Gidromeliorativ


Issiq va sovuq iqlim sharoitlarida beton ishlarini bajarish



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Issiq va sovuq iqlim sharoitlarida beton ishlarini bajarish
O‘zbekiston Respublikasida, ayniqsa, tekislik zonalardagi va 
janubiy viloyatlarda yoz davrida havoning kunduzgi o‘rta-cha harorati 
+20 °C...+30 °C va undan ham yuqori bo‘lib, nisbiy namlik 50 % dan 
kam bo‘ladi. Bundan tashqari, cho‘l-taqirlik hududlarda kuchli issiq, 
garmsel shamollarning tez-tez takrorlanishi kuzatiladi. Shuningdek, 
sutka davomida, kecha va kunduz almashinishida havo harorati va 
nisbiy namligining keskin o‘zgarishi yuzaga keladi.
Bunday ob-havo sharoitlari bir qator murakkab omillarni yuzaga 
keltiradi va ular, o‘z navbatida, beton ishlarini olib borish jarayonlarini 
jiddiy ravishda qiyinlashtiradi. Beton qorishmasi harorati yuqori 
bo‘lishi,  qo‘shiladigan  suv  miqdorini  oshirishni  talab  qiladi  va 
bunda betonni belgilangan mustahkamlikka erishishi uchun sement 
miqdori ko‘paytirilishi kerak. Qorishmani tashish jarayonida, uning 
qovushqoqligi pasayishi, quruqlashishi, betonni yotqizish, zichlash 
va parvarishlash jarayonlari texnologiyasining buzilishiga olib keladi. 
Shuningdek, issiqdan qovjiragan beton o‘zining 30 sutkalik yoshida 
50 % gacha mustahkamligini va bir qator fizik-mexanik xossalarini 
yo‘qotishi mumkin.
Beton qorishmasi tarkibidagi suvning bug‘lanish tezligi tashqi 
muhit harorat-namlik xarakteristikalariga yuqori darajada bog‘liq. 
Masalan, tashqi muhit havo harorati +20 °C, namligi 70 % va shamol 
tezligi 5 m/s bo‘lsa, qorishma yuzasidagi suv bug‘lanish jadalligi 0,3 
kg/m
2
 ni tashkil etadi. Xuddi shunday shamol tezligida havo harorati 
+35 °C va namligi 30 % bo‘lsa, bug‘lanish ko‘rsatkichi to‘rt marta 
yuqori, ya’ni 1,2 kg/ m
2
 bo‘lishi mumkin. Shunday sharoitda shamol 
tezligi 10 m/s dan oshsa, bug‘lanish jadalligi yana ikki martaga 
ko‘tariladi.
Jazirama issiq iqlim sharoitida betonlashtirishdagi eng nozik 
masalalardan biri - bu qorishmani yotqizilgandan so‘ng, dastlabki 


106
bir necha soatlar ichida davom etadigan plastik torayish jadalligini 
nazorat qilishdan iboratdir. Jadal ravishda yuzaga keladigan plas- 
tik torayishlar betonning umumiy deformatsiya torayishiga keskin 
ta’sir qilib, hatto uning shaklini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Shuningdek, betonning sirtqi qatlamlarida tortishish, kuchlanishlar 
yuzaga keladi va agar ular beton erishgan mustahkamlikdan yuqori 
bo‘lsa, turli o‘lchamdagi yoriqlar paydo bo‘ladi. Yoriqlar uzunligi 
1-1,5 m, chuqurligi 100-200 mm, kengligi 3-5 mm va undan ham 
ortiq bo‘lishi mumkin. Plastik torayishlar, ayniqsa, temir-beton 
konstruksiyalar uchun ancha zararli hisoblanadi.
Quruq  issiq  iqlim  sharoitli  hududlarning  o‘ziga  xos  xusu 
siyatlaridan biri, kunduzgi va tundagi havo haroratlari o‘rtasida katta 
farq bo‘lishidir. Bunday farq ba’zi hollarda +45 °C gacha bo‘lishi 
mumkin. Ayniqsa, erta bahor va kuz oylarida kechqurun (tunda) suv 
muzlash va kunduz kunlari +10°...+15 °C gacha havo isishi mumkin. 
Bunday iqlim sharoiti parvarishlanayotgan betonlar uchun ancha 
noqulayliklarni yuzaga keltiradi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, issiq, quruq iqlim 
sharoitlari xususiyatlarini, beton tayyorlash jarayonlaridan boshlab 
inobatga olish zarur.
Bunday sharoitlarda beton qorishmasini tayyorlashda, asosan, 
yuqori markali, tez qotuvchan portlandsementlar qo‘llanilishi tav- 
siya qilinadi va ularning markasi beton markasidan kamida 1,5 
marta yuqori bo‘lishi kerak. Tez qotuvchan portlandsementlardan 
tayyorlangan beton qorishmasining qotish jarayoni ancha tez kechadi, 
shuningdek, qorishmadan namlik chiqish darajasi ham kam bo‘ladi.
Ammo bunday turdagi sementlar tanqis va qimmatligi tufayli, 
keng ko‘lamda foydalanish imkoniyati chegaralangan. Shu sababli, 
boshqa turdagi sementlar qo‘llanilayotganda, beton qorishmasining 
qovushqoqligini  (qo‘zg‘aluvchanligini)  oshirish,  yotqizilishini 
yaxshilash va qotish jarayonini tezlashtirish uchun maxsus kimyoviy 
qo‘shimchalardan ham foydalanish tavsiya qilinadi. Qorishmaning 
qovushqoqligini oshirishda, sulfat achitqisidan, qotish jarayonini 


107
tezlashtirish uchun nitrat kalsiy Ca(NO
3
)
2
 yoki nitrit-nitrat xloridkal-
siy Ca(NO
2
)
2
 + CaCl
2
 qo‘llanilishi mumkin va ularning miqdori 
sement massasining 0,1...0,3%dan oshmasligi kerak.
Beton qorishmasini tayyorlash jarayonida shunga e’tibor berish 
kerakki, betonqorgichdan chiqadigan tayyor mahsulotning harorati 
+20...+25 °C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Beton qorishmasi harorati 
+30 °C dan yuqori bo‘lsa, uni transport vositasida tashish va yotqizish 
taqiqlanadi. Chunki, qorishma bunday holatda nihoyatda quyuqlashadi 
va uni bloklarda talab darajasida joylashtirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Beton  qorishmasi  haroratini  pasaytirish  uchun  suv  va 
to‘ldiruvchilarni sovitish bo‘yicha tadbirlar qo‘llanilishi mumkin. 
Suvni sovitish uchun maxsus havzalarga maydalangan muz bo‘laklari 
tashlanadi. To‘ldiruvchilarni sovutishning oson usuli, ularni namlab, 
qadoqlashdan oldin sovuq bosimli havo ta’sirida shamollatiladi.
Beton qorishmasini tashish jarayonida esa imkoni boricha tez- 
ligi yuqori bo‘lgan transport vositalari tanlanib, ularning yuk holatda 
to‘xtovsiz harakatlanishi bo‘yicha barcha choralar ko

rilishi kerak. 
Tashish davomiyligi qorishma harorati +25 ° bo‘lganda – 30–50 
daqiqa, +30 °C bo‘lganda – 15–25 daqiqa va +30 °C dan yuqori 
bo‘lganda – 10–15 daqiqa oshmasligi kerak.
Beton qorishmasini yotqizishdan oldin, birinchi navbatda, 
uning qovushqoqligi (qo‘zg‘aluvchanligi) tekshirib ko‘rilishi kerak 
va sezilarli darajada kamchiliklar yuzaga kelgan bo‘lsa, qorish- 
mani tayyorlash va tashish jarayonlariga tegishli o‘zgartirishlar 
kiritilishi lozim.
Shuningdek, beton qorishmasi yotqizilishi oldidan, betonlashtiri-
ladigan blok quyosh nurlari ta’siridan himoyalanishi, qolip va metall 
konstruksiyalar sovuq suv bilan namlanib, shamollatib sovutilishi 
kerak. O‘ziga suv shimib oladigan qoliplardan foydalanish tavsiya 
qilinmaydi.
Parvarishlashning  dastlabki  davrlarida  (beton  qorishmasi 
yotqizilgandan so‘ng 6-10 soat ichida), ya’ni beton minimum 0,5 
MPa mustahkamlikka erishmaguncha, uni suv bilan aralashishida 


108
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki qizigan beton qorishmasiga sovuq suv 
tegishi bilan beton sirtida harorat kuchlanishi yuzaga kelib, yoriqlar 
paydo bo‘lishi mumkin.
Demak,  asosiy  tadbirlardan  biri  -  yangi  yotqizilgan  beton 
qorishmasini quyosh nurlaridan, shamoldan himoyalash yo‘li bilan 
uning qovjirashi va suvsizlanishing oldini olish kerak. Umuman 
olganda, tashqi muhit sharoitlari, betonlashtirish konstruksiyalari 
o‘lchamlari va boshqa bir qator omillarni inobatga olgan holda, 
parvarishlashning  boshlang‘ich  davri  davomiyligini  qurilish 
laboratoriyasi tomonidan belgilanadi.
Yangi  yotqizilgan  beton  qorishmasining  namligini  saqlash 
uchun uning sirtini namlikni ushlovchi materiallar bilan qoplash 
uslublari ham keng qo‘llaniladigan oddiy tadbirlardan hisoblanadi. 
Bunday tadbirlarda turli xil materiallar (qumlar, matolar, yog‘och 
qipiqlari va h.k.) qo‘llanilishi mumkin. Keyingi paytlarda bunday 
tadbirlarning  yuqori  samaradorligiga  erishish  uchun  namlikni 
ushlovchi materiallar sifatida och rangli polietilen plyonkalar ham 
keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, beton sirtini qoplashda lak etinol, 
bitum-emulsiyasi va boshqa turdagi materiallar qo‘llanilishi mumkin. 
Beton yuzasini bunday materiallar bilan qoplashda, asosan, maxsus 
purkagichlar qo‘llaniladi va agar ish fronti ancha katta bo‘lsa (ya’ni, 
betonlashtirilgan yuza katta bo‘lsa), maxsus purkagich qurilmali 
mashinalar qo‘llanilishi ham mumkin.
Betonni parvarishlashning boshlang‘ich davri tugagandan so‘ng 
(qorishma yotqizilib 6-10 soat o‘tgach), nazorat qilishning asosiy 
davri boshlanadi. Issiq quruq iqlim sharoitida parvarishning bu 
davrida beton konstruksiyasi yuzasi gorizontal bo‘lsa, uni 30-50 
mm qalinlikdagi suv qatlami ostida saqlash tavsiya qilinadi. Suvni 
beton yuzasida saqlash uchun konstruksiya atrofidagi qoliplar zaxira 
qismidan foydalaniladi yoki maxsus chegaralovchi devorchalar ham 
o‘rnatilishi mumkin. Shuni qayd qilish kerakki, bunday tadbirlar 
uchun qo‘llaniladigan suv harorati beton tanasidagi harorat bilan bir 
xil bo‘lishi, albatta, shart. Aks holda, beton sirtida harorat zo‘riqishi 
yuzaga keladi.


109
Quruq  issiq  iqlim  sharoitlarda  betonning  qotish  jarayonini 
tezlashtirish uslublarini qo‘llash ham samarali hisoblanadi va bunda 
keyingi parvarishlash davrlarida, ko‘p mehnat sarflanishini talab 
qiladigan tadbirlarni o‘tkazishga hojat qolmasligi mumkin. Chunki 
tez orada belgilangan mustahkamlikka erishgan beton tashqi muhit 
salbiy ta’sirlariga ancha chidamli bo‘ladi.
Xulosa  qilib  aytganda,  quruq  issiq  iqlim  sharoitlari  beton 
ishlarini bajarishdagi barcha jarayonlar uchun bir qator noqulayliklar 
yuzaga keltiradi. Asosiy maqsad - betonning va undan tiklanadigan 
konstruksiya va inshootlarning loyihaviy belgilangan mustahkamligini 
va ularning uzoq davr ekspluatatsiya jarayonida barqaror ish faoliyatini 
ta’minlash bo‘lsa, bunga erishish uchun turli xil murakkab, ko‘p 
mehnat sarflanishi talab qiladigan texnologik tadbirlar o‘tkazilishi 
shart bo‘ladi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, quruq issiq iqlim 
sharoitlarda beton ishlarini bajarish, asosiy qurilish jarayonlarini 
mahalliy obyektiv va subyektiv sharoitlardan kelib chiqib tashkil 
qilish ham texnik-iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Bunda, 
birinchi navbatda, tashqi muhit haroratini inobatga olib, asosiy ish 
jarayonlari bo‘yicha ish smenalarini belgilash, kunning harorati 
maksimal darajaga ko‘tarilganda, betonlashtirish ishlarini butunlay 
to‘xtatish, imkoni boricha kechqurungi ish smenalarini va ular uchun 
barcha sharoitlarni yaratib berish maqsadga muvofiqdir.
Tashqi muhit o‘rtacha havo harorati +5 °C dan va sutka davo- 
midagi minimal harorat 0 °C dan past bo‘lgan sharoitlarda beton 
ishlari maxsus ishlab chiqilgan texnologik qoidalarga rioya qilingan 
holda  olib  boriladi.  Havo  harorati  0...+5  °C  dan  pastga  tushsa, 
yotqizilgan beton mustahkamligi o‘sish jarayoni keskin ravishda 
sekinlashadi. Agar  havo  harorati  0  °C  dan  ham  pasayib  ketsa, 
beton qorishmasi tarkibidagi suv muzlashi natijasida gidrotatsiya 
jarayoni batamom to‘xtashi kuzatiladi. Beton qorishmasi qotish 
jarayonida muzlasa, bir qator salbiy oqibatlar yuzaga keladi, ya’ni 
to‘ldiruvchilar yirik donalari atrofida suv yig‘ilib muzlashi natijasida 


110
keyinchalik bo‘shliqlar paydo bo‘lib, betonning bir jinsliligi, yaxlitligi 
buzilib, zichligi keskin pasayadi, shuningdek, beton bilan armatura 
o‘rtasidagi bog‘lanish nihoyatda ojizlashadi. Yuqorida aytilganlarni 
inobatga olgan holda, shuni qayd qilish kerakki, beton qorishmasini 
tayyorlashdan boshlab, belgilangan mustahkamlikdagi beton hosil 
bo‘lishigacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarda harorat 0 °C 
dan yuqori bo‘lishi jiddiy ravishda talab qilinadi. Qish davrida betonni 
parvarishlash jarayoni, beton o‘zagining loyihaviy (qish davri uchun) 
yoki «chegaraviy» mustahkamligiga erishguncha davom ettiriladi 
(3.9-jadval).
Agar  konstruksiyalar  ekspluatatsiya  jarayonida  siqilishga 
ishlasa va davriy ravishda muzlash erish sharoitida bo‘lsa, beton 
markasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar «chegaraviy» mustahkamligi 
70 % dan kam bo‘lmasligi shart. Xuddi shunday sharoitlarda va 
konstruksiyalarga alohida ravishda suv o‘tkazmaslik va sovuqqa 
chidamlilik talablari qo‘yilsa «chegaraviy» mustahkamligi loyihaviy 
mustahkamlikining 100 % ga teng qabul qilinadi.
Agar beton «chegaraviy» mustahkamlikka erishgandan keyin 
muzlasa,  u  erigandan  so‘ng  gidratatsiya  jarayoni  tiklanishi  va 
loyihaviy yakuniy mustahkamlikka yetishi mumkin. «Chegaraviy» 
mustahkamlikka yetmasdan muzlab-erigan be-tonlar sezilarli darajada 
asosiy sifat xossalarini yo‘qotadi.
Parvarishlanayotgan beton muzlash-erish davridagi yoshi qancha 
kichik bo‘lsa, uning o‘z mustahkamligini yo‘qotish darajasi katta 
bo‘ladi.  Masalan,  muayyan  sharoitda  28  sutkada  hisobiy  mus- 
tahkamligiga (100 %) erishadigan, portlandsementdan tayyorlangan 
beton bir sutkadan so‘ng muzlasa, oxir-oqibat o‘zining 50 % gacha 
mustahkamligini  yo‘qotadi.  Shuningdek,  beton  «chegaraviy» 
mustahkamligiga erishmaguncha va agar u muzlagan bo‘lsa, zinhor 
qoliplarni yechish mumkin emas.
Qish davrida betonlashtirish jarayonlaridagi usul va amallarni bir 
necha guruhga bo‘lish mumkin: beton mustahkamlikka erishishini 
tezlashtirish bo‘yicha amallar; muzlashga qarshi qo‘shimchalar 


111
qo‘llash;  qorishma  tayyorlash  jarayonida  materiallarni  isitish 
(qizdirish); qurilish blokida yotqizilgan betonni isitish.
Betonlashtirishning maxsus usuli asosan beton ishlari hajmi, 
davomiyligi, shuningdek, beton qorishmasi yotqiziladigan qurilish 
bloklari, konstruksiyalari o‘lchamlari va shakllariga bog‘liq ravishda 
tanlanadi. Yirik, qalin qurilish bloklaridagi betonga nisbatan, yupqa 
konstruksiyalardagi betonlar tanasi ancha tez soviydi. Umuman 
olganda,  bunday  hollarda  beton  sirti  moduli  ko‘rsatkichidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir va bu ko‘rsatkich quyidagicha 
aniqlanadi:
M = F
bl
 / W
bl
; (m
–1
). 
(2.36)
Bu yerda: F
bl
 – betonlashtiriladigan qurilish blokining umumiy 
yuzasi, m
2
;
W
bl.
 – betonlashtiriladigan blok hajmi, m
3
;
Agar 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish