Gidromeliorativ


Har xil sharoitli joylarda qoziq ishlarini bajarish



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Har xil sharoitli joylarda qoziq ishlarini bajarish
Qoziq ishlarini quruq joyda yoki suv bosgan joyda bajarishga 
to‘g‘ri  keladi.  Birinchi  holatda,  qoziq  ishlari  bajariladigan  joy 
mexanizmlarini erkin harakatlanish uchun tekislangan bo‘lishi lozim. 
Agarda tekislash ishlarini bajarish imkoniyati bo‘lmasa, bunday 
holatda vaqtinchalik qoziqlarga yoki taxlangan shpallarga o‘rnatilgan 
ko‘priklardan foydalaniladi.
Bunday inshootlarning tuzilishini jihozlarining og‘irlik kuchini 
hisobga olib bajariladi.
Ikkinchi holatda pioner usulidan foydalaniladi. Bunda suzuvchi 
koprlardan yoki chuqur bo‘lmagan joylarda vaqtinchalik xarraklar, 
vaqtinchalik qoziqlardan foydalanib ish bajariladi. Qalin muz qatlami 
bor joylarda esa muz ustida yurib ish bajariladi.
Kopr  alohida  yo‘l  qismlari  bo‘lgan  chana  yoki  relsda  ha-
rakatlanishi mumkin. Bunday holatda qoqilgan qoziq ustiga ko‘chma 
yo‘l yotqiziladi. Koprning I uchastkada ishini bajarish davomida 
navbatdagi uchastkada, I uchastkadagidek ish olib boriladi (II holat). 
I uchastkadagi yo‘l qismi ko‘chirilib III qismiga o‘tkaziladi va shu 
tartibda ish davom ettiriladi.
Kopr navbatdagi qatorga o‘tishi uchun domkratlarda ko‘tariladi 
va ko‘ndalang yo‘lning navbatdagi zvenosi joylashtiriladi. (IV holat), 
kopr g‘ildraklari 90° ga buriladi, ko‘ndalang yo‘lga tushiriladi va 
ikkinchi qatorga qo‘shiladi. Bu yerda: teskari ketma-ketlikda, kopr 


125
yangi qoziqlar qatori bo‘yicha yo‘l zvenosining tayyorgarligiga 
o‘tadi. Bu yerda: kopr teskari ketma-ketlikda, yo‘lning tayyorlangan 
qoziqlarining yangi qatori joylashtirilgan qismiga o‘tkaziladi.
K
oprni bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga uzliksiz o‘tkazish mumkin. 
Buning uchun temir yo‘ldan foydalaniladi. Bundan tashqari to‘g‘ri 
burchak ostida joylashtirilgan aravalarda ham koprni joylashtirish 
mumkin bo‘ladi. Arava temir yo‘lda harakatlanadi, kopr bir qatordan 
ikkinchi qatorga rels bo‘yicha harakatlanadi, u esa birinchi arava 
platformasiga joylashtirilgan.
Qoziqlar maydonini hosil qilish uchun kopr rasmda ko‘r-
satilgani kabi harakatlanadi. Yog‘ochli shpunt to‘siqlar qatori-
ni hosil qilish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi 
navbatda,  mayoq  qoziqlar  qoqiladi.  U  bilan  butun  qatorlar 
yo‘nalishi aniqlanadi. Mayoq qoziqlarga ikkita parallel ushlab 
turuvchi yog‘och bruslar mahkamlanadi.
Yog‘och shpuntlar bo‘rtig‘ini oldinga qilib botiriladi. Aks holda, 
ularning pazi (o‘yig‘i) grunt bilan to‘lib qoladi, uni keyingi shpunt 
bo‘rtig‘i bilan chiqarish qiyin bo‘ladi. Bu zichlikka qo‘yiladigan 
talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shpuntlarning zich bo‘lishi uchun boshqa 
usullardan ham foydalaniladi.
Po‘lat shpuntlar ham to‘g‘ri uchastkalarda yo‘naltiruvchi brus- 
lariga botiriladi. Vaqtinchalik qoziqli inshootlarni yoki noto‘g‘ri 
qoqilgan qoziqlarni to‘g‘rilash kerak bo‘lsa, uni sug‘irib olinadi. 
Buning uchun juda katta kuch kerak bo‘ladi, chunki qoziqqa uning 
atrof grunti qarshilik ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, mayda donador grunt 
larda ko‘p bo‘ladi. Metall qoziqlarda zanglash (korroziya) jarayoni 
sodir bo‘ladi.
Bu esa atrof grunti bilan bog‘lanishini kuchaytiradi. Agarda qoziq 
alohida va katta bo‘lmagan o‘lchamda bo‘lsa, uni pishang, domkrat, 
lebedka, kran kabi moslama va mexanizmlar bilan bajarsa, ya’ni 
sug‘urib olsa bo‘ladi.


126
Qurilish amaliyotida maxsus qoziq sug‘irgichlar ishlab chi-
qarilgan  va  qo‘llaniladi.  Ular  tuzilishi  bo‘yicha  paropnevmatik 
bolg‘alarga o‘xshaydi. Qoziqni sug‘irish uchun uni ichki arma-
turalariga yoki bo‘lmasa xomutlarga ulab ishlatiladi.
Qoziqni sug‘irishdan oldin uni ozgina, 2-5 sm qoqiladi. Bunda 
qoziqning grunt bilan yopishgan joylardagi kuch uziladi, so‘ng qoziq 
sug‘irgichni ulab sug‘irish amalga oshiriladi.
Qoziq sug‘irish amaliyotida titratish usuli, ayniqsa, metall qoziq- 
larda keng tarqalgan. Buning uchun qoziq qoqishda mo‘ljallangan 
titratkichni kranblokka osib, uni ko‘tarish mexanizmi bilan ko‘tarib 
turiladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish