116
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlari inshootlar
qurilish maydonlariga avtomobil, faktor yoki ba’zi hollarda temir
yo‘l transport vositalarida yetkazib berilishi mumkin.
Qurilish obyektiga olib kelingan yig‘ma temir-beton kon-
struksiyalari va elementlarini yig‘ish ishlarini bajaradigan kran ish
fronti zonasida joylashtiriladi. Ba’zi hollarda yirik yig‘ma temir-
beton konstruksiyalarini transport vositasidan olib, kran yordamida
inshootga uzatilishi va o‘rnatilishi mumkin. Bunda konstruksiyalarni
ortiqcha tushirish va ko‘tarish ishlari bo‘lmaydi. Ammo yig‘ma temir-
beton konstruksiyalarini tayyorlash va yig‘ish jarayonlari o‘rtasida,
o‘zaro aniq bog‘lanish bo‘lishi talab qilinadi. Yig‘ma temir-beton
konstruksiyalari va elementlarini tashishda va qurilish maydonida
joylashtirishda, ularning ortiqcha silkinishi, zo‘riqishi, zararlanishiga
va shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Shuninig uchun ak-
sariyat yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlarida, ularni
qanday holatda tashish va qurilish maydonchasida joylashtirish
bo‘yicha maxsus belgilar qo‘yilgan bo‘ladi.
Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini yig‘ish beton
ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan yoki inshootning texnologik
qurilmalarini montaj qiluvchi kran yordamida bajarish mumkin (GES
yig‘ma temir-beton elementlarini montaj qilish sxemasi). Shuning
uchun yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlari og‘irligi,
yuqorida qayd qilingan qurilish jarayonlaridagi kranlar yuk ko‘tarish
qobiliyatlaridan katta bo‘lmasligi shart.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlarini yig‘ish
ishlari quyidagi jarayonlardan iborat:
– yig‘ma temir-beton konstruksiyasi yoki elementining joylashish
o‘rnini
tayyorlash;
– konstruksiya yoki elementlarni yig‘ish
jarayoniga tayyorlash;
– konstruksiya yoki elementlarning loyihaviy ishchi chizmalarga
mos kelishini, tayyorlanishi va olib kelinish sifatini, yig
‘
ish
qurilmalarining to‘g‘riligini
tekshirish;
– kran bilan konstruksiya yoki elementlarni ko‘tarish uchun
kerakli
asbob-uskunularni tayyorlash;
117
– konstruksiya
yoki elementni yig
‘
ish
joyiga uzatish;
– konstruksiya yoki elementlarni o
‘
rnatish va vaqtinchalik
mahkamlash;
– maxsus qurilmalar yordamida konstruksiya yoki elementlarni
loyihaviy o‘rnashish
holatiga keltirish;
– yakuniy mahkamlash va payvandlash ishlarini bajarish va vaq-
tinchalik
mahkamlashlarni yechish;
– konstruksiya va elementlarning inshoot qismlariga biriktirilgan
joylarini betonlashtirish va ishlov berish.
Yig‘ish jarayonini boshlashdan oldin, eng asosiy talablardan biri
– konstruksiya yoki elementning hujjatlarini tahlil qilish va, ayniqsa,
ular massasining yig‘ish krani yuk ko‘tarish qobiliyatiga mos kelishi
shart.
Yig‘ish ishlari jarayonida dastlabki bosqichdagi konstruksiya
yoki element to‘liq o‘rnatilib bo‘lmasdan, keyingi bosqich montaj
ishlariga o‘tish mumkin emas.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalaridan inshootlar tiklan-
ganda, ularni o‘zaro bog‘lash va mahkamlash eng asosiy va qiyin
masalalardan hisoblanadi. Yig‘ma temir-beton konstruk-siyalarining
birlashmalari yig‘ish jarayonida ko‘p mehnat talab qiladi, ya’ni
konstruksiyadan chiqib turgan armaturalarni to‘g‘rilash, tekislash
va sifatli payvandlash, birlashmalarga kichik qoliplarni o‘rnatish
va kam miqdorda beton qorishmasini quyish, zichlash va hokazo
ishlar ko‘p mehnat talab qiladi. Shunga qaramasdan, konstruksiyalar
birlashmalari talab darajasida sifatli tekislanishi kerak. Shundagina
birlashmalardan suv sizib o‘tishi kabi salbiy holatlarning oldi olinishi
mumkin.