Gidromeliorativ


Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi
Qurilishda  qo‘llaniladigan  juda  ko‘p  materiallardan  beton 
qorishmasining asosiy farqi shundaki, uni oldindan zaxira sifatida 
tayyorlab qo‘yish va uzoq masofalarga tashish imkoniyatlari yo‘q. 
Qorishma tayyorlangandan so‘ng, gidrotatsiya, ya’ni qotish jarayoni 
boshlanguncha, u kerakli joyga yetkazilib, yotqizilib va zichlanishi 
talab qilinadi. Shu sababli ko‘pchilik holatlarda beton qorishmasini 
bevosita qurilish maydonida yoki unga yaqin masofada tayyorlash 
tashkil qilinadi.
Beton qorishmasini tayyorlash jarayonlari quyidagilardan iborat: 
materiallarni omborlardan tashish; ularni qadoqlash; beton-qorgichga 


84
yuklash;  aralashtirish;  tayyor  mahsulotni  transport  vositasiga 
ag‘darish.
Yuqorida qayd qilingan jarayonlar orasida yetakchisi – bu qorish 
mani aralashtirish bo‘lib, uni turli xil tipdagi va konstruksiyadagi 
betonqorgichlarda amalga oshiriladi.
Qo‘llaniladigan  uskunalarga  bog‘liq  ravishda  qorishmani 
tayyorlash  jarayoni  davriy  (davriy  harakatlanuvchi  beton-
qorgichlardan foydalanilganda) yoki uzluksiz (uzluksiz ishlaydigan 
beton  qorgichlar  bilan)  bo‘lishi  mumkin.  Har  ikkala  holatda 
ham  materiallar  betonqorgichlarni  oddiy  aylantirish  bilan  yoki 
betonqor gichlarda o‘rnatiladigan harakatlanuvchi parraklar bilan 
qo‘zg‘atib aralashtirilishi mumkin. Ikkinchi usul, asosan, quyuq-
qattiq beton qorishmalarini tayyorlashda qo‘llanilib, bunda yirik 
to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari qat’iy chegaralangan bo‘ladi, ya’ni 
shag‘al yoki chaqiq toshlarning yirikligi 70 mm dan oshmasligi shart.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi qurilishlarida gravitatsion 
barabanli, davriy harakatlanuvchi betonqorgichlar keng tarqalgan 
bo‘lib, ular uchun yirik to‘ldiruvchilar o‘lchamlari 70...150 mm 
gacha bo‘lishi mumkin. Agar juda qattiq bo‘lgan beton qorishmalari 
tayyorlashga to‘g‘ri kelsa, maxsus titratma qorgichlar qo‘llanilishi 
tavsiya qilinadi.
Davriy  harakatlanuvchan  betonqorgichlarning  asosiy  ishchi 
parametri, ular barabanlarining sig‘imi hisoblanadi. Barabanlarning 
quyidagi sig‘imlari belgilanadi: geometrik V
g
, yuklanish bo‘yicha V
yuk
 
va beton qorishmasi chiqishi V
chiq
 bo‘yicha.
Barabanning  yuklanish  bo‘yicha  sig‘imi  bir  marta  tayyor-
lanadigan  qorishma  uchun  yuklanadigan  materiallar  hajmlari 
yig‘indisi bilan xarakterlanadi va u geometrik sig‘imning atigi 25...40 
%ni tashkil qiladi. Barabanga yuklangan materiallarni aralashtirish 
jarayonida yirik to‘ldiruvchilar donalari orasidagi bo‘shliqni mayda 
to‘ldiruvchilar, sement zarrachalarini egallashi natijasida zichla- 
shish yuzaga keladi va tayyor qorishmaning hajmi V
chiq
 V
yuk
 ga 
nisbatan kichik bo‘ladi. Amaliyotda V
chiq
 ning V
yuk
 ga nisbatini beton 


85
qorishmasining chiqish koeffitsiyenti K
chiq
 bilan belgilanadi. Nazariy 
jihatdan olganda K
chiq
 
quyidagicha aniqlash mumkin:
 
(2.24)
Bu yerda: 
Sh, K, S – 
1 m
3
 beton tarkibiga belgilangan me’yor 
bo‘yicha qo‘shiladigan shag‘al (chaqiq tosh), qum va sement miqdori, 
kg yoki t; γ
sh
, γ
k
, γ
ts
 – shag‘al (chaqiq tosh), qum va sementning 
o‘rtacha zichligi, kg/m
3
 yoki t /m
3
.
Amaliyotda ko‘pchilik hollarda gidromeliorativ og‘ir betonlar 
uchun  chiqish  koeffi  tsiyenti 
K
chiq
=0,65...0,75  atrofida  bo‘lishi 
mumkin. Tayyorlanadigan beton qorishmalari belgilangan ±1 sm 
aniqlikdagi qovushqoqlikka, ±3 % aniqlikdagi zichlikka ega bo‘lishi 
va shu bilan birga, uni tashkil qiluvchilar bir maromda aralashgan 
bo‘lishi kerak.
Asosiy texnologik jarayonlardan biri - bu qorishmani aralash 
tirish davomiyligi bo‘lib, u betonqorgich barabani sig‘im o‘lchamiga 
va belgilangan betonqorishmasi quyuqligiga bog‘liqdir.
Qorishmani aralashtirish davomiyligi me’yoridan kamaytirilsa, 
betonning yakuniy mustahkamligi keskin kamayadi.
Quyuqlik darajasi yuqori bo‘lgan beton qorishmalarini ara-
lashtirish davomiyligi nazariy me’yorlarga nisbatan amalda kamida 
30 %dan oshirilishi lozim. Shuningdek, o‘z navbatida, aralashtirish 
davomiyligi haddan tashqari cho‘zilib ketsa ham, to‘ldiruvchilar 
zarrachalari, o‘zaro ishqalanish natijasida, silliqlanish mumkin. 
Bunday holat ham beton sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasini tayyorlashda, materiallarni qadoqlash jarayoni 
og‘irlik, hajmiy yoki kombinatsiyalashgan usullarda amalga oshiriladi. 
Og‘irlik usuliga nisbatan ko‘p qo‘llanilib, unda aniqlik darajasi ±1...2 
% ni tashkil qiladi. Hajmiy usul (aniqligi ±3...5 %), ishlab chiqarish 
quvvati  kichiq  bo‘lgan  va  maxsus  qadoqlash  uskunalariga  ega 
bo‘lmagan betonqorgich qurulmalarida qo‘llaniladi. Ammo, bunday 
sharoitlarda ham sement og‘irligi bo‘yicha qadoqlanishi tavsiya 


86
qilinadi. Yirik va mayda to‘ldiruvchilarni qadoqlash jarayonida, 
ularning namlik darajasiga ham alohida e’tibor qaratilishi va shunga 
bog‘liq ravishda aralashma tarkibiga qo‘shiladigan suv miqdorini 
belgilash kerak.
Bir martada tayyorlanadigan beton qorishmasi uchun (miqdori, 
asosan, betonqorgichlar parametrlariga bog‘liq) materiallarning 
kerakli miqdori quyidagi nisbatlar orqali aniqlanishi mumkin:
- og‘irlik usulida qadoqlashda:
 
(2.25)
- hajmiy usulda qadoqlashda:

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish