www.ziyouz.com kutubxonasi
41
so‘ng Islomni qabul qiladi. Mazkur jangda musulmon ayollari kam juda qattiq jonbozlik
ko‘rsatib yuborgandilar. Ular yolg‘iz hamshiralik vazifasini ado etibgina qolmay, balki
qo‘llariga qurol olib jang maydonida rumliklarga qarshi urushda faol ishtirok etdilar.
Suriyada olib borilgan janglarda «Yarmuk» urushining ahamiyati g‘oyat katta bo‘ldi.
Rumliklar bundan keyin Islom askarlari yana qaytadan Suriyadagi shaharlarni fath
etishni boshladilar. Har bir qo‘mondon o‘ziga atalgan viloyatni fath etish bilan mashg‘ul
bo‘ldi. Yarmuk janggidan so‘ng Suriyadagi eng muhim ish amalga oshirib bo‘lindi.
Yarmuk g‘alabasining xabari xalifa Umar ibni Hattob (r. a.)ga yetib kelishi bilan darhol
Ubayda ibni Jarrohga maktub yozdilar.
Maktubda Ubayda ibni Jarrohni bosh qo‘mondon tayin etilib, Xolid ibni Valid esa bosh
qo‘mondonlikdan olinganligi yozilgandi. Ba’zi bir siyosiy holatlarni hisobga olgan Umar
(r. a.) Xolid ibni Validni vazifalaridan bo‘shatib, oddiy qo‘movdonlik amaliga
tushirgandilar.
Zotan oliyjanob bir kimsa bo‘lgan Xolid ibni Valid ichlarida har qancha xafa
bo‘lmasinlar, ustlarida bildirmay yana avvalgiday g‘ayrat va shijoat bilan Islom
lashkarida xizmatlarini davom ettiraveradilar.
Ubayda ibni Jarroh bosh qo‘mondon bo‘lsalar-da, Xolid ibni Validni juda hurmatlar,
doimo maslahatlarini olib ish yuritardilar.
Shom viloyatida eng asosiy shaharlardan sanalgan Quddus shahri bor edi. Mazkur
shahar nasroniylar qoshida muqaddas sanalgani uchun uning qo‘ldan ketishi nasroniy
olamiga g‘oyatda yomon ta’sir qoldiradi. Rum sultoni Konstantinopolga ko‘chib o‘tgan
bo‘lsada, biroq Qudusni qo‘ldan boy berishni istamasdi. Chunki Quddus orqali harbiy
kemalarda askar olib kelib, Shom viloyatiga tushirish mumkin bo‘lardi.
Quddus shahrini olish uchun bir kunlar qamal qilindi. Oxiri shahar aholisi xalifaning
o‘zi kelsa unga shaharni topshirishga rozi bo‘ldi. Shunga binoan, Umar ibni Hattobning
shaxsan o‘zlari Quddusni olish uchun Madinadan Shomga safarga chiqdilar. O’rinlariga
Ali ibni Abu Tolibni tayinlab o‘zlari oddiy otga mingan holda yo‘lga chiqdilar. 15-yilda
Quddus ham Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi.
Umar ibni Hattob Quddus aholisiga omonlik xati yozib berdilar. Bosh qo‘mondon
Ubayda ibni Jarroh Xolid ibni Validni Qinnarsarinni fath etgani, Ubayda ibni Sobitni esa
Lozukiyani fath etgani askar bilan yubordilar. 16—17-yillar ichida har ikki qo‘mondon
o‘zlariga topshirilgan vazifalarini sharaf bilan ado etdilar.
Bundan keyin bosh qo‘mondon Abu Ubaydaning o‘zlari Xalabga yurdilar. Xalab juz’ya
beruv sharti bilan sulh so‘radi. Xalab fath etilgach, Antokiyaga yurdilar. Antokiyada
anchagana askar bor edi. Shuning uchun ular Abu Ubayda askarlariga qarshi urishmoq
uchun Antokiya qo‘rg‘onidan olti chaqirimcha yerda kutib turdilar. O’rtadagi urush
dushman askarlarining qochishi bilan tugadi. Antokiya xalqi ham juz’ya beruv sharti
bilan sulh tuzdi. Sulton, Xerakl Islom askarlari bilan qat’iyroq bir suratda urushib,
qaqshatgich, o‘nglanmas zarba berish ishtiyoqida kuchli qo‘shin tayyorlayotgan edi.
Mazkur qo‘shin tayyor bo‘lgach, kemalar bilan Antokiyaga yuboriddi. Bosh qo‘mondon
Abu Ubayda ham har tomonga taralib ketgan Islom lashkarlarini tez orada bir o‘ringa
jamladilar. Hims yaqinidagi juda qattiq jang rumliklar mag‘lubiyatidan va butun Suriya
viloyatini fath etilishi bilan zafarli yakunini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |