(HCl oshishi hisobiga). Bu holat ko‘pincha me’da va o‘n ikki barmoqli
ichak yarasi va giperatsid gastritda uchraydi. Me’da shirasida HCl
me’da rakida kuzatiladi). Me’da shirasida faqat xlorid kislotaning
ta’sir qiladi. Xususan, oshqozon osti bezining proteolitik fermentlari
sintezlanadi. Tripsinogenning faollanishi ichak hujayralari ishlab
263
Enteropeptidaza ham proteolitik fermentdir: U tripsinogenning N-
ichidagi geksopeptidini ajratadi, shuning natijasida molekula qolgan
qismi konformatsiyasi o‘zgarib faol markaz yuzaga keladi tripsin
fermenti hosil bo‘ladi. Me’da osti bezining boshqa hamma
profermentlari ham qisman tanlab o‘tadigan proteoliz yoli bilan faol
holga keladi, natijada ximotripsin, A va B karboksipeptidazalar, elastaza
degan fermentlar hosil bo‘ladi.
Tripsin, ximotripsin, elastaza fermentlari endopetidazalardir, va
ma’lum peptid bog‘lariga ta’sir ko‘rsatadi. Tripsin asosal lizin va arginin
aminokislotalarining karboksil guruhlaridan hosil bo‘lgan peptid
bog‘lariga ta’sir etadi. Ximotripsin tirozin, fenilalanin va triptofan
aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘lariga nisbatan faoldir.
Elastaza esa polipeptid zanjirining lizindan hosil bo‘lgan peptid
bog‘lariga ta’sir etadi. Karboksipeptidaza A rux tutuvchi fermentdir
va polipeptid zanjirining C-uchidagi aromatik va alifatik
aminokislotalarni gidrolizlaydi. Karboksipeptidaza B esa faqat C-
uchidagi lizin va argininni gidrolizlamaydi. Ichak aminopeptidazalari
rux yoki marganets va sistein ta’sirida faollashadi va polipeptid
zanjirining N-uchidagi aminokislotalarni gidrolizlaydi. Dipeptidazalar
dipeptidlarni gidrolizlaydi, kobalt, marganets va sistein ta’sirida
faollashadi.
Barcha hazm peptidgidrolazalarining birma-bir ta’sir ko‘rsatib
borishi, oqsillarning aminokislotalargacha tola parchalanishini ta’minlab
beradi. Oqsillarning me’dada qisman hazm bo‘lishi keyinchalik ingichka
ichakda hazm bo‘lishini garchi yengillashtirsada, lekin mutlaqo shart
deb hisoblanmaydi. Me’da butunlay kesib olib tashlangandan keyin
(total rezeksiya qilinganidan so‘ng) oqsillar singishining sezilarli
darajada izdan chiqmasligi shundan dalolat beradi.
Me’da va ichak hujayralari bez hujayralarida fermentlarning nofaol
o‘tmishdoshlari hosil bo‘lib turishi tufayli ovqatni hazm qiluvchi
peptidgidrolazalar ta’siridan saqlanib boradi, bunday ferment
o‘tmishdoshlari ishlanib chiqqanidan keyingina faol holga o‘tadi.
Bundan tashqari, fermentlar me’da yoki ichak boshligiga tushar ekan,
hujayralarning oqsillariga toqnash kelmaydi, chunki shilliq parda
shilimshiq qatlami bilan, har bir hujayra esa plazmatik membrana tashqi
yuzasining peptidgidrolazalar substratlari bo‘lib hisoblanmaydigan
polisaxaridlar bilan himoyalangan bo‘ladi. Biroq me’da va o‘n ikki
barmoqli ichak yara kasalligida sohasidagi proteinazalar ta’sirida
hujayralar yemirilib turadi.
264
Pankriatit
otning (va u bilan infeksiyaning) pankriatik yolga o‘tishi
natijasida rivojlanadigan kasallikdir. Natijada me’da osti bezining
proteolitik fermentlari tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B,
elastaza va kollagenaza ushbu kasallikda faol holda ajralib chiqib, me’da
osti bezi to‘qimalarini parchalashi mumkin. Shunga ko‘ra to‘qimalarni
oz-ozini parchalanishini oldini olish va davolash maqsadida trasilol,
kontrikaldan foydalanadi. Trasilol polipeptid tabiatga ega bo‘lgan
modda bo‘lib, yuqorida qayd etilgan fermentlarning ingibitorlaridir
(qora molning quloq oldi bezlaridan olinadi). Otkir pankreatit,
pankreonekroz va surunkali pankreatitni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: