo‘lishini nazorat qilib turilishi kerak.
83
Umuman olganda, beton sifatiga beriladigan yakuniy baho,
qurilish jarayonida betonlashtiriladigan bloklardan olingan beton
qorishmasidan tayyorlangan va blokka yotqizilgan beton bilan bir xil
sharoitda qotirilgan, kub shaklidagi namunalar maxsus tekshiruvdan
o‘tkazilgandan so‘ng beriladi. Siqilishga sinaladigan namunalar
qirralari uzunligi 200 mm dan bo‘lgan kub shaklida tayyorlanadi va
maxsus mexanik qurilmalarda sinovdan o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda,
zarurat tug‘ilsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri bloklardan beton bo‘laklari ajratib
olinib, ularga ishlov berilib, kub shakliga keltiriladi va yuqorida aytil-
gan uslubda sinab ko‘rilishi mumkin.
Doimiy yoki davriy ravishda suv ta’sirida bo‘ladigan inshootlar
betonlari sovuqqa (muzlashga) chidamliligi va tanasidan suv
o‘tkazmasligi bo‘yicha ham sinab ko‘riladi.
Umuman olganda, beton ishlari va inshootlari sifat ko‘rsat
kichlarini aniqlash va nazorat qilib borish uchun qurilish tashkilot
larining maxsus laboratoriyalari va malakali mutaxassislari shu
g‘ullanishlari kerak. Shuningdek, suv xo‘jaligi inshootlaridan
foy dalanish jarayoni (ekspluatatsiya) davrida ham, belgilangan
muddatlarda beton konstruksiyalarini muntazam ravishda nazorat
qilib borish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |