www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Bir qismi esa kemalarga o‘ltirib dengiz orqali Konstantinopolga, bir qismi esa ichki Misrga
qochadilar. 20-yilda Misrni fath etilishi nihoyasiga yetadi.
Rumliklar har yili Misrdan 20 million dinor soliq olardilar. Amr ibni Os tuzgan sulh
shartnomasiga ko‘ra esa misrliklar har yili arablarga 8 million dinor juz’ya beradigan
bo‘ldilar. Amr ibni Os hozirgi Qohira shahrini o‘rnida Fustot shahriga asos soldilar.
Olingan soliqlarning bir qismi ichki yo‘llar va ko‘priklarni tuzatish ishlariga ishlatildi. Misr
fath etib bo‘lingach, Amr ibni Os Tarablis, Jazoir va Tunis tomonlarga ham yurish
boshladilar.
Amr ibni Os Misrda 5 yil davomida voliy bo‘lib turdilar. Voliylik zamonlarida yuritgan
siyosatlaridan Misr xalqi behad minnatdor bo‘lib qoldi.
Ba’zi bir tarixchilar Iskandariyadagi mashhur kutubxona Umarning buyruqlari bilan
Amr ibni Os tomonidan o‘t qo‘yib kuydirib yuborilgan degan uydirmani yozganlar.
Qadimgi nasroniy va arab tarix manbaalarida esa bu haqda hech qanday so‘z yuritilgan
emas. Bunday tuhmatona gaplar 13-asr nasroniy tarixchilari tomonidan Islomga
nisbatan xalq orasida nafrat uyg‘otishlik uchun to‘qib chiqarilgandi. Keyingi davrdagi
tarixchilarning ham mana bu tuhmat gap asosini tarixiy hujjatlar yordamida tekshirib
o‘tirmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z kitoblariga olib kirganlarini 18-asrning insofli nasroniy
olimlari tan oldilar. Iskandariya kutubxonasining yondirilishi tarixiy manbaa jihatidan
noto‘g‘ri ekanligani isbotlab chiqqan kishi ingliz tarixchisi Tsibbon (1734—1794) bo‘ldi. U
o‘zining «Rum saltanatining inqirozi» nomli kitobida 13-asr tarixchisi Abul Farak
tomonidan yozilgan gaplarga ishonmasligini bildirib, o‘z tomonidan bunga dalillar
keltirdi. Shundan keyin insofli tarixchilar asta-sekin kelib manbaani tarixiy hujjatlar
asosida haqiqatlashga kirishdilar. Nemis tarixchisi Fyodor Sheller (1776—1861) o‘zining
«Tarixi umumiy» nomli kitobida Amr ibni Os tomonidan Iskandariya kutubxonasidan
yondirilish masalasini gapirib kelib shunday deydi: «Bu qissaning butunlay uydirma
bo‘luvida aslo shubha yo‘q. Chunki mashhur kutubxonaning asosiy bo‘lmasi imperator
(sulton) Yulyan Misrga hujum qilgan vaqtida yondirilgan edi. Qolgan bir qismi esa Islom
fathidan bir necha yil avval xarob bo‘lgandi. Avgus Myullerning (1848—1892) «Islom
tarixi» nomli kitobida ushbu so‘zlar yozilgandur: «Umarning amri bilan mashhur
Iskandariya kutubxonasi yondirildi, degan gap uydirmadur. Bunday xabar esa arab tarix
manbaalarida va eski Rum tarix manbaalarida ko‘rsatilgan emasdur. Bu xabarni eng
avvalo 13-asr tarixchilaridan biri so‘zlagandi. Buni tarixiy haqiqatga har jihatdan
teskariligi ko‘zga tashlanib turadi. Iskandariya kutubxonasi Islomdan bir necha asr
muqaddam imperator Fedosey (346—395) davrida Feofil tomonidan o‘t qo‘yib
yondirilgandi».
20 juzdan iborat bo‘lgan «Katta qomus» kitobida Iskandariya kutubxonasi haqida
shunday jumlalar bor: «Iskandariya Yulian tomonidan qamal qilingan vaqtida kutubxona
yong‘in ichida qolgandi. Bu nuqson Antoni tomonidan qirolicha Kleopatraga hadya
qilingan 20 ming jildlik kitob hisobiga to‘ldirilgandi». Milodning 389 yilida imperator
Yulinus davrida yepiskop Patrik Feofilning qistovi bilan shaharning sharqiy qismi ichida
kutubxona ham yondirilgandi. Bundan keyin omon qolgan asarlar uchun yangi
kutubxona qurildi. Arablar Iskandariyani fath etishlaridan birnecha yillar muqaddam
kutubxona Yulian tomonidan Konstantinopolga ko‘chirilgandi». Mana shular 13-asr
tarixchilari tomonidan Umar ibni Hattobga va Amr ibni Osga chaplangan balchiqlarni
yuvib tashlashga kifoya qilsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |