Gidromeliorativ


Beton qorishmasini tashish ishlari



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Beton qorishmasini tashish ishlari
Belgilangan  texnologik  qoidalarga  rioya  qilgan  holda  tay-
yorlangan beton qorishmasi hajmi bo‘yicha bir jinslilik, ma’lum 
qovushqoqlik  va  boshqa  bir  qator  xususiyatlarga  ega  bo‘ladi. 
qorishmani qurilish jarayonida belgilangan joyga olib borish, ma’lum 
bir turdagi transport vositasida amalga oshirila-di. Transport vositasiga 
qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – bu qorishmaning qotish jarayoni 
boshlangunga qadar (gidratatsiya jarayoni boshlanishi) uni kerakli 
manzilga yetkazib berishdan iboratdir.
Beton qorishmasini tashish jarayoni uchun transport vositasini 
tanlashda, birinchi navbatda, qurilayotgan obyektning quyidagi 
sharoitlari inobatga olinadi: beton ishlari hajmi va davomiyligi; 
qorishmani  tashish  masofasi;  betonlashtiriladigan  inshootning 
barcha o‘lchamlari va beton tashish jarayonining texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari (transport vositalari ish unumdorliklari, harakatlanish 
tezligi, tashish ishlari solishtirma narhi va h.k.). Shuningdek, tashish 
jarayonida beton qorishmasining bir jinslilik bo‘yicha strukturasi va 
konsistensiyasi dastlabki holatida saqlanishi jiddiy ravishda talab 
qilinadi.
Umuman olganda, qurilish jarayonida beton qorishmasini ta-
shish uchun turli xil transport vositalari – avtomobil, temir yo‘l, 
pnevmoqurilmalar, konveyerlar va kranlar qo‘llaniladi. Bajaradigan 
funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularni asosiy va qo‘shimcha transport 
vositalariga ajratish mumkin. Ko‘pchilik holatlarda, avtomobil va 


91
temir yo‘llar – asosiy, konveyer va pnev motransportlar – asosiy yoki 
qo‘shimcha va kranlar asosan qo‘shimcha transport vositalari sifatida 
xizmat qiladi.
Beton qorishmasini tashish masofasi bir qator omillarni ino-
batga olgan holda qotish jarayonini chegaralashi mumkin. Birinchi 
navbatda, qorishmaning qotish jarayoni boshlanguncha bo‘lgan vaqt 
aniq belgilanishi kerak. Gidromeliorativ betonlar uchun yuqorida 
bayon qilingan vaqt qotishma tarkibidagi sement faolligi, konus 
cho‘kish ko‘rsatkichi va tashqi muhit harorati kabi omillarga bog‘liq 
ravishda, 1...1,5 soatni tashkil qilishi mumkin. Shu bois ma’lum bir 
joyda faoliyat ko‘rsatadigan beton tayyorlash korxonasining mahsulot 
bilan ta’minlash zonasi radiusi quyidagicha aniqlanadi.
R = ʋ
T
 · t; km                                (2.28)
Bu yerda: ʋ
T
 – beton qorishmasini tashishning hisobiy tezligi, 
km/soat;
t – qorishmani tashish jarayonida bo‘lishiga ruxsat etiladigan 
vaqt; soat.
Asosiy transport vositalaridan beton qorishmasini qabul qilib 
olish va uni qo‘shimcha transport vositasi sifatida qabul qilingan 
kranlar yordamida inshoot qismlariga (bloklariga) uzatish jarayonida  
maxsus idishlar, ya’ni badyalar qo‘llaniladi.
Qurilish jarayonida juda keng ko‘lamda buraladigan kovsh-
badyalar (3.6-rasm) qo‘llaniladi. Transport vositasidan beton qorish 
masini bunday badyalarga ag‘darishda, ular yotqizilgan holatda 
bo‘ladi va kran yordamida ko‘tarilganda badyalar vertikal holatga 
keladi. Qorishmani to‘kish esa badyaning tub qismida joylashgan 
teshikdan maxsus jihozlangan qurilma orqali amalga oshiriladi.
Qurilish amaliyotida qo‘llaniladigan badyalarning asosiy ko‘r- 
satkichlari - sig‘imlari bo‘lib, ular 0,35 m
3
 dan 8 m
3
 gacha bo‘lishi 
mumkin. Yuk ko‘tarish vositalari uchun qulay bo‘lgan kovsh-badya- 
larning foydali sig‘imlari 0,8...1,6 m
3
 hisoblanadi.
Badyalarning  og‘irligi,  ularning  foydali  sig‘imlariga  joyla-
nadigan beton qorishmasi og‘irligining 20...30 % ini tashkil etadi. 
Shu bois yuk ko‘tarish vositasini tanlashda badyaning ham og‘irligi 
(massasi), albatta, inobatga olinishi kerak.


92
Ma’lumki, qurilish jarayonida yuk tashish ishlarining aksariyat 
qismi avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Shu jumladan, 
beton qorishmasini tashishda ham ushbu transport vositasi texnik-
iqtisodiy jihatdan ancha samarali hisoblanadi. Ammo, shuni qayd 
qilish kerakki, beton tashish jarayonida bunday transport vositalari 
qo‘llanilganda, ular harakatlanadigan yo‘llarga ham qo‘shimcha 
ravishda alohida talablar qo‘yiladi. Yo‘llarning notekis, o‘nqir-
cho‘nqir bo‘lishi transport vositasining me’yoridan ortiqcha silkinib 
harakatlanishiga olib keladi va bu holat, o‘z navbatida, tashilayotgan 
beton qorishmasi strukturasi, konsistensiyasi o‘zgarishiga, betonning 
asosiy sifat ko‘rsatkichlari pasayishiga sabab bo‘ladi.
2.15-rasm. 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish