8-Amaliy mashg’ulot Qolip va o’zaklarni tayyorlash texnologiyasi. Bir marta ishlatilinadigan qum-gilli qoliplari - qolip aralashmalari, materiallari - qolip materiallari deb ataladi. Аsosiy qolip materiallariga: qum (asosiy oʼtga chidamli tarkibi), bogʼlovchi moddalar va maxsus xususiyatli qoʼshimchalar kiradi. Ushbu daslabgi yangi materiallar va ishlatilgan qolip aralashmalarini qorishchirgichlarda maxsus texnologiya boʼyicha aralashtirib qolip va oʼzak aralashmalari tayorlanadi. Quymakorlik qolipining vazifasi, bu quymaning koʼrsatilgan shaklini, oʼlchovlarini, belgilangan aniqligini, sifatli yuzasini, belgilangan qolipga quyilgan suyuqlantirilgan metalning sovitish tezligini, lozim boʼlgan tuzilishining shakllanishini taʼminlab sifatli quyma olishdir. Qum – gilli qolipni tayyorlab olish sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Qolip qum-gilli aralashmadan moslamalar yordamida tayyorlanadi. Moslama (model) yordamida koʼpincha ikki kismdan iborat, yarim qoliplar tayyorlab olinadi. Moslama kesilgan yuzasi bilan massiv plitaga keltiriladi. Plitaga quyiladigan opokalar quyma yoki payvandlash usulida tayyorlab olingan. Opoka ichiga qolip aralashmasi solinadi va turli usullarda zichlashtiriladi (2-rasm). Quyma qolipda belgilangan darajaga sovigan va qotgandan soʼng ajratish qurilmasida qolipni buzib quymani qolipdan ajratib olinadi. Undan keyin quyma tozalanib va kerak boʼlsa termik ishlov berishga yuboriladi. Mexanik bo’limiga topshirilishdan oldin quymalar nazoratdan o’tkazilib, yaroqsiz va nuqsonli quymalar suyuqlantirish bo’limiga jo’natiladi. Yaroqli quymalar esa mexanik ishlov berish sexlariga yuboriladi. Opokalarda tayyorlangan quyma detalning shakli olingandan keyin qolipdan moslamalar chiqarib olinadi. Qoliplarni yigʼishdan oldin uning pastki qismiga boʼshliqning shaklini chiqarib beradigan oʼzak (sterjen) oʼrnatilinadi (2-rasm). Yarim qoliplar yig’ilgandan soʼng ichida quymaning tashqari shakli olinadi. Undan tashqari qolip ichida suyuq metalni keltiradigan quyish tizimining qismlari va qolipdan gaz va xavo chiqariladigan ventilyatsion kanallar, viporlar ochiladi. Oʼzaklar maxsus oʼzak yashiklarida tayyorlanadi. Oʼzak (sterjen) aralashmalari qolip aralashmasidan puxtaroq boʼladi va unga toza qumlar koʼproq qoʼshiladi. Qolip va oʼzak oʼrtasidagi farq quydagicha: qolip eritilgan metallning faqat bir tarafiga tegib turadi. Oʼzak esa (asosan) xar tarafdan eritilgan metall bilan oʼrab olinadi shuning uchun xam oʼzak yuqori issiqlik taʼsiri ostida boʼladi, u olovga yuqori bardoshlilikka, yaxshi gaz oʼtkazuvchanlikka, yuqori chidamlilikka ega boʼlishi kerak. Shuning uchun xam oʼzakni tayyorlashda quyidagilarga eʼtibor berish zarur: -kerakli darajadagi sifatiga ega boʼlgan material; -oʼzak aralashmasining yetarli darajadagi xavo almashinish imkoniga ega boʼlishi; -oʼzakning yetarli darajada mustahkam va ishlov berishga mosligi; -oʼzak materialining oʼzakni quymadan osonlik bilan chiqarilishiga toʼsqinlik qilmasligi. Oʼzaklarning mustahkamligi va gaz oʼtkazuvchanligini oshirish uchun oʼzak aralashmalariga torf biriktiruvchilari va boshqa ashyolarni qoʼshish kerak. Bu qoʼshimcha ashyolarning bir qismining yonib ketishi natijasida qorishmaning gaz oʼtkazuvchanligi oshadi, qoʼshimcha ashyolarining bir qismi quritish jarayonida erib ketishi, oʼzak soviyotgan paytida qorishmaning ayrim qismlarni jipslashtiradi. Oʼzaklarning oʼta mustahkam va qattiq boʼlishini taʼminlash uchun ularning maydalari sim bilan, yiriklarini armaturalab, qobirgʼalantirib mustahkamlanadi. Oʼzaklar oʼzak qutilarida tayorlanadi. Oʼzak qutilari yogʼoch (qaragʼay, qayin, juka (lipa), qatiq va qimmat baxo boʼlgan – nok, yongʼok, qora qayin) dan, xamda metall (alyumin, choʼyan, mis eritmalari) dan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |