Nazorat savollari
1. Gidromelioratsiya qurilishida beton ishlarini bajarishning
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat ?
2. Gidromeliorativ beton nima? Uning xossalari va unga
qo‘yiladigan talablarni izohlab bering?
3. Beton tarkibini tashkil qiluvchi materiallar va ularga qo‘-
yiladigan asosiy talablar.
4. Noruda materiallar konlari, ularga ishlov berish texnologik
sxemalari.
5. Noruda materiallarni qayta ishlash texnologik sxemalari va
qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar to‘g‘risida tushuncha
bering?
6. Beton tayyorlash texnologik jarayonlari nimalardan ibo-rat?
7. Qanday turdagi beton qorgichlar bor va ular qanday sharoitlarda
qo‘llaniladi?
8. Qaysi turdagi beton zavodlarini bilasiz va ular qanday
sharoitlarda qo‘llaniladi?
9. Zamonaviy tipdagi beton zavodlarining texnologik kom-
ponovkalarini tushuntirib bering.
10. Beton qorishmasini tashish jarayoniga qo‘yiladigan asosiy
talablar qanday?
127
11. Uzoq masofalarga beton qorishmasini tashishni qanday
amalga oshirish mumkin?
12. Qanday sharoitlarda beton tashishda transportyorlar,
pnevmotransportlar? Ularning ishlash texnologik sxemalarini tuzib
bering?
13. Beton qorishmasini qurilish bloklariga yotqizish jarayonlari
nimalardan iborat?
14. Beton qorishmasini inshootga uzatishda qo‘llaniladigan
mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, ularning qo‘llanish
sharoitlari va ishlar bajarilish texnologik sxemalarini tushuntirib
bering.
15. Beton qorishmasini zichlash texnologik jarayonlari qanday
amalga oshiriladi? Betonni zichlash usullari, qo‘llaniladigan
qurilmalar, asbob-uskunalar, ularning ishlash sxemalari.
16. Beton tarkibiga metallkonstruksiyalarni qo‘shish natijasida
qanday asosiy maqsadlarga erishiladi?
17. Armatura ishlari tarkibi nimalardan iborat?
18. Metallkonstruksiyalarning tayyorlash jarayonlarini aytib
bering.
19. Qolip nima? Uning beton ishlarini bajarishdagi ahamiyati.
20. Qoliplar turlari, qo‘llanish sharoitlari va ularga qo‘yiladigan
talablar.
21. Betonni parvarishlashdan maqsad nima?
22. Betonning sifatini nazorat qilish, kamchiliklarini aniqlash va
ularni tuzatish bo‘yicha tadbirlarni aytib bering.
23. Sovuq iqlim sharoitida beton ishlarini bajarishning o‘ziga xos
qanday xususiyatlari bor va qanday qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi?
24. Issiq iqlim sharoitida beton ishlarini bajarishdagi muam-
molar va ularni qanday bartaraf qilish yo‘llarini bilasiz?
128
Do'stlaringiz bilan baham: |