Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

.
 

.
 
h (n + 1) K) / t, m
3
/soat. 
(2.33)
Bu yerda: n - qurilish bloki balandligi bo‘yicha zinapoyalar soni.
Yirik beton inshootlari qurilishida betonning yaxlitligi va mus- 
tahkamligini ta’minlash uchun yotqiziladigan beton qor-ishmasi 
qotish jarayonida, uning boshlang‘ich haroratini ushlab turish muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun, qishda beton komponentlari ma’lum 
darajada qizdirilishi mumkin, yozda esa qorishma tarkibiga ma’lum 
darajada muz bo‘lakchalari aralashtiriladi (bunda muz qo‘shilish 
hisobiga suv miqdori kamaytiriladi).
Har bir yangi qurilish blokini betonlashtirishda, oldingi be-
tonlashtirilgan  blok  yuzasini  tayyorlash  asosiy  mas’uliyatli  ja-
rayonlardan hisoblanadi. Asosiy masalalardan biri blok sirtida hosil 
bo‘ladigan sement qatlamini (plyonkasini) ko‘chirib tashlashdan 
iborat. Sement plyonkasini ko‘chirish jarayonida maxsus bolg‘alar 
aylana bo‘ylab harakatlanadigan po‘lat shyotkalar, yuqori bosim 
ta’sirida yuzaga keltiriladigan suv yoki qum va suv aralashmasidan 
foydalanish mumkin.
Sement plyonkasi ko‘chirib tashlangandan so‘ng blokning sirti 
yaxshilab yuvilib shamollatib qo‘yiladi. Shuningdek, yangi beton 
qorishmasi yotqizilishi oldidan blok sirti namlanadi, bunda blok 
yuzasida suv ko‘lmaklari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 
Chunki blok sirtida ortiqcha miqdorda suv qolib ketishi, keyingi 


103
yotqiziladigan beton qorishmasining konsistensiyasi o‘zgarishiga 
olib keladi.
Qurilish blokiga uzatilgan beton qorishmasi butun yuza bo‘y-
lab, bir xil qalinlikda yoyilishi talab qilinadi. Beton qorishmasini 
badyalarga 2 m dan ortiq balandlikdan to‘kish, yoyish jarayonida 
uzoq masofalarga irg

itish, qorishma strukturasi va konsistensiyasi 
buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, yuqorida aytilgan salbiy 
oqibatlarning oldini olish uchun beton qorishmasini qabul qilish va 
yoyish jarayonlarida maxsus novlar, urilma shitlar, turli xil xobotlar 
va hokazo qurilmalar qo‘llanilishi tavsiya qilinadi.
Beton  qorishmasi  bloklarga  novlar  yordamida  yotqizilsa, 
qorishma qovushqoqligiga bog‘liq ravishda novlar o‘rnatilish 
nishabligi belgilanadi.
Yuqori balandliklardan beton qorishmalari qurilish bloklariga 
ulama yoki titratma xobotlar yordamida uzatilishi mumkin. Agar 
beton qovushqoqligi (konus cho‘kishi) 6 sm kam hollarda, uni tit- 
ratma xobotlarda bloklarga uzatish va yotqizish yaxshi samara beradi.
Umuman olganda, betonning asosiy sifat ko‘rsatkichlariga 
erishishni ta’minlovchi fizik xossasi uning zichligidir. Beton-
ning  yetarli  darajada  ushbu  xossaga  erishish  uchun  beton 
qorishmasini bloklarda belgilangan texnologik talablar darajasi-
da zichlanishi lozim.
Betonni zichlash usuli va vositasi, qorishmaning konsisten-
siyasi,  qurilish  bloki  shakli  va  uning  armaturalanish  darajasiga 
bog‘liq ravishda tanlanadi. Umuman olganda, hozirgi paytda beton 
qorishmasi, asosan, mexanizatsiyalashgan usulda zichlanadi.
Beton monolit (yaxlit) shaklda yotqizilganda uni zichlashning 
asosiy va keng tarqalgan usuli - titratishdir. Bu usulga qo‘shimcha 
ravishda, vakuumlash usuli ham qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, 
temir-beton va yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda 
presslash usulida zichlash ham amalga oshiriladi.
Monolit beton shaklida ko‘tariladigan inshootlar tiklanishida, 
beton qorishmasini zichlashda, asosan, ko‘chma, elektr energiyasi 


104
yoki  siqilgan  havo  yordamida  ishlaydigan  titratkichlar  keng 
qo‘llaniladi. Ular yuqoridan ta’sir, ichki va tashqaridan ta’sir qiluvchi 
titratkichlar bo‘lishi mumkin.
Ko‘chma titratma zichlagichlarning asosiy parametrlari bo‘l- 
magan bloklarda qo‘llaniladi.
Yuzadan  ta’sir  qiluvchi  titratkichlar  titratma  plitalar 
shaklida bo‘lib, ular, asosan, armaturasiz yoki kam miqdorda 
armaturalangan, qalinligi titratkich ta’sir zonasidan katta Ichki 
ta’sir  qiluvchi  titratkichlar  beton  qorishmasiga  botiriladi  va 
asosiy  ishchi  organida  bir  daqiqada  2800-1100  marta  0,1-3 
mm amplituda sodir bo‘ladigan titrashlar beton tanasiga ta’sir 
qiladi. Bunday titratkichlarning ishchi qismi diametri 40-76 mm, 
uzunligi 400-500 mm gacha bo‘lishi mumkin. (IV-27; IV-25; IV-
66; IV-67; IV-75; IV-80). Zichlanadigan beton qorishmasining 
qalinligi titratkich ishchi organi uzunligiga nisbatan 25-30 % ortiq 
bo‘lmasligi tavsiya qilinadi. Shuni qayd qilish kerakki, titratish 
jarayoni beton qorishmasiga, aslo, armatura konstruksiyalari orqali 
berilmasligi kerak. Bunday holatda armatura va beton orasidagi 
bog‘lanishga sezilarli darajada putur yetkaziladi. Qurilish blokida 
yangi yotqizilgan beton qorishmasi qatlamini zichlash jarayonida 
titratkich ishchi organi uzunligining kamida 10-15 % oldingi 
yotqizilgan (qotish jarayoni boshlanmagan) betonga ham botishi 
kerak. Shu orqali, ikkala qatlamning birlashishiga va bir jinsli 
beton hosil bo‘lishiga erishiladi. Tashqi ta’sir titratkichlari, asosan, 
yupqa  devor  konstruksiyalarida  beton  qorishmasini  zichlash 
jarayonida  qo‘llanilib,  ular  konstruksiyalarga  o‘rnatiladigan 
qoliplarga mahkamlanadi. Shuningdek, bunday titratkichlar kichik 
gabaritli yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda ham 
qo‘llanilishi mumkin.
Beton qorishmasini zichlashda beton tanasini me’yoridan ortiq 
vaqt titratish ham salbiy oqibatlarga, ya’ni qorishma strukturasi va 
konsistensiyasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Titratish jarayoni 
bitta zonada qorishmaning to‘la cho‘kishi va uning yuzasida sement 


105
suti paydo bo‘lguncha davom ettiriladi va titratkich nav batdagi 
zonaga ko‘chiriladi. Bir joyda titratkich taxminan 20...40 sekunddan 
ortiq ishlatilmasligi kerak.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish