www.ziyouz.com kutubxonasi
47
Bir hovuch makkor kimsalar umum boylikka egalik qilardilar. Qolgan mehnatkash xalq,
mana shu boylikning hosil bo‘lishida asosiy xizmatni qilgan oddiy mehnatkash xalq esa
hamma narsadan mahrum qolaverardilar. Bunday holatni go‘yo tabiiy deya, xudo
tomonidan shunday bo‘lishligiga ishora etilgan deya diniy rahbarlar talqin etardilar.
Uchinchidan, davlatlar ichida amalda bo‘lgan qonunlar hech qanday adolatga
asoslanmay balki ba’zi bir guruhlarning xohishlarini ifoda etardi. Natijada joriy qonunlar
ham mehnatkashlarni ezish, ularni xorlashlikning bir turi bo‘lib qolgandi.
To‘rtinchidan, diniy tushunmovchilik tufayli xalqlar o‘rtasida paydo bo‘lgan turli xurofiy
odatlar va bu xurofiy odatlarni din nomidan talqin etilishi sababli xalqlar ustiga juda ko‘p
yomonliklar tushgandi. Olloh taolo o‘z payg‘ambarlariga yuborgan asl dinni kishilar o‘z
xohishlari tomonidan qo‘shilgan xurofotlar butunlay qoplab olgandi. Natijada azizu
mukarram bo‘lgan inson o‘zini-o‘zi hor qilib allaqanday jonsiz toshdan va yog‘ochdan
yasalgan but hamda haykallarga, hatto oddiy xayvonlarga ibodat etib, talpinadigan
bo‘lgandi.
Beshinchidan, xurofiy illatlar natijasi o‘laroq, olam va tabiat sirlarini to‘g‘ri ilmiy
asoslar bilan sharhlab o‘rganishlik yo‘li to‘sib qo‘yilgandi. Oqibatda insoniyat tabiat
sirlariga to‘g‘ri yondoshish orqali oshno bo‘lmay, balki allaqanday tagi yo‘q gumon va
taxminlar qorong‘uligida shabko‘rdek kezardi.
Oltinchidan, odamlarni dunyoda yaralishliklarida maqsad va dunyodagi vazifalari
nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida har turli xurofiy fikrlar sababidan asosiy maqsad
berkinib ketib, haqiqat anglashilmay qolgandi.
Yettinchidan, «Hamma narsani kuch hal qiladi», degan noto‘gri tushuncha xalqlar
orasida hukmron bo‘lib qolganligi sababli, erkaklarga nisbatan nimjon bo‘lgan asllar
jamiyatda butunlay nufuzlarini yo‘qotgandilar. Ular hech qanday, na shaxsiy va na
ijtimoiy hukuqlarga ega bo‘lmay qolgandilar.
Sakkizinchidan, boshliqlar o‘z ustlariga xalq tomonidan yuklangan vazifani to‘g‘ri
anglab yetmaganlari sababli, xalqlar esa boshliqqa nisbatan qanday mavqe’da
ekanliklarini tushunishlikda chigalliklar sababli o‘rtada do‘stona mushtarak aloqa
etuvchilarga emas, balki bir-biriga adovat saqlovchilarga aylangandilar. Dunyoda hukm
surayotgan mana shu kabi holatlarni to‘g‘ri tushunchada tushuntirishlik uchun Olloh
taolo va taborak Arab yarim orolida yashovchi Muhammad ibni Abdullohga vahiy
yuborgandi. Mana shu ilohiy vahiyda bayon etilgan narsalarni yer yuzi xalqlariga
yetkazishlikka taklif etgandi.
Eng birinchi sonda bayon otganimiz jins va tabaqalar tafovutini Islom, «hammangiz
bir ota-onadan tarqalgansiz», degan shiori bilan, «arabning ajamdan, ajamning arabdan
ortiqigi yo‘q, fazilat faqat taqvoda»; degan shiori bilan barham berishga kirishdi.
Ikkinchi sonda basn etilgan boyliklarni taqsimlashdagi adolatsizlikka Islom moldor
kimsalarga qarata: «Ey moldorlar, sizlar men bergan boylikdan mahrum kimsalarga ham
beringlar. Molini mening yo‘limda kambag‘al bechoralarga, yetimlarga, bevalarga
bermay saqlab qo‘yganlar uchun qiyomat degan dahshatli kunda qattiq azoblar hozirlab
qo‘yganman», degan tahdidli shiori bilan barham berishga kirishdi.
Uchinchi sonda bayon etilgan jabrona qonunlarini Islom: «Qonun chiqarishlik yagona
Ollohning haqqi, hukm faqat Ollohga xos, havolaringiz xohishiga qarab qonunlar
chiqarsangaz, hukmlar joriy etsangiz, unda sizlar zolimlar, kofirlar va fosiqlardan
bo‘lasiz» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
To‘rtinchi sonda bayon etilgan hurofotlarga Islom: «Ey aziz insonlar, sizlar faqat
o‘zlaringizni yaratgan ilohgagina ibodat etinglar», degan, «Ollohdan o‘zga narsalar zarar
ham yetkazolmaydi, foyda ham yetkazolmaydi», degan, «hamma narsa Ollohning
mahluqi» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |