Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish


< 3 bo‘lsa, betonlashtiriladigan blok qalin, 

= 3–5 
bo‘lsa, o‘rtacha va 

> 5 bo‘lsa, yupqa konstruksiyalar deb qabul 
qilinadi.
Qalin bloklarni betonlashtirishda, beton qorishmasini tayyorlash 
jarayonida boshlang‘ich materiallarni belgilangan darajada qizdi- 
rishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin. O‘rtacha va yupqa konstruk 
siyalarni betonlashtirishda esa keyingi jarayonlarda ham bir qator 
tadbirlar o‘tkazilishi zarur bo‘ladi.
Suv  xo‘jaligida  keng  ko‘lamda  qo‘llaniladigan,  portlandse-
ment, shlakoportlandsement, putssolin va tezqotuvchan portland-
sementlardan  tayyorlanadigan  gidromeliorativ  betonlarni 
tayyorlashda betonqorgichlardan chiqadigan tayyor qorishmaning 
harorati  ±  30...+35  °C  dan  oshmasligi  kerak.  Buning  uchun 
qorishmani tayyorlashda qo‘llaniladigan suv harorati +60...+80 °C 
atrofida bo‘lishi lozim va betonqorgichga materiallarni yuklash, 
ularni aralashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab bir 
vaqtning o‘zida belgilangan suv miqdorining yarmi betonqorgichga 
quyilib, yirik to‘ldiruchilar bilan baraban bir necha marta aylantirilib 


112
(bunda suv harorati ancha pasayadi), mayda to‘ldiruvchilar va sement 
qo‘shiladi. Tayyorlangan qorishmaning harorati yuqorida keltirilgan 
miqdorda (+30...+35 °C) chegaralanishi bir qator zaruriyatlar bilan 
bog‘liqdir. Ya’ni, yuqori harorat sement qotish jarayonini keskin 
tezlashtirishi, qorishmaning quyuqlashishi, uning tanasidan issiqlik 
chiqishining tezlashishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qish davrida beton qorishmasini tayyorlash jarayonida muz- 
lashga qarshi maxsus kimyoviy qo‘shimchalar qo‘llanilsa, keyingi 
jarayonlarda  betonni  isitish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qo‘shimcha 
tadbirlarni o‘tkazmaslik imkoniyatlari tug‘ilishi mumkin.
Bunday qo‘shimchalar sifatida turli xil tuzlar ishlatilishi mum- 
kin va asosiy talab – ular beton va metall konstruksiyalari sifat 
ko‘rsatkichlariga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatmasliklari  kerak.  Qurilish 
amaliyotida, asosan, quyidagi qo‘shimchalar qo‘llaniladi: nitrat-kalsiy 
- Ca (NO
3
)
2
; nitrat-nitrat-kalsiy – Ca (NO
2
)
2
+Ca (NO
3
)
2
; natriy-xlor – 
NaC
l
; kalsiy-xlor - CaC
l
; portash – K
2
SO
3
; nitrit-natriy – NaNO
2
 va b.
Qo‘llaniladigan qo‘shimcha turi va miqdori, tashqi muhit sharoiti, 
quriladigan konstruksiya turi va boshqa bir qator omillarni inobatga 
olgan holda, maxsus qurilish laboratoriyasida aniqlanadi.
Xlor tuzli qo‘shimchalar metall konstruksiyalarining korroziyaga 
uchrashini kuchaytiradi va shuning uchun, ularni armaturasiz bloklarni 
betonlashtirishda  qo‘llanilishi  tavsiya  qilinadi.  Qolgan  turdagi 
qo‘shimchalar  metall  konstruksiyali  bloklarni  betonlashtirishda 
qo‘llanilishi  mumkin,  faqat  ularning  miqdori  maxsus  me’yoriy 
hujjatlarda belgilangan darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Mahalliy sharoitlarda (oddiy holatlarda), beton ishlari hajmi katta 
bo‘lmaganda, beton sirtini (yuzasini) yog‘och qipiqlari yoki issiqlikni 
ushlovchi materiallar bilan qoplash ham qo‘l kelishi mumkin.
Umuman  olganda,  qish  davrida  beton  ishlarini  bajarishda, 
betonlashtirilgan  qurilish  bloklarining  harorati  0  °C  da  tushib 
ketmasligiga va, shu bilan birga, uning me’yoridan ortiq qizdirilib 
yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bloklardagi beton harorati 
maxsus  texnik  harorat  o‘lchagichlarda  (termometrlarda),  beton 


113
tanasida qilingan va doimo qopqoq bilan berkitilib qo‘yiladigan 
maxsus quduqchalarda o‘lchanib turiladi. O‘lchashlar va nazorat qilib 
turish tartibi konkret sharoitga qarab belgilanadi.
Qish  davrida  beton  ishlarini  bajrishdagi  barcha  jarayonlar, 
o‘zining  murakkabligi,  ko‘p  mehnat  sarflanishini  talab  qilishi 
va  yuqori  narxliligi  bilan  xarakterlanadi.  Shu  sababli,  qurilish 
jarayonida ko‘zda tutilgan beton ishlarining asosiy qismini iliq iqlim 
mavsumlarida bajarish rejalashtirilsa maqsadga muvofi q bo‘ladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish