Toqimalararo aminokislotalarning almashinuvi
Ovqat iste’mol qilmagan paytda qon zardobida aminokislotalar
miqdorini muvozanatda ushlab turish ularni to‘qimalardan chiqishiga
bog‘liq. Bunda asosan mushak to‘qimalari muhim rol o‘ynaydi, ular
aminikislotalarning 50% ziyodini yetkazib beradi, jigarda esa siydikchil
sintezi fermentlari mavjud. Shuning uchun jigar va buyrak qonda
aminokislotalar muvozanatini saqlashda va ularni yangilanishida muhim
rol o‘ynaydi (70-rasm).
70-rasm.
Postrezorbsion fazada aminokislotalarni to‘qimalararo
almashinuvi
Mushaklardan
ajralib chiqayotgan aminokislotalarning 50% dan
ziyodini alanin va glutaminga to‘g‘ri keladi, qondan mushaklar asosan
serin, sistein va glutaminni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |