Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Avtobetonqorgich:
1 – kabina; 2 – suv uchun bak; 3 – baraban aralashtirgich; 
 
4 – yuklash – to‘kish qurilmasi; 5 – rama; 6 – nazorat-o‘lchov 
asboblari paneli; 7 – baraban aralashtirgichning boshqarish qurilmasi;
Avtobetonqorgichlardan foydalanilganda beton qorishmasini 
yetkazishning ikki xil usuli mavjud. Birinchi usulda – avtobeton-
qorgichga maxsus zavodda kerakli miqdorda qadoq langan yirik, 
mayda to‘ldiruvchilar va sement yuklanadi. Suv va boshqa suyuq 
qo‘shimchalar aralashtirilmaydi. Bunday holatda aralashmani istalgan 
uzoq masofaga tashish mumkin va belgilangan joyga yetib kelgandan 


97
so‘ng, mashinada o‘rnatilgan maxsus idishdagi (bak) suv yordamida 
aralashma qorilib, yotqizilish joyig‘a uzatiladi. Ikkinchi usulda – av-
tobetonqorgichga tayyor beton qorishmasi yuklanadi va belgilangan 
obyektga  olib  boriladi.  Tashish  masofasi  uzoqligiga,  qorishma 
konsistensiyasiga, qovushqoqligiga bog‘liq holda, harakatlanish 
jarayonida davriy ravishda yoki obyektga yetib kelingandan so‘ng 
beton qorishmasi ma’lum vaqt aralashtirilib inshoot ga uzatiladi.
Shuni  qayd  qilish  kerakki,  avtobetonqorgichlarning  asosiy 
kamchiliklaridan biri – bu ularni qo‘llashda mehnat sarflari nisbatan 
yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ishlab chiqarish unumdorliklari boshqa 
turdagi avtomobil transportlariga qaraganda ancha past bo‘ladi.
Badyalarga yuklangan beton qorishmasini vertikal va gorizontal 
masofalar bo‘yicha inshoot qismlariga yetkazishda turli xil turdagi 
ko‘tarma kranlar qo‘llaniladi.
Beton  qorishmasini  uzatish  jarayonida  badyaning  og‘irligi 
betonning taxminan 15-30 % ini tashkil qilishini inobatga olsak, 
K’=0,7...0,85 ga teng bo‘lishi mumkin. Kranning bir sikl ish jarayoni 
davomiyligi uning gabarit o‘lchamlari va yuk ko‘tarish qobiliyatiga 
bog‘liq. Yuk ko‘tarish qobiliyati 2 t gacha bo‘lganda kranlar bir sikl 
jarayoni 3-4 daqiqa, 5 t gacha bo‘lganda 4-6 da-qiqa va 5 t dan ortiq 
bo‘lganda 10 daqiqadan ortiq bo‘ladi.
Zamonaviy yuk ko‘tarish texnikalari sifatida “Libxerr” firma-
sining LTM rusumli avtomobil kranlari qo‘llanilishi tavsi-ya qilinadi. 
Ularning yuk ko‘tarish qobiliyati 80 t gacha bo‘lib, hartumining 
uzunligi 226 m va yuk uzatish qobiliyati 165 m gacha yetadi. Bunday 
kranlarning oxirgi avlodlari “LICCON” kompyuter tizimlari bilan 
jihozlangan.
Suv xo‘jaligining yirik obyektlari qurilishning maxsus qism-
larini betonlashtirish jarayonida temir yo‘l transportlaridan ham 
foydalanishni tashkil qilish mumkin. Ya’ni bunda maxsus temir 
yo‘llar qurilib, bir tomondan, beton tayyorlash xo‘jaligiga, ikkinchi 
tomondan esa betonlashtiriladigan zona bilan tutashtiriladi. Beton qo 
rishmasi maxsus har xil sig‘imdagi vagonchalarda tashiladi. Shuni 


98
qayd qilish kerakki, bunday turdagi transport turi boshqa transport 
turlariga nisbatan texnik-iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi va 
shu sababli qo‘llanish doirasi keskin chegaralangan.
Shuningdek,  ba’zi  hollarda  kranlar  va  boshqa  turdagi  me-
xanizmlar ishlashiga imkoniyat bo‘lmagan sharoitlarda konveyer 
transportlari, ya’ni lentali transportyorlar qo‘llanilishi mumkin. 
Ayniqsa, gidroelektrostansiyalar mashina zallarining ichki kons- 
truksiyalarini ko‘rishda statsionar yoki ko‘chma lentali transpor- 
tyorlar qo‘llanilsa, texnik-iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi mum- 
kin. Lentali tarnsportyorlar bir necha zvenolardan tashkil topishi 
mumkin va har bir zveno uzunligi 40, 80 m, hatto 240 m gacha 
yetishi mumkin. Bunday transport vositalari tizimiga magistral, 
tarqatuvchi transportyorlar va tayanch estakadalar, bunkerlar, xobotlar 
va boshqa qurilmalar kirishi mumkin. Lentali transportyorlar uzluksiz 
ishlagani bois ularning ish unumdorliklari ancha yuqori bo‘ladi. 
Lentalar harakatlanish tezligi 1 m/s dan kam bo‘lishi tavsiya qilinadi, 
chunki undan yuqori bo‘lsa, beton qorishmasi strukturasi buzilishiga 
olib kelishi mumkin. Umuman olganda, konveyer transporti ham 
yuqori darajada mehnat sarfini talab qiladi va keyingi yillarda uning 
qo‘llanilish darajasi ancha pasayganligi kuzatilmoqda.
O‘ta murakkab sharoitlarda kranlar va lentali transportyorlar 
qo‘llanilish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda betonnasoslar yoki 
pnevmatik transport vositalari qo‘llanilishi mumkin. Beton nasos- 
lar yordamida beton qorishmasini vertikal yo‘nalish bo‘yicha 50 m 
gacha, gorizontal yo‘nalishda 400 m masofagacha transport qilish 
mumkin. Beton nasosning asosiy ishchi organi beton qorishmasi 
haydaladigan quvur bo‘lib, uzunligi 0,3–1,5 m bo‘lgan zvenolardan 
tashkil topadi. Betonnasoslar transport vositasi sifatida quyidagi 
ustunliklarga ega: beton qorishmasini uzluksiz transport qilinishi 
bois, yuqori ish unumdorligiga egaligi; transport qilish jarayonida 
beton qorishmasi strukturasi va konsistensiyasi o‘zgarmasligi va 


99
yo‘qolishlar bo‘lmasligi. Bunday turdagi transport vositalarining 
kamchiliklari esa tashiladigan beton qorishmasiga bir qator alohida 
talablar  qo‘yilishidadir. Ya’ni  qorishmaning  qo‘zg‘aluvchanligi 
(konus cho‘kishi) 8...12 sm dan kam bo‘lmasligi, yirik to‘ldiruvchilar 
o‘lchamlari, asosan, d < 40 mm bo‘lish talab qilinadi.
Shuningdek, beton qorishmasi yotqizilish joyida quvurlar orqali 
siqilgan havo yordamida pnevmotransport qilib yetkazilishi mum- 
kin. Transportning bu turida ham betonnasoslar kabi o‘ziga xos 
ustunliklari va ayrim kamchiliklar mavjud. Pnevmotransportlarning 
beton  nasoslardan  asosiy  farqi  shundaki,  qurilma  va  asbob-
uskunalarning oddiyligi va ishonchliligidadir. Tayyor beton qorish- 
masi pnevmatik qurilmaga shlyuz-kamera orqali yuklanadi va shu 
tariqa qorishma tarkibiga ortiqcha havo kirishining oldi olinadi. 
Pnev- matik qurilmalar 0,6 MPa dan yuqori havo bosimida ishlaydi 
va qorishmani gorizontal bo‘yicha 200 m masofagacha va vertikal 
bo‘yicha 35 m balandlikkacha transport qilishga erishiladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish