ibni Valid Antokiyaga hujum qilib juda ko‘p g‘animatni qo‘lga kiritgandilar. Ba’zi birovlar
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
g‘animatdan ulush olish ilinjida Xolidning oldiga boradilar. Ash’ab ibni Qays Xolid ibni
Valizdan o‘n ming dirham mukofot olgandi. Mana shu mukofotni qaysi puldan berganligi
tekshirilib, oxiri Xolid ibni Validni ishdan olish yakunlandi.
Xolid ibni Valid johiliyat zamonida arab zadogoni Valid ibni Mug‘iraning o‘g‘li edilar.
Mahoratli askar bo‘lganlaridan Makkaning suvoriylariga qo‘mondonlik qilardilar. Uhud
kabi mushriklar g‘alaba qilgan urushlarda asosiy ish ko‘rsatgan kimsa ham Xolid ibni
Valid edilar. 7-yili Amr ibni Os bilan bir vaqtda Islomni qabul qilgandilar. Islomni qabul
qilgach, avvalgidan ko‘ra ham shijoatla va mahoratla janglarda qatnashgandilar.
Rasululloh hazratlari Xolid ibni Validga «Sayfulloh» deb laqab bergandilar. Janob risolat
maobdan so‘ng Abu Bakr davrlarida ko‘tarilgan isyonlarni bostirishda ham Xolid ibni
Valid zo‘r qahramonliklar ko‘rsatgandilar. Iroq va Suriyani fath etilishida ham zo‘r
jasoratlar ko‘rsatgan kim-sa edilar.
Biroq Umar ibni Hattob siyosiy nuqtai nazar bilan Xolid ibni Validni avval
qo‘mondonlikdan, keyin fursat topib, oddiy qo‘mondonlikdan ham bo‘shatib yubordilar.
Albatta, siyosiy jihatdan ehtimol Umarning ishlari to‘g‘ri bo‘lgandir. Zero, Xolid ibni Valid
askarlar ichida ham, xalq orasida ham obro‘-e’tiborlari juda zo‘r bo‘lib ketgandi. Uzoqni
ko‘ra bilgan Umar ibni Hattob ehtimol mana shu obro‘-e’tibor natijasida kelajakda biror
ko‘ngilsiz voqea kelib chiqishining oldini olish maqsadida Xolidni umuman davlat
ishlaridan chetlashtirgan bo‘lsalar kerak. Biroq Xolid ibni Valid nihoyatda oliyjanob bir
kimsa edilar. Vazifalardan ketishlari har qancha og‘ir botgan bo‘lsa-da, ammo biror-bir
qarshilik ko‘rsatishni o‘ylab ham ko‘rmadilar. Bo‘lmasa askarlar ichida obro‘lari juda
yaxshi edi. Mana shu obro‘ga ishonib qarshilik qilsalar ham bo‘lardi. Lekin oliyjanob
sifatlarga ega bo‘lgan Sayfulloh Xolid ibni Valid Islom davlatini ichidan yemirilishiga
ko‘maklashadigan bunday noma’qul ishga qo‘l urmadilar. Ma’muriyatdan butunlay
uzoqlashtirilgach, Xolid ibni Valid Ximsda yashadilar. O’lim oldida ushbu gapni aytganlari
rivoyat etiladi: «Men yuzdan ortiq hujumlarda qatnashdim, Badanimda qilich tegmagan
yohud jarohatning asari bo‘lmagan o‘rin yo‘qdur. Umrimning oxirida esa xuddi eshak
kabi ko‘rpamda yotib o‘lmoqdaman». Xolid ibni Validning qabri muboraklari hozir ham
Ximsdadur.
Do'stlaringiz bilan baham: