Gidromeliorativ


Beton qorishmasini joylashtirish va parvarishlash



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Beton qorishmasini joylashtirish va parvarishlash
Qorishmani yotqizish jarayonida quyidagilar ta’minlanishi kerak:
– beton bilan kontaktda bo‘ladigan sirtlarni barcha ortiqcha 
narsalardan tozalash, yuvish va kerakli darajada namlash;
– beton qorishmasi strukturasi bir jinsli bo‘lishi, bunda be-
tonni qabul qilish, yoyish, uloqtirish jarayonlarida xatolikka yo‘l 
qo‘ymaslik;
– yuqori mustahkamlik va zichlikka erishish uchun qorishmani 
bir tekisda va sifatli qilib zichlash;
–  gidrotatsiya  jarayonida  yuzaga  keladigan  beton  tanasida-
gi ekzotermik issiqliqning me’yoridan oshmasligi uchun beton-
lashtiriladigan bloklar (konstruksiyalar) o‘lchamlarini aniq bel-
gilash va zarur sharoitlarda yirik bloklar ichki zonalarida sovitish 
sistemalarini qo‘llashni tashkil qilish;


100
–  beton  qorishmasining  qotish  jarayonini  uzluksiz  nazorat 
qilish, uni zarur namlik, qish davrida esa kerakli harorat rejimi bilan 
ta’minlash;
– betonga belgilangan muddatidan oldin tashqi kuch va yuklar 
ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik va qoliplarni yechib olinish muddatiga 
rioya qilish.
Suv xo‘jaligidagi yirik beton va yig‘ma temir-beton inshoot-lari 
ishlash sharoitlariga bog‘liq ravishda cho‘kish, harorat, deforma- 
tsiya kabi konstruktiv choklar bilan ajratiladilar. Yirik blok va kons-
truksiyalarda  shunday  choklarni  o‘rnatish,  texnologiya  nuqtayi 
nazaridan  ancha  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Chunki,  beton 
qotish,  mustahkamlanish  jarayonida  tanasidan  katta  miqdorda 
issiqlik chiqarishi va hajm bo‘yicha ma’lum miqdorda kichrayishi, 
o‘rnatiladigan choklar o‘lchamlariga va nihoyat yakuniy sifatiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, choklarni, asosan, betonning 
qoliplar bilan chegaralangan qis-mida o‘rnatilishi maqsadga muvofi 
q bo‘ladi.
Beton  qorishmasining  fizik-mexanik  xossalarini,  inshoot 
kons truksiyasi o‘lchamlarini, choklar turlari va ularni o‘rnatish 
sharoitlarini va boshqa omillarni inobatga olgan holda, betonlashtirish 
va qurilish bloklari o‘lchamlari belgilanishi lozim. Har bir qurilish 
bloki uzluksiz ravishda beton qorishmasini yotqizishga mo‘ljallanishi 
kerak. Shuningdek, bu jarayonda beton zavodi yoki beton qorishmasi 
tayyorlash qurilmasining ish unumdorligi asosiy omillardan biri 
bo‘lishi kerak. Yirik bloklar yoki konstruksiyalar qalinligi bo‘yicha 
ham bir necha qatlamlarga bo‘linishi mumkin. Bunda, qatlamlar 
orasidagi chegaralar vaqtinchalik choklar bo‘lib, ular pastki qatlam 
(oldingi yotqizilgan beton) va yangi yotqizilgan qatlamni o‘zaro 
bog‘lashga xizmat qiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, qurilish bloki hajmi beton qorish- 
masini uzluksiz ravishda yotqizish va beton yetkazuvchi korxonaning 
bir ish smenasidagi ishlab chiqarish unumdorligini hisobga olgan 
holda belgilanadi. Agar sement-beton zavodi uch smenada uzluksiz 


101
ishlasa, beton qorishmasini yotqizish va uning qotish jarayonini 
inobatga olgan holda, qurilish bloki hajmlari chegaralangan bo‘ladi.
Betonlashtirish jarayonida qurilish bloki balandligi (qalinligi) 
quyidagi holatlarni ta’minlash bo‘yicha chegaralanadi: qoliplarni 
aniq va puxta o‘rnatish, belgilangan muddatda yechish va pastki 
qatlamdagi yetarli mustahkamlikka erishishga ulgurmagan betonga 
me’yoridan ortiqcha yuk ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; gidrotatsiya 
jarayonida ajralib chiqadigan ekzotermik issiqlik me’yoriy darajadan 
oshmasligini ta’minlash.
Shuningdek,  qurilish  blokining  yuzasi  o‘lchami  ham  qat-
lamqatlam usulida betonlashtirishda, har bir navbatdagi qatlam 
yotqizilishi oldingi qatlam betonning qotish jarayoni boshlanguncha 
amalga  oshirilishini  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Bunda 
betonlashtiriladigan qatlamlar orasida bog‘lanishga erishiladi.
Inshoot konstruksiyalarini betonlashtirish jarayonida qurilish 
bloklariga bo‘lishda, ishchi va tarqatuvchi armaturalar joylashishi, 
albatta, inobatga olinishi zarur. Imkoni boricha qurilish choklari 
ishchi armaturalarni kesib o‘tmasligi kerak, chunki bu holat qolip 
larni o‘rnatish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuningdek, choklarni 
konstruksiyalarning  qarama-qarshi  kuchlar  tortishish  zonasida 
qurish ham mumkin emas. Suv xo‘jaligi inshootlari qurilishida beton 
qorishmasini 0,3-0,5 m (ba’zi holatlarda 2,5-3,0 m) qalinlikda qatlam 
usulida yotqizish texnologik sxemalari keng tarqalgan. Bunday 
sxemalarning asosiy uch xil turi mavjud:
– yupqa qatlam sxemasi, beton qorishmasi bir necha qatlamda 
blokning uzunligi va kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Bunda har bir 
yotqizilish, o‘zidan oldingi qatlamdagi beton qorishmasi qotish 
jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi;
– bir qatlamli sxema, beton qorishmasi qurilish blokiga bir 
qatlamda yotqiziladi;
– zinapoya sxemasi, beton qorishma qurilish blokiga uzunligi va 
balandligi bo‘yicha zinapoyalar shaklida yotqiziladi.


102
Bir qatlamli sxemada ham I
min
 yuqorida keltirilgan formula 
bo‘yicha aniqlanishi mumkin, faqat unda h o‘rniga qalinligi ancha 
katta bo‘lgan bitta qatlam olinadi.
Qurilish blokini betonlashtirishning zinapoya usuli boshqalariga 
nisbatan ancha murakkab sxema bo‘lib, faqat katta yuzali va uzun 
bloklarni betonlashtirishda, beton xo‘jaligi quvvati past bo‘lgan 
sharoitlarda qo‘llaniladi.
Agar, oldingi yotqizilgan qatlamni beton qorishmasi bilan qop- 
lash uchun yo‘l qo

yiladigan maksimal vaqt t belgilangan bo‘lsa, 
bu sxemada qurilish blokini betonlashtirishning hisobiy jadalligi 
quyidagicha aniqlanishi mumkin:
I = (B 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish