Iqtisodiyot nazariyasi fani bo’yicha topshiriqlar javoblari.
Savol: Iqtisodiy siklning iqtisodiy ma’nosini bilasizmi?
Javob: Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi nomutanosiblikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni, iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiy sikl alohida fazalar o‘rin almashishi orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Savol: Internal va eksternal nazariyalarga izoh bera olasizmi?
Javob: Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Кo‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi.
Savol: Ouken koiffitsientini bilasizmi?
Javob: Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YaMM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Amerikalik iqtisodchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM orqada qolishi o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali uning iqtisodiy oqibatini miqdoriy aniqlagan. Ouken qonuniga ko‘ra ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1%ga yuqori bo‘lsa, YaMM (YaIM)ning orqada qolishi 2.5%ni tashkil qiladi, ya’ni ular o‘rtasidagi nisbat quyidagicha bo‘ladi - 1:2.5; 2:5; 3:7.5 va h.k.
Savol: Pigu effektiga izoh bera olasizmi?
Javob: Pigu effekti. Bu ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877‒1959y) nomi bilan bog‘liq, Unga ko‘ra me’yorida amal qiladigan bozor iqtisodiyoti sharoitida inflatsiyaning kutilishi aholi tomonidan narxlarning o‘sishiga qisqa vaqtda ro‘y beradigan holat deb qaralishiga va oqibatda narxlar pasayguncha ularning pul sarflarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabni kamaytiradi va oxiri oqibatda narxlar pasayishi kuzatiladi.
Inqirozning turlari:
Pul kredit sohasidagi inqiroz;
Valyuta inqirozi;
Birja inqirozi;
Ekologik inqiroz;
Tarkibiy inqirozlar;
Davriy, orali, beqaror inqirozlar.
Iqtisodiy sikl turlari:
Kitchin sikli, 2-4 yil;
Jyuglar sikli, 7-12 yil;
Kuznes sikli, 16-25 yil;
Kondratev sikli, 40-60 yil;
Forrester sikli 200 yil;
Toffler sikli 1000-2000 yil:
Testlar:
1 2 3 4 5 6 7 8 9
B A C D D D D C A
BiA 82-gurux talabasi:
Rafiqova Gulshoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |