87
Avtomatlashgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan beton tay-
yorlash korxonalarida uzluksiz ishlaydigan qadoqlash uskunalarining
asosiy ishchi organlari lentalar, novlar, shneklar va boshqalar bo‘lishi
mumkin. Transport qilinayotgan materiallar miqdorining o‘zgarishi
maxsus o‘rnatilgan datchiklar orqali avtomatika blokiga beriladi,
bu yerda materiallar belgilangan miq dorlari uchun signallar ishlab
chiqilib, qadoqlash uskunasining barcha qismlari belgilangan rejimda
ishlashi boshqariladi.
Davriy boshqariladigan betonqorgichlarning ish unumdorliklari
quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
U
k
V
chi
nK
v
/1000kV
yuk
K
chiq
nK
v
.
(2.27)
Bu yerda: K
v
– ish vaqtidan
foydalanish koeffitsiyenti;
n=3600/T
s
–
bir soat ichida beton qorishmasi tayyorlash sikllari
soni;
T
s
= t
1
k
t
2
k
t
3
–
bir siklning davomiyligi, sek.
t
1
–
betonqorgichga materiallar
yuklash davomiyligi, sek.
t
2
– beton qorishmasini
aralashtirish davomiyligi, sek.
t
3
– betonqorgichdan tayyor mahsulotni transport vositasiga
ag‘darish
davomiyligi, sek.
Beton tayyorlashda bir soat ichidagi sikllar soni qurilma va
asbob-uskunalar o‘lchamlari, tayyorlanadigan qorishma xossalari
va jarayonlarining avtomatlashtirilish darajalariga bog‘liqdir. Yirik
betonqorgichlardagi qorishmani aralashtirish davomiyligi ancha
uzoq bo‘lishi mumkin, chunki katta hajmdagi materiallarni ma’lum
tezlikda (imkoni boricha past tezlikda, ya’ni qorishmaga markazdan
qochma kuch ta’sirining oldini olish uchun) qorishma bir jinsli holatga
kelguncha aralashtirilishi lozim.
Beton qorishmasini tayyorlashga mo‘ljallangan barcha kor-
xona va qurilmalar quyidagicha sinf turkumlanadi: belgilan-
gan maqsadi bo‘yicha (tovar beton ishlab chiqish - doimiy, turli
iste’molchilarga xizmat qiluvchi va vaqtinchalik ma’lum bir obyektga
xizmat qiluvchi); ixchamligi bo‘yicha (ko‘chma, statsionar, yig‘ib-
yechiluvchi, statsionar - doimiy); beton qorishmasini tayyorlash
88
jarayoni xarakteri bo‘yicha (davriy va uzluksiz harakatlanuvchi);
texnologik jarayonlarning avtomatlashganlik darajasi bo‘yicha
(avtomatlashmagan, yarim avtomatlashgan, maxsus dastur asosida
boshqariladigan avtomatlashgan).
Qurilish jarayonidagi beton ishlari hajmlari, bajarilish mud-
datlari va ehtiyojiy jadalliklariga bog‘liq ravishda beton qorishmasi
quyidagicha tayyorlanadi:
– alohida turuvchi ko‘chma betonqorgichlarda, beton ishlari
hajmi juda kichik, jadalligi 3...6 m
3
/soat gacha bo‘lgan va obyekt
markaziy bazalar va yirik qurilish maydonlaridan uzoqda joylashgan
sharoitlarda;
– ko‘chma betonqorgich qurilmalarida ishlar bajarilish muddati
kam, hajmi esa katta bo‘lsa, obyekt katta maydonlarda joylashib,
beton ishlari jadalligi 6...12 m
3
/soat
ni tashkil qilgan sharoitlarda;
– statsionar yig‘ib-yechiladigan betonqorgich qurilmalari
yoki beton zavodlarida beton ishlari jadalligi 12 m
3
/soat yuqori va
davomiyligi 5...6 yilni
tashkil qiladigan obyektlarda;
– alohida loyihalar bo‘yicha quriladigan beton qorishmasi
tayyorlash zavodlarida. Ular, asosan, ish hajmi va jadalligi ancha
katta bo‘lganda, markaziy ishlab chiqarish bazalari tarkibida bo‘lib,
uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Zamonaviy betonqorgich texnika va qurilmalari Shveytsariyada
joylashgan «Libxerr» firmasi tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular
bugungi kunda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida e’tibor
qozongan. Firmaning «Mobilmix» nomi bilan mashhur qurilmalari
tarkibida ko‘chma va statsionar betonqorgichlar bo‘lib, ularning
quvvati 30 m
3
/soat dan 180 m
3
/soat gacha bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy konstruksiyali beton zavodlar (3.4-rasm) yig‘ilib-
yechiladigan metall konstruksiyalar majmuyi bo‘lib (10), atroflari
asbofanera, ishlov berilgan metall qatlam yoki penopolistrol bilan
qoplangan maxsus xitlar (11) yordamida o‘ralgan bo‘ladi. Zavod
binosiga egilish burchagi 18° dan katta bo‘lmagan lentali konveyerli
(1) transport galereyasi (2) tutashgan bo‘ladi va uning ikkinchi tomoni
90
Uzluksiz ishlaydigan beton zavodining va qurilmalari, asosan,
ikki pog‘onali sxemada quriladi. Shuni qayd qilish zararki, uzluksiz
ishlaydigan zavodlar, davriy ishlaydigan beton zavodlariga nisbatan
kichik hajmdagi binolar qurilishi va qurilmalariga kam metall va
boshqa materiallar sarflanishi bilan xarakterlanadi.
Beton qorishmasini tayyorlash zavodlari va qurilmalarining
barqaror ish faoliyatlari, omborlarda barcha materiallar kerakli
zaxirasini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Omborlar sig‘imi
alohida har materialga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoj va kerakli zaxira
me’yori bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: