\
jl
)
0,1 % dan 0,5 %gacha bo‘lishi ko‘p holatlarda qayd
qilinadi. Ba’zi sharoitlarda katta kuchlar ta’sirida uzoq muddatlarda
ekspluatatsiya qilinadigan konstruksiyalarda
\
jl
=
1 %gacha ham
yetishi mumkin.
Beton konstruksiyasini armaturalashda, asosan, ko‘ndalang qirqimi
aylana shaklidagi po‘lat armaturalar yoki simlar keng qo‘llaniladi.
Ba’zi sharoitlarda metall konstruksiyalari sifatida po‘lat bur-
chaklar, shvellerlar, kushtavrlar ham qo‘llanilishi mumkin.
Suv xo‘jaligi qurilishida «A» sinfiga kiruvchi maxsus ishlov
berilgan po‘latlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ular tashqi ko‘rinish
shakli bo‘yicha silliq, diametrlari 6-40 mm va davriy profilli,
diametrlari 6-90 mm bo‘lib, ularning kuch ta’sirida uzilishga bo‘lgan
qarshiligi 380-600 MPa ni tashkil etadi.
Og‘irligi bo‘yicha olib qaralganda, meliorativ inshootlarda 1 m
3
beton tarkibiga 40 kg dan 100 kg gacha armatura sarflanadi.
Armatura ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular beton
va qoliplash ishlari bilan bevosita bog‘liq ravishda olib boriladi.
Vaqt bo‘yicha olganda armatura ishlari beton yotqizish jarayonidan
oldin bajarilib, inshoot konstruksiyasi yoki uning elementi to‘la
µ = ( ) 100.
F
arm
F
konst
69
ravishda tayyor holatga keltirilishi lozim. Armatura ishlari o‘zining
murakkabligi va ko‘p mehnat sarfi talab qilishi bilan ajralib turadi. Shu
bois, unga bog‘liq bo‘lgan ishlar hajmini, aynan betonlashtiriladigan
blokda bajarilishini, imkoni boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki, beton ishlari jadalligi, betonlashtirish blokini armaturalash va
qoliplash jarayonlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Aytilganlardan
kelib chiqqan holda, barcha armatura konstruksiyalarini tayyorlash
bo‘yicha asosiy ishlarni, maxsus korxonalarda tayyorlash, qurilish
maydoniga tashib keltirish va betonlashtirish bloklarida ularni montaj
qilish (yig‘ish) jarayonlarini amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Qurilish maydoniga keltiriladigan armatura konstruksiyalari
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
– har xil diametrdagi sterjen shaklidagi armaturalar bo‘lib,
ulardan maxsus ustaxonalarda yoki bevosita betonlashtirish bloklarida
kerakli konstruksiyalar tayyorlanadi.
– balka, kolonna (ustun), setka shaklidagi konstruksiyalar bo‘lib,
ular bloklarda alohida yoki yirik konstruksiyalarning bir qismi
shaklida montaj qilinishi mumkin.
– tayyor metall konstruksiyalar, karkaslar, fermalar va hoka-
zolar, murakkab tuzilishga ega bo‘lgan armatura konstruksiyalari
bo‘lib, asosan, ular buyurtmalar bo‘yicha maxsus armatura sexlari
yoki korxonalarida tayyorlanib olib kelinadi.
Faqat betonni armaturalash uchun qo‘llaniladigan kons-
truksiyalar – erkin armatura konstruksiyalari deyiladi. Agar armatura
konstruksiyalari qo‘shimcha ravishda qoliplarni, ulama kons-
truksiyalarni va boshqa turdagi ta’sir kuchlarni ushlashga ham
mo‘ljallangan bo‘lsa, ular tayanch armatura konstruksiyalari deyiladi.
erkin armatura konstruksiyalariga montaj jarayonida 10–20 %
qo‘shimcha ravishda metall sarflanishi mumkin (konstruksiya
og‘irligiga nisbatan), tayanch armatura konstruksiyalari uchun esa bu
ko‘rsatkich 80 %gacha yetishi mumkin.
70
2.12-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |