Mavzu: oqova suvlarni tozalash konstruksiyalari va tizimini montaj qilish



Download 22,74 Kb.
bet1/2
Sana07.09.2021
Hajmi22,74 Kb.
#167944
  1   2
Bog'liq
5-маруза Мухандислик


5-MA’RUZA:

MAVZU: OQOVA SUVLARNI TOZALASH KONSTRUKSIYALARI VA TIZIMINI MONTAJ QILISH

Reja:

Oqizik suvlarni tozalash inshootlarini umumiy xarakteristikalari.

Oqiziq suvlarni tozalash usullari.

SHaxar, xovli va ichki uy kanalizasiya tizimlarini taomirlash.

 

Mahkamlagichlar - standart murvat, bu gardish birikmalarini yig'ishga xizmat qiladi

Quvur armaturalari - ventil, kranlar va berkitgichlar.

Stoyak – vertikal quvur.

 

Tayanch so’z va iboralar: Mexanikaviy, fiziko-kimeviy, biologik va boshqa usullar, ozonlash, xlorlash, filptr, tindirgich, maxsus qurilmalar, ishlash vaqti, taomirlash va rekonstruksiyalash usullari.

Kanalizasiya tarmoьiga tushadigan oqiziq suvlar tarqibida mineral chikindilar (kum, loy, shlak zarralari, suvda eriga tuzlar, kislotalar, ishkorlar) chirigan organik moddalar (xayvonot va usimlik koldiklari); kasal kuzgatuvchi bakteriyalar, sanoatdan chiqadigan suvlarda esa zararli ximiyaviy moddalar bo’lishi mumkin. SHuning uchun oqiziq suvlarni suv xavzalariga tushirishdan oldin tozalanadi. Oqiziq suvlarni tozalashning mexanikaviy, mexanik-ximiyaviy va biologik usullari bor.

Mexanikaviy tozalash oqiziq suvlardan erimagan, qisman erimagan mineral chikindilarni, shuningdek oqiziq suvlarda suzib yuradigan yot narsalarni yo’qotishdan iborat. Oqiziq suvlar panjalalar, galvirlar, kum tutkichlar va titdirgichlarda tozalanadi. Oqiziq suvlar xarakati yo’liga va kupincha nasos stansiyalariga o’rnatiladigan panjaralar va galvirlarda yirik suzib yuruvchi narsalar (qoьoz, latta) tutilib koladi. Suv uzi okib bora olmaydigan tozalash jixozlariga oqiziq suvlar nasos stansiyalari yordamida beriladi.

Keyin oqiziq suv kichik xovuzlar – kum tutkichlarga kuyuladi. U erda xarakati sekinlashib, xovuz tubiga mineral moddalar, asosan, kum tushadi, undan maydaroq organik zarrarlar esa bunday tezlikda cho’qib ulgurmaydi. So’ngra oqiziq suvlar yirikrok xovuzlar – tindirgichlarga boradi. U erda erilmagan mayda zarralar ajralib, xovuz tubiga chukadi. Ular xovuz tubidan vaqt-vaqti bilan olib turiladi. Tindirgichlarda suv juda sekin xarakatlanadi. Suv biologik tozalanadigan jixozlardan oldin o’rnatiladigan birlamchi tindirgichlarda suvning eng katta oqish tezligi 10 mm/ sek jixozlardan keyin o’rnatiladigan ikkilamchi tindirgichlarda esa 5 mm/sek. Tindirgichlarda tutib kolinadigan cho’qindi va balchik chiritgichlarda yana ishlanadi, so’ngra balchik maydonlarda quritiladi yoki mexanikaviy qurilmalar yordamida suvsizlantriladi.

Mexanik-ximiyaviy tozalashda oqiziq suvdan suvda erimagan iflosliklar ketkaziladi. Bu usulda oqiziq suvga erimagan aralashmalarning kalkib chiqishini tezlashtiradigan xar xil ximiyaviy birikmalar ko’shiladi. Mexanik-ximiyaviy tozalashning boshqa usuli xam bor. Oqiziq suv orqali doimiy elektr toki o’tkaziladi. Bu suyuqlikdan erimagan iflosliklarning ajralishiga yordam beradi.

Mexanik-ximiyaviy tozalashda oqiziq suvlar faqat tinadi, lekin bakteriyalardan to’liq zararsizlantirilmaydi. Ba’zan oqiziq suvlarni mexanik-ximiyaviy tozalashda faqat bakteriyalarning uchdan bir qismi nobud bo’lsa, bu etarli emas, bunda ancha mukammal biologik tozalash usuli qullanadi.

Biologik tozalashda tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyatidan foydalaniladi. Bu mikroorganizmlar oqiziq suvdagi organik moddalarning oksidlanishini (chirishini) taominlaydi. Natijada ular minerallanadi va bakteriyalar tabiiy tarzda zararsizlantiriladi. Biologik tozalashda oqiziq suv organik moddalar va bakteriyalardan deyarli butunlay tozalanadi, mikroorganizmlarning yashashi uchun zarur bo’lgan kislorod xavodan kiradi.

Biologik tozalashda tingan oqiziq suvlar tuproq katlami orqali filptrlar va bakteriyalarni zararsizlantirish uchun navbatdagi qurilmalarga yo’naltiriladi. Biologik tozalash sistemalariga sugorish maydoni va filptrlash maydoni oqiziq suvlar yo’naltiriladigan maxsus er uchastkalari kiradi. Sugorish maydonida oqiziq suvlar tuproq katlami orqali utadi, undagi moddalar tuproq sirtiga utiradi tozalangan suv ochik suv xavzasiga tushadi. Er sirtida qolgan moddalar sugorish maydonlarida ustiriladigan qishloq xujalik ekinlari uchun ugit bo’ladi. Filptrlash maydoni oqiziq suvlarni faqat sanitariya jixatidan tozalash uchun mo’ljallangan. Oqiziq suvlarni tozalashning sinoiy biologik usuli xam bor. Bunda biologik filptrlar va aerotenkalar qullaniladi. Biofilptrlar – shlak, shagal yoki koks katlamli bor. Unda sugorish maydoni va filptrlash maydonidan kura jadalrok tarzda oqiziq suvning biologik tozalanish prosessi utadi. Aerotenkalar tindirilgan oqiziq suvga aktiv balchik – kup mikroorganizmlar – mineralizatorlar bo’lgan balchik aralishtirilgan suv oqadigan idishlar ‘isoblanadi.

Mineralizatorlar xavo kislorodi ishtirokida tozalanadigan oqiziq suv tarqibidagi organik moddalarni oksidlaydi va minerallaydi. Suvni biologik tozalash usuli eng mukammal bo’lgani uchun xozirgi vaqtda keng qullanilmokda.

Bakteriyalardan butunlay tozalash uchun biologik tozalashdan utgan oqiziq suv suyuq xlor bilan ximiyaviy tozalanadi.

Oqiziq suvlarni zararsizlantirishdagi xlorning ‘isobiy dozasi mexanikaviy tozalash stansiyalarida tindirilgan oqiziq suv uchun – 30 g/m3; to’liq sinoiy stansiyalarida – 15 g/m3..

Oqiziq suv gazlar aralashtirgichlarda ko’shiladi. Kontakt idishda yoki tarmoq novlari va trubalarida oqiziq suvning xlor bilan ta’sirlashuvi vaqti kamida 30 minut bo’lishi kerak. Tindirilgan va zararsizlantirilgan oqiziq suvlar suv xavzalariga kuyiladi. Oqiziq suvni xavzalariga tukadigan qurilma chiqarish qurilmasi deyiladi.

Oqiziq suvlarni suv xavzalariga to’qishda ular suv xavzasidagi suvga yaxshirok qaralashishi lozim. Buning uchun ularni suv xavzasining o’rtasiga to’qish kerak. Suv xavzasining tubi va chiqarish qurilmasini upirilish va balchiklanishdan saqlash kerak. SHu maqsadda suv chiqariladigan trubalar suv xavzasi tubidan 0,6-1 m yuqori o’tkaziladi.




Download 22,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish