Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

2.7. Montaj ishlari. 
Gidromelioratsiya qurilishida yig‘ma temir-beton 
 
qo‘llanishi va ahamiyati
Yig‘ma temir-beton jihozlari va konstruksiyalarining gidro-
melioratsiya qurilishida qo‘llanishi, inshootlar tiklanish jarayonlari 
industrializatsiyasini oshirish mehnat sarflanishini kamaytirish va 
qurilish jarayoni davomiyligi qisqarishiga olib keladi. Gidromeliora-
tsiya inshootlari qurilishida yig‘ma temir-beton hajmi umumiy beton 
ishlari hajmining 10-12 % gacha tashkil etishi mumkin. Bunga sabab, 
gidromelioratsiya inshootlari konstruksiyalari individual xarakterga 
ega va shu sababli temir-beton jihozlarini zavodlar sharoitida katta 
miqdorda tayyorlash, texnik-iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi.
Yig‘ma  monolit  konstruksiyalar  -  bu  bir  necha  temir-beton 
elementlarining yig‘ilishi natijasida inshootning tashqi sirtini hosil 
qiluvchi konstruksiyalardir. Ushbu elementlarni tayyorlashda, ularga 
qisman yoki to‘liq ishchi armaturalar o‘rnatiladi. Gidromelioratsiya 
inshootlari  konstruksiyalarining  yig‘ma-monolit  elementlariga 
quyidagilar kiradi:
–  suv o‘tkazuvchi; suv olib ketuvchi; suv olib keluvchi in-
 
shootlar;  so‘ruvchi  quvurlar;  spiral  kameralar;  suv  o‘tkazish
 
galereyalari  qoplamalari;  beton  to‘g‘onlarning  ayrim  element-
 
lari.  Yuqorida  nomlari  qayd  etilgan  elementlarning  eng  katta
 
o‘lchamlari 10 m gacha va og‘irligi 20 t dan oshmaydi;


114
–  gidroelektrostansiyalardagi  shaxta  quvurlarning  suv
 
oqadigan  buralish  qismlaridagi  egri  chiziq  shaklidagi,  og‘irligi
 
25 t gacha bo‘lgan plitalar;
– gidromelioratsiya inshootlaridagi ishchi va zaxira zatvorlarning 
maxsus qurilmalarini o‘rnatish uchun balandligi 6 m gacha, og‘irligi 
25 t va undan ortiq bo‘lgan P - shaklidagi kesimga ega bo‘lgan ustun 
va pazlar konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan elementlar;
– og‘irligi 10 t dan 25 t gacha tarkibida ishchi armaturalari 
bo‘lgan turli xil plitalar va bloklar ko‘rinishidagi, armatura-qolip 
konstruksiyali devorlar;
– og‘irligi 5 t dan 10 t gacha bo‘lgan turli xil bloklar va plita-
lar ko‘rinishidagi, inshoot bloklari oralariga mo‘ljallangan beton va 
temir-beton qoliplar elementlari.
So‘rish  quvurlarini,  yig‘ma-monolit  qoplamalarini  balkalar 
yordamida qoplanganda, asosan, ko‘ndalang armaturalar hisobi ino- 
batga olinadi
Setka (to‘r) shaklidagi bo‘ylama armaturalar balkalar ustiga 
o‘rnatiladi va shundan so‘ng monolit beton bilan birinchi yarus 
qoplamasi  quriladi.  Birinchi  yarus  betoni  qotgandan  so‘ng,  ik- 
kinchi yarus betoni yotqiziladi. Qoplamalar uchun balkalar, asosan, 
qurilish maydonidagi poligonlarda tayyorlanadi va maxsus transport 
vositalarida inshootga olib kelinib, kranlar yordamida yig‘iladi.
Inshootning  vertikal  qismlarida  armatura-qolip  panellardan 
foydalaniladi. Ular, asosan, ishchi va tarqatuvchi armaturalar bilan 
jihozlangan, sirti silliq, qalinligi 10-20 sm bo‘lgan yig‘ma temir-
beton plitalardan iborat. Bunday yig‘ma temir-beton konstruksiya 
va elementlarini qo‘llashning yana bir foydali tomoni qo‘shimcha 
ravishda qoliplash ishlarini bajarish zaruriyati bo‘lmaydi.
Gidromeliorativ inshootlarning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan, 
zatvorlar o‘rnatiladigan va ularning ish jarayonini ta’minlovchi 
konstruksiyalari pazlar o‘rnatilgan va ishlov berilgan maxsus ustunlar 
shaklida quriladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish