Reja: Payg’ambarimiz haqida



Download 20,94 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi20,94 Kb.
#760992
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Payg’ambarimiz hayoti haqida nimalarni bilasiz


Reja:
1.Payg’ambarimiz haqida.


2.Qur’on haqida.
3.Shariat haqida.

Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (arabcha: مُحَمَّد بنِ عَبْد ٱللَّٰه; tax. 570-yil, Makka — 8-iyun 632-yil, Madina)[1][2] — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan.

Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.

Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn Horisa eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.


Madinada birinchi masjid qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi. Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.

Allohning paygʻambari — Muhammad


Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.

Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning „Shamoili nabaviya“, Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.

Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6666 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabcha: juz, forscha: pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 282-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.

Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.


Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.

Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.

Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxoʻrlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi.

Ulamolar Qurʼon oyatlarini Allohning amrlari va nahiylar (yaʼni moʻmin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), vaʼda va vaʼidlari (yaʼni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan vaʼdalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qoʻrqitishlari), avval oʻtgan ummatlar, paygʻambarlarning tarixlari, halol-harom narsalar, banda qilishi kerak boʻlgan duolar kabi qismlarga boʻladilar.


Qurʼon kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba boʻldi. Abu Hanifa „al-Fiqh al-akbar“, Abu Mansur Moturidiy „Kitob at-tavhid“, Abu Hafs Nasafiy „Aqoid an-Nasafiy“ asarida olgʻa surilgan islom taʼlimotiga oid oʻz fikrlariga dalil sifatida Qurʼon oyatlarini keltiradilar. Qurʼon fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunnat, ijmo, qiyos turadi. Qurʼonda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi.
hariat (arabcha: شريعة — „toʻgʻri yoʻl“; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan. Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan.

Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda sunniylik va shialikdagi shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati, meros, jinoyat, jazo, oila, nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi.

Tolibon diniy politsiyasi 2001-yil 26-avgustda Kobulda ayolni kaltaklamoqda, deb xabar beradi RAWA oʻzining yuzi ochgani uchun


Sharhida barcha xatti-harakatlar, dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, roʻza tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (misol u-n: uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol u-n: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (misol u-n: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Shariat jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.

Shariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana qarang Musulmon huquqi).


Kalimai shahodat
Namoz • Roʻza
Haj • Zakot
Muhim Shaxslar
Muhammad SAV •
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara
Kalimai shahodat (Arabcha - guvoh liksoʻzlari), tashahhud — islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi — imonning asosi. Unga koʻra, "Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad Uning rasulidir", degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar K. sh.ni aytish orqali boshqalardan, avvalo koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. K.sh. ibodatning asosiy soʻzlari hisoblanadi, namozda takror-takror oʻqiladi.[1]

13-asr qul bozori, Yaman. Shariatda qul va kanizaklar mulk sanaladi; sotib olinishi, sotilishi, ijaraga berilishi, hadya qilinishi, taqsimlanishi va meros qilib olinishi mumkin


Qasos; Bu qabila ijtimoiy tuzumidagi qasos sifatida tushuniladigan va ijtimoiy tenglik asosida amalga oshiriladigan dastur. Oʻldirilgan ayolmi, erkakmi, qul, elita yoki oddiymi, hisobga olib, qotilın qabilasidan oʻldirilganga teng kimdir oʻldiriladi. Masalan, qul uchun faqat qulni, ayol uchun ayolni oʻldirish mumkin edi.[1][2][3]

Qasosda ijtimoiy ekvivalentlikning sharti shundaki, agar quyi ijtimoiy sinfdagilar yuqori sinfdan kimnidir oʻldirsa, qasos qoʻllaniladi. Ammo agar yuqori sinfdan kimdir quyi sinfdan kimnidir oʻldirsa, qasos olish mumkin emas, lekin dietani toʻlash mumkin.

Qurʼon 2: 178 da ijtimoiy tenglik shartini oʻz ichiga oladi;

„Sizlarga oʻldirilgan kishilar uchun ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Endi kimga birodari tomonidan bir oz afv qilinsa, u holda yaxshilik bilan boʻyinsunish va chiroyli suratda tovon toʻlash lozimdir“.(Baqara surasi:178)


Odam(a.s.) qissasi Qur’oni karimda 10 suraning 78 oyatida zikr etilgan.
№ Suralar Oyatlar raqami № Suralar Oyatlar raqami
1 Baqara 30-38 6 Kahf 50-51
2 Oli Imron 33-59 7 Maryam 58-60
3 Moida 27-34 8 Toha 115-123
4 A’rof 11-27, 31, 35, 172-
173
9 Yosin 60-62
5 Isro 61-65, 70 10 Sod 71-85
Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish