Armatura konstruksiyalarini bog‘lash
(ulash) sxemalari:
a – oddiy payvandlash; b – ustama qo‘yish usuli; d – o‘rama
usuli; e – ikki sterjenning o‘qlari kesishishi usuli; f – to‘rt sterjen
bog‘lanish bo‘g‘ini. 1 - payvandlanadigan sterjenlar; 2 - ustama
elementlar; 3 - o‘rama element; 4 - bo‘g‘in hosil
qiluvchi bog‘lama element.
Armatura ishlari hajmi va bajarilish muddatiga bog‘liq ravishda
metall konstruksiyalarini tayyorlash korxonasi (ustaxonasi) quvvati
belgilanadi. Agar metall konstruksiyalari, asosan, beton ishlari
uchun mo
‘
ljallanganligi inobatga olinsa, armatura konstruksiyalarini
tayyorlash korxonasining bir ish smenasidagi ishlab chiqarish
unumdorligini, beton ishlari bir oylik jadalligiga bog‘liq ravishda
quyidagicha aniqlash mumkin:
P
ar
= (q
ap
· W
oy
· K
not
) / (t
kun
· S), t/sm. (2.20)
Bu yerda: q
ar
–1 m
3
betonga sarflanadigan armatura po‘latning
o‘rtacha miqdori (0,04-0,1 t/m
3
);
W
oy
– beton ishlarining hisobiy bir oylik jadalligi, m3/oy;
K
not
– beton ishlari borishi notekisligini hisobga oluvchi koeffi-
tsiyent (K
not
= 1,2–1,4);
72
t
kun
– bir oydagi ish kunlari, kun;
S – bir sutkadagi ish smenalari soni.
Armatura konstruksiyalarni tayyorlash, tashish, montaj qilish
jarayonlari, belgilangan texnologik talablarga to‘la ravishda rioya
qilingan holda amalga oshirilishi kerak. Konstruksiyalar o‘lchamlari
aniq bo‘lishi, ularning qurilish jarayonida o‘zgarishiga yo‘l
qo‘ymaslik, payvandlash ishlari, yuqori darajada puxta bajarilishi va
hokazolar inshoot yoki uning konstruksiyasining yakuniy loyihaviy
mustahkamligi va ishonchligini ta’minlaydigan asosiy omillardan
hisoblanadi.
Qolip – beton qorishmasi yotqiziladigan inshoot qismi yoki
konstruksiyasi beton elementining geometrik shakli va o‘lchamlarini
ta’minlovchi vaqtinchalik yordamchi konstruksiyadir.
Qolipda qorishma qotadi, betonga aylanadi va u talab qilinadigan
mustahkamlikka erishgandan so‘ng, yordamchi konstruksiya (qolip)
yechiladi.
Qo‘llanilish maqsadiga mos ravishda qoliplarga bir qator ta-
lablar qo‘yiladi: mustahkamlik, qattiqlik o‘lchamlari aniqliligi;
konstruksiyasi oddiyligi; yengil bo‘lishi va tayyorlash uchun kam
mehnat sarflanishi; tanasidan sement sutini o‘tkazmasligi; qulay
yig‘ilishi va yechilishi.
Qoliplar konstruksiyasi murakkabligi, betonlashtiriladigan
konstruksiyalar murakkabligi va qurilish bloklari o‘lchamlariga
bevosita bog‘liqdir.
Qolip ishlari ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan jarayonlardan
hisoblanadi va uning narxi suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlari
umumiy narxining 40 %gacha qismini tashkil qilishi mumkin. Shu
sababli qolip turini tanlash, unga bog‘liq ishlarning qulay texnologik
variantlarini to‘g‘ri tashkil qilish, katta hajmda beton ishlari
bajariladigan inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy jihatdan juda
katta ahamiyatga egadir.
Tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan materiallarga bog‘liq
ravishda qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
73
– yog‘och qoliplar, ishchi yuzasi, tayanch karkaslari, chega-
ralovchi va boshqa elementlari yog‘och materiallaridan (doska, brus
va h.k.) yasaladi;
– metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis metalldan (metall
list), tayanch konstruksiyalari temir burchaklardan, shvelerlardan va
balkalardan yasaladi;
– yog‘och-metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis yog‘och
doskalardan (taxtalardan) yoki faneradan, tayanch qismlari metalldan
yasaladi;
– beton yoki temir-beton qoliplar, beton yoki temir-betondan
yasalgan plitalar yoki bloklar.
Qurilish blokining qolip konstruksiyasi bilan chegaralanadigan
qismi qoliplanish yuzasi deyiladi. Qoliplanish yuzasining Skol (m
2
)
betonlashtiriladigan blokining umumiy hajmiga Wbl (m
3
) nisbati
qoliplanish yuzasi koeffitsiyenti deyiladi.
Yog‘och materiallardan yasaladigan qoliplarning asosiy
kamchiliklaridan biri - bu nam ta’sirida va ko‘rish jarayonida
tanasining deformatsiyalanishidir. Natijada mix bog
‘
lamalari buzilishi
doskalar orasida yoriqlar paydo bo‘lishi, ishchi yuza geometrik
shaklining o‘zgarishi kabi salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Qoliplar mahkamlanish xarakteri va qayta o‘rnatilish usuliga
ko‘ra ko‘p marta ishlatiladigan, yig‘ib-yechiladigan shit, statsionar
qayta ishlatilmaydigan va ko‘chma - harakatlanuvchan bo‘lishi
mumkin.
Ko‘p marta ishlatiladigan yig‘ib-yechiladigan shit qoliplar
har bir davr ish jarayonidan so‘ng, yechilib tozalanadi va maxsus
ta’mirlashdan o‘tkazilgach navbatdagi betonlashtirish blokiga
o‘rnatiladi. Bunday turdagi qoliplarning qurilish jarayonida
qayta ishlatilish darajasi, ular tayyorlangan materiallar turi va
mustahkamligiga bog‘liqdir. Masalan, bu ko‘rsatkich yog‘och
materiallaridan yasalgan qoliplarda 30–40 martagacha, metall
qoliplarda esa 100–125 martagacha bo‘lishi mumkin.
74
Suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlari jarayonida yig‘ib-
yechiladigan qoliplar (3.13-rasm) keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy
elementi bo‘lgan ishchi yuzasi (shitlari) tashqi tomondan yoki ichki,
blokning betonlashtiriladigan qismidan mahkamlanishi mumkin.
(2.21)
kifoyalaniladi.
2.14-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |