www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Beshinchi sonda bayon etilgan tabiat sirlarini noto‘g‘ri yo‘l bilan o‘rganishlikka Islom
o‘zining «har bir narsani hujjatiga qarab qabul qilinglar, taxmin va gumonlar haqiqatni
o‘zgartira olmaydi», degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Oltinchi sonda bayon etilgan odamlarni yaratilishi va vazifalarini ularga anglatish
uchun Islom: «Sizlar faqat Ollohga ibodat qilish uchun yaratilgansizlar, yer yuziga xalifa,
ya’ni Olloh tomonidan o‘rinbosar etilgansizlar. O’rinbosarlik sizlarga aynan har bir
mavjudot haqqini adolatda ado etmog‘ingizni taqozo etadi. Tiriklik kunlaringizni yaxshi
amallar bilan o‘tkazishingiz kerak, degan shiorni olg‘a surdi.
Yettinchi sonda bayon etilgan «kuch — hal qiluvchi omil», degan tushunchani Islom
o‘zining «erkakka ham qilgan amallaridan nasiba bor, ayolga ham qilgan amallaridan
nasiba bor», dsgan shiori bilan barham berish uchun kirishdi.
Sakkizinchi sonda bayon etilgan chigalliklarni barham berish uchun Islom o‘zining
«hammangiz boshliqsiz va hammangiz o‘z qo‘l ostilaringizdagilardan javobgarsiz,
Ollohga va uning Rasuli hamda o‘zlaringiz saylab qo‘ygan boshliqlarga itoat eting. Agar
sizlarga qora, boshi tepakal qul boshliq etilsa, ichlaringizda kitobullohning amrini
og‘ishmay amalga oshirsa unga itoat etinglar», degan shiorni e’lon etdi.
Yuqorida aytib o‘tilgan yuksak ta’limotlarni jahon xalqlari o‘rtasida, olamda ezilib
yotgan afgor omma o‘rtasida qaror toptirishlik uchun, ularni asrlardan bsri o‘rab olgan
zulm, jabr, adolatsizlik zanjiridan xalos etishlik uchun, zolim, mustabid, xohishparast
hokimlarni va ularga hamtavoq bo‘lgan, o‘zlarini diniy arboblarimiz, deb atagan
kishilarning qo‘llaridan xalqlar taqdirini hal qilishlik sultasini olib uni haqiqiy egasi
bo‘lgan Ollohga topshirishlik uchun jihodlar qilingan. Arab saltanatini Rum va Eron
saltanati o‘rnida barpo etishlik maqsadida emas, balki umum jahon afgor ommasiga o‘z
huquqini o‘zi belgilashlik, ozodligini berishlik uchun jihodlar qilingan. Islomiy jihodlar
bilan o‘zga xalqlar olib borgan urushlar o‘rtasidagi asosiy farq mana shulardan iborat.
Hozirgi kunda oddiy bir shahar hokimining uyi taftish etilganda, noqonuniy suratda
jamg‘arilgan millionlab pullar chiqayotgan bir onda, butun Islom davlatining
umumrahbari bo‘lgai xalifalar vafot topishgan vaqtida qoldirishgan boyliklari
bo‘yinlaridagi qarzlari bo‘lgan, xolos. Ular ham agar o‘zga rahbarlar kabi g‘amlari mol
jamgarish bo‘lganida edi, albatta, bunday imkoniyatga ega edilar. Lekin ulardagi iymon,
xalqlarga bo‘lgan haqiqiy muhabbat, Ollohga bo‘lgan muhabbat har qanday o‘tkinchi
narsalar muhabbatidan yuksak bo‘lgandi. Ular boyliklarga umum mulki dsb, Olloh —
umum insoniyat mushtarak holda o‘z ehtiyojini qondirish uchun boyliklarini yaratgan
degan, ko‘z qarashda bo‘lgandilar. Ular boylikni taqsimlab turganlarida kichkina bolalari
og‘ziga solib olgan bir dirhamni ham zo‘rlab olib qo‘ygandilar. Zsro, Umar
umummushtarak molda bir dirham ham ortyqcha, o‘zgalarlan haqqi yo‘q, dsgan
ko‘rsatmaga ishora qildilar.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |