Abu Bakr (r. a.) xalifalik mansabiga bani Saqifa soyagohida muxojir va ansor
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
sahobalardan bir guruhlari tomonidan saylan-gan paytlarida Ali ibni Abu Tolib (r.a.)ning
bay’at berishdan bosh tortganliklari yuqorida yozib o‘tilgandi. Mazkur bay’at vaqtida
Umar (r. a.) hazrati Alini bay’at berdirishga majbur qilganlari to‘g‘risida ham gap
yuritilgan edi. Umar ibni Hattob (r. a.) ustlariga hokimiyat javobgarligi yuklangan
paytida u janobning xalq o‘rtasida yuritgan ish uslublari Abu Bakr Siddiqning Umar
to‘g‘rilarida o‘ylagan fikrlarini rostga chiqardi. Hazrati Umarni o‘z o‘rinlariga valiahd qilib
qoldirmoqchi bo‘lganlarida kishilar kirib «Umar juda qattiqqo‘l, berahm», deyishgandi.
Shunda Abu Bakr ularga qarab: «Agar Umar ish boshiga kelsa, albatta, qattiqqo‘lligidan
asar ham qolmaydi, balki odamlarga eng mehribon va shafqatli kimsa bo‘lib qoladi»,
degandilar. Abu Bakrning mazkur gaplarini Umarning xalq orasida yuritgan muomalalari
rostga chiqardi. Xalifalik mansabiga o‘ltirganlaridan keyin hazrati Alini o‘zlariga eng
yaqin maslaxatchi hamda eng yaqin yordamchi qilib ola-dilar. Har qanday hukm
chiqarishdan avval albatta hazrati Alining fikrlarini olardilar. Keyin Aliga muvofiq kelsa
hukm chiqarardilar.
Rivoyatlarda aytilishicha, bir kishi Umarning oldilariga ayolidan «olti oyda tug‘ib
qo‘ydi», deb shikoyat qilib kelgan ekan. Shikoyatini tinglagan Umar ayolga jazo
bermoqchi bo‘libdilar. Shunda hazrati Ali: «Ey Umar, agar men sizga kitobullohdan
hujjat keltirsam, albatta g‘olib bo‘lib chiqaman», debdilar. «Qanday qilib?» deb
so‘rabdilar Umar. «Olloh taborak va taolo o‘z kalomi majdidida «homilasi va sutdan
chiqishi o‘ttiz oy», degandilar. Keyin yana bir o‘zga surai muborakida esa «Onalar
bolalarini ikki yil to‘la emizadilar, agar er shuni istasa», demishdur. Agar bir mazkur
oyatda aytilgan ikki yilni avvaldagi o‘ttiz oydan olib tashlasak, olti oy qoladi. Demak,
homiladorlikning eng ozi — 6 oy bo‘ladi», degan ekanlar. Alining ray’ilarini hazrati Umar
qabul qilgan ekanlar. Hazrati Umar hazrati Aliga bo‘lgan muhabbatlarining isboti sifatida
Fotimai Zahrodan bo‘lgan qizlariga uylangan edilar. Hazrati Alini bunchalik Umar
oldilarida hurmat va e’tibor topishlariga sabab bo‘lgan hodisalar ko‘p o‘tgandi. Shulardan
bittasini yozib o‘tamiz.
Hazrati Alining ustlaridan bir yahudiy Umarga shikoyat etib kelgandi. Umar hazrati
Alini topdirib keladilar. Hazrati Ali kelgan vaqtlarida Umar Aliga qarab: «Ey Abul Hasan,
da’vogaringizning oldiga borib turing»,— deydilar. Shunda hazrati Alining muborak
chehralarida andak achchiqlanish alomati ko‘ringandi. Masala bartaraf etilib bo‘lganidan
keyin Umar hazrati Alidan achchiqlanish sabablarini so‘raydilar». Men sizga
«da’vogaringiz yonida turing», deganimga xafa bo‘ldingizmi?» deydilar. Islom odobi va
adolati bilan bezangan Ali: «Ey Umar, men bunga emas, balki yahudiyni o‘z nomi bilan,
meni esa hurmatli laqabim bilan chaqirganingiz uchun achchiqlandim, zero meni
hurmatlab chaqirishingiz yahudiyning dilida adolatda hukm chiqarmog‘ingizga shubha
paydo qilib qo‘ymadimikin, deya xavotirlandim», degan ekanlar. Ushbu javobni eshitgan
Umar hayratdan chapak chalib: «Sizning xonadoningizdan payg‘ambar chiqqanligiga
ajablanmasa bo‘laverar ekan», dedilar. Hazrati Umarning Rasululloh alayhissalom
nabiralari bo‘lmish muhtaram Hasan va Husaynga qilgan muomalalariga kelsak, har
qanday ta’rifu tavsifdan tashqaridur:
Fazl va Atoda o‘z o‘g‘illaridan ham yuqori qo‘yardilar. Bir payt oradan uch-to‘rt kun
o‘tsa-da, hazrati Hasanni ko‘rmay qoladilar. Ko‘rishganlarida: «Qaerda yuribsiz, bir
necha kundan beri ko‘rolmayman», deydilar. Hazrati Hasan hazrati Umarga qarab: «Men
oldingazga kelayotgan edim. Yo‘lda Abdulloh ibni Umarni uchratdim. Mendan qaerga
ketyapsiz», deb so‘radilar. «Amiral mo‘‘minin oldilariga», deb javob berdim. «Men,—
dedilar Abdulloh,— Amiral mo‘‘mininni istab borgandim, biroq oldilariga kiritmadilar».
Abdullohning gaplarini eshitib men ham orqamga qaytib ketdim», dedilar. «Ey Hasan,
siz qaerdayu, Abdulloh qaerda: axiri Abdulloh sizdek bo‘la oladimi?» dedilar.