2.19-rasm. Qoziqni gruntga botirish usullari:
a - qoqish (mexanik); b - yuvish; d - titratma botirish; e - titratma
qoqish; f - yuvish bilan titratma botirish; g - bosimli titratish;
h - burab kiritish.
Ayrim holatlarda qoziq yoki shtunt, uni qoqishda yo‘l qo‘yil-
gan kamchilik yoki undagi defektni tuzatish maqsadida chiqarib
(sug‘urib) olinadi.
Qoziq qoqishning asosiy usullari
Qoziq yoki shtunt qoqishning amaliyotda quyidagi usullari
mavjud: qoqish (mexanik zarba bilan); yuvib (gruntni) kiritish
(titratish bilan); titratish-qoqish (bosimli titratish bilan); burab kiritish.
Qoziq qoqishda kopr qurilmasidan foydalaniladi. Kopr qurilmasi
qoziq qoqish qurilmasini va qoziqni belgilangan holatda ushlab
turish uchun qo‘llaniladi. Ular yig‘ma yechiladigan tuzilma bo‘lib,
baza mexanizmi va moslamalari bilan ishlatiladi, asosan, bir kovshi
ekskvatorlarga almashtiriladigan ishchi jihoz sifatida hamda universal,
yarim universal rels bazali va boshqa tuzilmali asos qismli tuzilmalari
mavjud.
Har qanday kopr qurilmasining asosiy ishchi ko‘rsatkichi uning
xartum uzunligidir, chunki u qoziq uzunligi va qoqish mexanizmi
121
o‘lchamlarining ishlash imkoniyatini belgilaydi. Qiya qoziqlar qiya-
lanadigan kopr qurilmalari yordamida qoqiladi. Ko‘p ish hajmli
joylarda yirik o‘lchamli katta kopr qurilmalaridan foydalaniladi.
Aksincha, kam ish hajmli joylarda ekskvator yoki traktor bazasidagi
kopr qurilmalaridan foydalaniladi.
Kopr qurilmasi xartumining balandligi, yuk ko‘tarish qobiliyati,
manyovrli mobilliligi hisobga olinib jamlanadi.
Koprning talab etiladigan balandligi:
Nk=N
s
+1
m
+1
ex
+1 ±
h,
(2.35)
bu yerda: N
s
– qoziq uzunligi, m;
l
m
– qoqish qurilmasi uzunligi, m;
l
ex
– qoqish qurilmasining erkin harakatlanish yo‘li, m;
l – zaxira uzunlik, m;
h – qoziq qoqish sathi va kopr turish sathi o‘rtasidagi farq masofa,
m;
Qoziq qoqilganda o‘zining (gruntga kirgan qismi) hajmiga
barobar gruntni zichlaydi, atrofiga siqib chiqaradi. Bu vaqtda zich-
langan grunt diametri o‘rtacha qoziq diametriga nisbatan 2-3 martani
tashkil etadi (2.18-rasm, g).
Qoziqni qoqish (mexanik ta’sir bilan) usuli eng ko‘p amaliyotda
tarqalgan bo‘lib, unda qoziqning o‘tkirlangan uchi gruntga kiradi.
Natijada grunt zarrachalarini atrofga va qisman pastga siljitadi.
Qoziqni qoqishda sarflanadigan energiyaniтп miqdori ko‘p
faktorlarga bog‘liq: qoziqning o‘lchamlariga, gruntning qurilish
xossalariga, qoqish chuqurligi, qoqishning tuzilish ko‘rsatkichlari
va boshqalar qoziqni qoqish unumdorligiga ta’sir etadi. Granulametrik
tarkibi mayda donador zarralardan tashkil topgan gruntlarda qoziqni
qoqish osonroq, aksincha, bog‘lanmagan tarkibida yirik o‘lchamli
aralashmalar bor gruntlarda qiyinroq bo‘ladi.
Qoziq qoqishda birlik vaqt ichidagi zarbalar soni yoki qoziqni
gruntga kiritishni, o‘lchov o‘tkazish uchun bajarilgan zarbalar seriyasi
qoziq qoqish amaliyotida «garov» deb tushuniladi. Bir garovda
122
qoziqning botirilishi (yerga kirishi miqdori) «inkor» deyiladi. «Inkor»
miqdori bo‘yicha qoziqning tutib turish qobiliyati baholanadi.
Qoziq qoqishni amalga oshiradigan har xil tuzilmali bolg‘alar
mavjud. Ularning kiritish qobiliyatini xarakterlovchi asosiy ko‘r-
satkichlari bo‘lib, zarba berish qismining massasi va bir zarbaning
energiyasi hisoblanadi. Bu energiya jismning erkin tushish balandligi
va siqilgan havo, suv bug‘ining ta’siridan, yoqilg‘ining yonishidan
olinadigan qo‘shimcha energiyadan hosil bo‘ladi.
Qoziqni yuvib kiritish. Bu usul tegishli sharoitda yuqori ish
unumdorligi, qoziqni zararlamasligi va qoziq holatini oson boshqarish
bilan xarakterlanadi. Bu usulning qo‘llanish sharoiti yuqorida
ko‘rsatilgan. Qoziqni botirish uchun uning ichidan yoki tashqarisidan
suv yuborish uchun diametri 25–75 mm bo‘lgan po‘lat quvur
o‘rnatiladi. Po‘lat quvurlar qoziq bilan parallel bo‘ladi. Bu quvurlar
orqali qoziq uchiga bosimli suv yuboriladi. Quvurlarning uchiga
suv bosimi yig‘ib beruvchi uchlik o‘rnatiladi, uning suvni chiqarish
teshigining kesimi quvur kesimi yuzisiga nisbatan birmuncha kichik
bo‘ladi. Suv bosimi nasos yordamida hosil qilinadi. Bosim miqdori
0,4–0,6 MPa bo‘lishi lozim. Bog‘langan gruntlar uchun esa suv
bosimi 0,8–1,5 MPa ni tashkil etishi lozim.
Qoziq gruntni yuvilishi hisobiga oson kiradi, unda mexanik
zararlanishlar bo‘lmaydi. Qoziq yo‘nalishi vertikal holatdan o‘zgargan
taqdirda, uning atrofidagi quvurlar orqali suvning sarflanishini va
bosimini o‘zgartirish bilan qoziq holatini oson to‘g‘rilash mumkin
bo‘ladi. Ayrim holatlarda qoziqning tutib turish qobiliyatini oshirish
maqsadida, oxirgi 1,5-2 metr qismi zarbali qoqish usuli bilan kiritiladi.
Qoziqni ishlab chiqarishda quvursimon turlari ham bor. Bular
po‘lat quvurlar, quvur qobiqli va ichi bo‘sh temir-beton qoziqlardir.
Bunday tuzilishdagi qoziqlarni suv bilan gruntni yuvib kiritishda
uning ichki bo‘shlig‘idan bitta yuvish quvuri o‘rnatiladi va ishni
amalga oshiradi.
Qurilish amaliyotida suv bilan birga bosimli havo yuborish
tajribasi ham ma’lum. Bu qoziqning botirish tezligini birmuncha
123
oshiradi. U suvga nisbatan qattiq shag‘al va boshqa yirik aralashmali
gruntlarni ham yuva oladi.
Muallifning tik quduqlar tubini tozalashda o‘tkazgan tajribalari
ma’lumotlaridan ma’lumki, suv havo aralashmasi tarkibida o‘lchami
80-100 mm gacha bo‘lgan tosh jinslarni chiqara oladi. Aralashmaning
ko‘tarilish tezligi 4-5 m/s gacha yetadi. Ko‘rsatilgan tezlik yuqoridagi
jarayonni amalga oshirish uchun yetarli bo‘ladi.
Muallifning ishtirokida o‘lchami 32×32 sm bo‘lgan temir-
beton qoziqlar qoqib inshoot qurish amaliyoti Xorazm viloyati Xiva
tumanidagi Chanashik qishlog‘i hududida kanal ustidan o‘tkazilgan
suv o‘tkazish novi qurilishi amalga oshirilgan. Bu inshoot 30 yildan
oshiq ishlab turibdi. Bunda asos grunti mayda va o‘rtacha donador
qum bo‘lgan. Qoziqni kiritish tezligi 8 m/s gachani tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |