Beton qorishmalari uchun badyalar.
a – ag‘dariladigan; b – ag‘darilmaydigan, ikki zatvorli;
d – ag‘darilmaydigan rolik zatvorli; e – beton qorishmasi solingan
badyanirng dastlabki holati; f – kran yordamida ko‘tarilgan holati.
1 – zatvor; 2 – tashqi titratkich.
93
Bunday turdagi transport vositalari sifatida – bortli avtomobillar,
o‘ziag‘dargich avtomobillar (avtosamosvallar) va avtobe-
tonqorgichlar qo‘llaniladi. Qurilish amaliyotidan kelib chiqqan
holda va betonning bir qator xossalari inobatga olinganda, bir marta
tashiladigan beton qorishmasi hajmi 1...5 m
3
oralig‘ida bo‘lishi
tavsiya qilinadi.
Avtotransport vositalari ichida ham o‘ziag‘dargich (avtosa-
mosvallar) avtomobillar nisbatan ish jarayoni uchun qulay hi-
soblanadi. Ya’ni ularning yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan yuqori
darajada foydalanish mumkinligi, ishchi organiga qo‘shimcha
ravishda asbob-uskuna o‘rnatishga ehtiyoj yo‘qligidir.
Bundan tashqari, zarur sharoitlarda avtosamosvallardan boshqa
turdagi qurilish materiallarini (grunt, yog‘och, tosh, qum va h.k.)
tashishda ham foydalanish imkoniyati bo‘ladi. Umuman olganda,
avtosamosvallarga beton qorishmasini yuklash bo‘yicha ham beton
tayyorlash korxonalarida qulay sharoitlar yaratilgan. Harakatlanish
jarayonida ma’lum darajada ajratiladigan sement suvining yo‘qolishini
oldini olish uchun avtosamosval ishchi organi birlashma qismlari
maxsus rezinalar bilan berkitilishi tavsiya qilinadi. Tashib kelingan
beton qorishmasi bajarilayotgan texnologik jarayonga bog‘liq
ravishda badyalarga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri betonlashtirish bloklariga
ag‘darilishi mumkin. Avtosamosval ishchi organi har bir sikl ishdan
keyin yuvilib, tozalanishi kerak.
Ba’zi sharoitlarda beton qorishmasini badyalarga joylab, bortli
avtomobillarda ham tashish mumkin. Ammo, bu usulning noqulayligi
shundaki, yuklash va tushirish jarayonlarida qo‘shimcha ravishda
kranlar yoki yuk ko‘tarish qurilmalari ishtirok etishi avtosamosvallarga
nisbatan texnik-iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Umuman
olganda, avtomobil transport vositasida (bortli va o‘ziag‘dargich
avtomobillarda) beton qorishmasini tashish 25...30 km gacha bo‘lsa,
betonning asosiy sifat ko‘rsatkichlari saqlanishi qurilish amaliyotida
isbotlangan. Bundan tashqari, beton qorishmasi tarkibiga gidrotatsiya
jarayonini sekinlashtiruvchi maxsus qo‘shimchalar qo‘shilsa, tashish
94
masofasi 50–70 km gacha ham bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida
aytilgan texnologiyani qo‘llagan holda Norin daryosida bunyod
etilgan Kurpsoy GES qurilishida beton qorishmasi Totogpul GES
ishlab chiqarish bazasida joylashgan sement-beton zavodidan, ya’ni
40 km masofadan avtosamosvallarda keltirilgan.
Avtosamosvallar yoki maxsus beton qorishmasi tashuvchi av-
tomobil transporti vositalari bilan tashiladigan betonning bir ish
smenasidagi hajmi quyidagicha aniqlanadi:
Q = q 60T
sm
K
v
/t
ts
m
3
/smena.
(2.29)
Bu yerda: q - transport vositasi bilan bir martada tashiladigan
beton qorishmasi hajmi, m
3
;
T
sm
- bir ish smenasi davomiyligi, soat;
K
v
- transport vositasini ekspluatatsiya qilish jarayonida ish vaq-
tidan foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent (K
v
=0,8-0,9);
t
s
-
beton qorishmasining tashish jarayoni bir davrasining
(siklining) davomiyligi:
t
s
= t
yuk
+ t
yu.x
+t
tuk
+ t
s
.
x
+ t, min.
(2.30)
Bu yerda: t
yuk
- beton zavodi yoki korxonasida transport vosi
tasiga beton qorishmasini yuklashga ketadigan vaqt bo‘lib, transport
vositasi ishchi organi sig‘imga bog‘liq ravishda 5-8 daqiqa qabul
qilish mumkin;
t
yu.x
– transport vositasining beton zavodidan belgilangan
obyektgacha yuk holatida harakatlanish vaqti,
t
tuk
– transport vositasining beton qorishmasini to‘kish vaqti
(t
tuk
≈2...3 min), min;
t
s.x
– transport vositasining beton zavodi tomonga salt harakat-
lanish vaqti, min;
t
’
– transport vositasiga xizmat ko‘rsatish, ishchi organini yuvish,
tozalash uchun ketadigan vaqt (t≈4–6), min.
Qurilish jarayonida beton ishlari jadalligi ehtiyojini qondirish
uchun transport vositalarining kerakli sonini quyidagicha aniqlash
mumkin:
N
tr
= J·t
ts
/ q.
(2.31)
95
Bu yerda: J-beton ishlari bir soatdagi jadalligi, m
3
/soat;
Agar, suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi uzoq muddat davom
etsa va beton ishlari hajmi katta bo‘lsa, beton qorishmasini tashish
jarayonlarini talab darajasida va uzluksiz amalga oshi rish uchun
avtotransportlar parkini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir va undagi
mashinalar soni quyidagicha aniqlanadi:
N
p
= 1,5N
tr
/K’, dona
(2.32)
Bu yerda: K’≈0,65 bo‘lib, transport vositalarining texnik
sabab- larga ko‘ra ish jarayoniga chiqarilmasligini hisobga oluvchi
koeffitsiyent.
2.16-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |