Arpa solodini tayyorlash.
Reja:
Donni kayta ishlashga tayyorlash.
Arpani undirish va fermentlar aktivligi.
Undirish uslublari.
Undirilgan arpani quritish.
Boshoqli o’simliklar doniga sun’iy sharoitda ma’lum harorat va namlikda undirilgan - «Solod» deyiladi. (Undirilgan don). Undirish jarayoniga (jarayoniga) esa «Solorahenie» deyilib, undan o’tkazishdan maqsad -ammolitik, proteolitik, tsitolitik kabi fermentlarni aktivligini maksimal darajaga etkazib saqlash.
Spirt ishlab chiqarishda undirilgan don kraxmalni qandlash vositasi bo’lib xizmat qilsa, «pivo» ishlab chiqarishda esa - asosiy xom ashyodir. Pivo ishlab chiqarishda yangi undirilgan don bo’ek va xushbo’y xid moddalarini to’plash maqsadida quritiladi. Bunda sabotli (matonatli) va uzoq muddat o’z sifatini yo’qotmaydigan mahsulot olamiz. Kuritilganqkuruq undirilgan donni nishi qirqib tashlanadi va o’zi pivo ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Pivo ishlab chiqarishda undirilgan arpa, javdari bug’doy va kamdan kam bug’doy qo’llaniladi.
Donni tozalash – bu asosiy don ekinini aralashmadan ozod qilish. Aralashma begona aralashma va donli aralashmasiga ajratiladi. Don aralashmasiga ungan, ezilgan, mog’orlangan, urilgan donlar kiradi. Begona aralashmaga-qum, tuproq, chang, organik, aralashmalar, usimliklarni urug’lari va boshka..kiradi.
«Sortirovka» - saralash-asosan donni kattaligiga, eniga va qalinligiga qarab turli ishlab chiqarish qiymatiga ega bulgan qismlarga ajratish tiexnologik ishlovi.
Saralaganda don 1-2-3 navlarga ajratiladi. Don uzunligiga va enini kattaligiga qarab ajratiladi. Eni va balandligini kattaligiga qarab ajratish uchun katta teshikli tebranish elagi qo’llaniladi. Uzunligiga qarab «trier» - degan don tozalash mashinalarida don yuzasidagi engil aralashmadan havo oqimi yordamida tozalanadi. Xavo oqimining tezligi (6-10 mG’sek) aralashmaning kritik oqim tezligidan yuqori va asosiy don o’simligining oqim tezligidan pastroq bo’lishi kerak.
Buktirish-solod undirishda 12-14 °S xaroratdagi namlikni ta’min qiluvchi uslub. Namligi 40%-ga etganda buktirish to’xtatilib, doning hajmi 45%-ga kupayadi.
Ishlab chiqarishda ifloslanishni oldini olish va uskunalarni buzilmasligi uchun boshlangich bosqichda don sinchiklab yuviladi va dezinfektsiyalaydigan moddalar (xlor oxaki, formalin, kaliy permanganat, vodorod peroksidi) bilan dezinfektsiyalanadi. Bo’ktirish tezligiga jarayonni havoli va xavosiz olib borilishi, suvning harorati, donning katta-kichikligi (misalan, diametri 42 mm-teng bo’lgan don 25 soat; diametri 2,8mm-ga teng bo’lgan donga nisbatan 25 soat kech bo’kadi) suvning mineral tarkibi (yumshok, suvda don tezrok, bo’kadi, shuning uchun talabga ko’ra suv qattiqligi 7mg-ekvG’l bo’lishi kerak) ta’sir ko’rsatadi. Suv haroratiga qarab bo’ktirish jarayoni sovuk, (Bo’ktirish davriylik va uzluksiz tizimda ishlayditan apparatlarida olib boriladi. Bugungi kunda qo’llaniladigan bo’ktirish usullari kuyidagicha:
Xavoli - Suvda bo’ktirish uslubida har 3 soatda don suv tagida (suvli bo’ktirish) kegin suvsiz (xavoli bo’ktirish) almashib bo’ktiriladi. Bo’ktirish apparatida avvalambor don yuviladi. Yuvilganda «splav»-olib chetlanadi, splavga-cho’plar, hashak, asosiy don o’simlikini engil qurib qolgan donachalari, po’stlog’i, begona o’simliklar urug’i kiradi. Yuvindi oqava suv oqizib apparat suvsiz qoladi va karbonat angidridi uchib ketishi uchun uning og’zi (ventil) ochiq qoldiriladi. Ikkinchi yuvindi suvga xlor oxakining 33%-li eritmasi kushiladi. Demak bir tonna donga 300-400 kg oxak to’gri keladi.
Uzluksiz suv va havo oqimida don buktirilishi uchun apparatga havo bilan to’yingan suv uzluksiz yuboriladi.
Suv purkab bo’ktirilganda, yuvilgan don yuzasiga purkab bo’ktirish apparatida, uzluksiz butun bo’ktirish davomida mayda suv tomchilarni purkab don qalinligidan oqib tushgan suv kanalizatsiyaga oqiziladi.
Xavoli suvni donga purkab bo’ktirilganda, don sinchiklab yuviladi va apparatni yuqori qismidagi farsunkalar orqali 15 daqiqa davomida suv sepilib turiladi, xavo esa apparatni tubidan ventilyator yoki vakuum - nasos yordamida 15 daqiqa ichida so’rib olinadi va 1 soat havoda qoldiriladi. Pivo ishlab chiqarishda bo’ktirilgan donni namligi 42-48%-ga, spirt ishlab chiqarishda 38-40% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |