Hikmat bobo qurib qolganligi sababli hovlisidagi 108 qop yong’oqni omborga tashish uchun nevaralarini ishga chaqirdi. Nevaralari kelib juft-juft bo’lib bo’linishdi va har bir juftlikka 3 ta qop to’g’ri keldi. Hikmat boboning nechta nevarasi ishga kelgan?
108:3=36 ta juft -> 36*2=72
Uch xonali son 7 bilan boshlanadi. Agar 7 ni sonning oxiriga olib o’tsak yangi xosil bo’lgan uch xonali son avvalgisidan 117 ga kam bo’ladi. Berilgan sonni toping.
7xy, xy7+117 -> y=4 -> 7x4, x47+117 -> x=6 -> 764, 647 -> 764-177=647.
Agar aka 2 yil avval ukasidan 2 marta katta , 6 yil avval uch marta katta bo’lgan bo’lsa , 8 yil avval necha marta katta bo’lgan?
x-2 = 2(y-2) x-6 = 3(y-6) -> x-2 = 2y-4, x-6 = 3y-18 -> x-2y =-4+2, x-3y=-18+6 -> {x-2y=-2 x-3y=12 -> -2y + (-3y) = -10 -> y=10 -> x=18 1) 18-2=16, 10-2=8 2) 18-6=12, 10-6=4 3) 18-8=10, 10-8=2 J: (3)
11 ta futbolchining o’rtacha yoshi, kapitansiz 10 tasining o’rtacha yoshidan 1 yosh ko’p. Kapitanning yoshi 11 ta futbolchining o’rtacha yoshidan qancha ko’p
O`zidan oldin kelgan barcha toq sonlar yig`indisining 1/6 qismiga teng bo`lgan natural sonni toping
O’ylangan uch xonali sondan 7 ni ayirsak, u 7 ga bo’linadi, 8 ni ayirsak 8 ga bo’linadi, 9 ni ayirsak 9 ga bo’linadi. O’ylangan sonni toping
Shunday eng katta uch xonali sonni topingki, uni 43 ga bo’lganda qoldiq va bo’linma bir xil chiqsin
Kasr surati va maxrajining yig`indisi 23 ga teng. Surati maxrajidan 9ta kam. Shu kasrga 9/16 ni qo`shganda necha hosil bo`ladi?
Kishi harakatsiz eskalatorda 4 minutda, harakatlanayotgan eskalatorda 48 sekundda yuqoriga ko`tarildi. Shu kishi harakatdagi eskalatorda to`xtab turgan holda necha minutda yuqoriga ko`tariladi?
Ovchi it o’zidan 120 m naridagi tulkini quva ketdi. Tulki 1 minutda 320 m, ovchi it 350 m yugursa, it tulkini necha minutda quvib yetadi?
Ikkita buyumdan birining 10 tasi 1 dinor, ikkinchisining 15 tasi 1 dinor. Bir dinorga ikkala buyumdan bir xil miqdorda necha donadan sotib olish mumkin?
Bir yilda eng ko’pi bilan necha marta yakshanba kelishi mumkin?
1 dan 100 gacha bo’lgan barcha natural sonlarning ko’paytmasi nechta nol bilan tugaydi?
9 ta ot 3 kunda 27 bog’ o’t yeydi. U holda 5 ta ot 5 kunda nechta bog’ o’t yeydi.
a ning b ga nisbati 4:5, b ning c ga nisbati esa 7:8 kabi. c ning necha foizini a tashkil qiladi?
Mis bilan rux qotishmasida mis ruxdan 640 g ortiq. Qotishmadan undagi misning 6/7 qismini va 60% ruxni ajratib olishganidan keyin qotishmaning massasi 200 g ga teng bo’lib qoldi. Dastlab qotishmaning massasi necha g bo’lgan?
Barcha uch xonali natural sonlar ketma-ket yozib chiqilsa, necha xonali son hosil bo'ladi?
Bir xattot 8 kunda 15 varoq yoza oladi. 405 varoqni 9 kunda yozishga ulgurish uchun necha nafar xattot zarur bo’ladi?
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydoninig bo’yi enida 3 marta uzun. Shu maydonni taxta devor bilan o’rab olish uchun 120 ta ustun tayyorlandi, lekin devor qurishdan oldin maydon bo’yini 1,5 marta, enini esa 1,2 marta uzaytirish kerak bo’lib qoldi. Endi yana qancha ustun tayyorlash kerak?
Buyuk kishilardan birining tug’ilgan yilini toping. Uning tug’ilgan yilining raqamlari yig’indisi 5 ga bo’linadi, agar o’sha yilga 7452 ni qo’shsak, tug’ilgan yilining teskari tartibda yozilgan soni chiqadi
35ta natural sonni ketma-ket yozish natijasida hosil bo`lgan 123…3435 sonini 25 ga bo`lish natijasida hosil bo'lgan qoldiq nechaga teng
Shaxmat bo’yicha birinchilikda 231 partiya o’ynaldi. Agar har bir shaxmatchi har biri bilan bir martadan o’ynagan bo’lsa, birinchilikda hammasi bo’lib nechta o’yinchi qatnashgan?
Hovuzga 3 ta quvur o’tkazilgan. Birinchi va ikkinchi quvurlar hovuzni 1 soat-u 10 minutda, birinchi va uchinchi quvurlar hovuzni 1 soat-u 24 minutda, ikkinchi va uchinchi quvurlar esa hovuzni 2 soat-u 20 minutda to’lg’azadi. Uchala quvur bir vaqtda ochib qo’yilsa, hovuz qancha vaqtda to’ladi?
To’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi hovuz 1,2 m balandlikkacha suv bilan to’ldirilgan, bu suv bir nasos bilan 16 soatda chiqarib olinadi. Bu nasos ish unumining ikkinchi bir nasos ish unumining nisbati 3 : 5 kabi bo’lsa, hovuzdagi 1,5 m balanlikkacha to’ldirilgan suvni ikkinchi nasos qancha vaqtda chiqara oladi?
Bir necha kishi 72 so’mni baravardan to’lashlari kerak. Agar ular 3 kishi kam bo’lsa har biri 4 so’mdan ortiqcha to’lashi kerak. Ular necha kishi?
Kulol 75 ta ko’zasini bozorga olib borish uchun arava yolladi. “Sindirmay olib borgan har bir ko’za uchun 30 so’mdan beraman. Singan har bir ko’za uchun 120 so’mdan to’laysan”, - dedi kulol. Aravakash rozi bo’ldi. Bozorga kelgach butun qolgan ko’zalarni sanab kulol aravakashga 1650 so’m berdi. Yo’lda nechta ko’za singan?
Shaxmat bo’yicha birinchilikda 231 partiya o’ynaldi. Agar har bir shaxmatchi har biri bilan bir martadan o’ynagan bo’lsa, birinchilikda hammasi bo’lib nechta o’yinchi qatnashgan?
Bir dona qovun 50 so’m, handalak 10 so’m, bodring 1 so’m deylik. Bir kishi 500 so’mga jami 100 ta qovun, handalak va bodring oldi. U nechta bodring olgan?
Uchta olma va 1 nokning vazni 10 ta shaftoli bilan bir xil, 6 ta shaftoli va 1 ta olma 1 dona nok vaznga teng. 1 ta nokni muvozanatlash uchun qancha shaftoli olish kerak?
Bir ishni 10 kishi 8 kunda bajara oladi. 2 kundan so’ng (uchinchi kuni) ularga yordam berish uchun bir necha kishi kelib qo’shildi va qolgan ishni 4 kunda bajarishdi. Necha kishi kelib qo’shilgan?
Gimnastikachilar seksiyasi a’zolarining o’rtacha yoshi 11 yosh; seksiya boshlig’ining yoshi 17 yosh, guruh a’zolarining, boshlig’dan tashqari o’rtacha yoshi 10 yosh. Seksiyada nechta a’zo bor?
A qishloqdan piyoda kishi, B qishloqdan unga qarab velosipedchi yo’lga chiqdi. Ular uchrashganlaridan keyin piyoda B ga qarab yo’lni davom ettirdi, velosipedchi esa orqasiga qaytib, u ham B ga qarab jo’nadi. Piyoda B ga velosipedchidan 2 soat kech yetib kelganligini, piyodaning tezligi esa velosipedchinikidan 3 marta kam ekanligi ma’lum. Harakat boshlangandan to piyoda bilan velosipedchi uchrashguncha qancha vaqt o’tgan?
Sakkizta ketma-ket kelgan natural sonlarning yig`indisi 700ga teng. Shu sonlarning eng kichigini nechaga teng?
2 xonali sonning o`ng tomoniga 0 raqami yozilsa, berilgan sonning yarmi , bilan 228 ning yig`indisiga teng bo`lgan son hosil bo`ladi. Berilgan sonni toping.
Hovuzni ertaga soat 16 gacha to’ldirish uchun bugun soat 13 da bitta quvur ochishdi. Lekin hovuzni soat 12 gacha to’ldirish kerak bo’lib qolgani uchun biror vaqtdan so’ng xuddi shunday ikkinchi quvur ochib qo’yildi. Ikkinchi quvurni soat nechada ochishgan?
PDP akademiyasida o’quvchiga 7 kunlik masala berildi.O’quvchi har kuni berilgandan 10 ta ko’p yechib bir kun avval berilgan masalani tugatdi. O’quvchi harkuni nechta masala yechgan?
–(1-(1-(1-(1-(1-(1-(1-1-(…))))))) sonli ifodada 2006 ta bir raqami bo’lsa, ifodaning qiymatini hisoblang.
Bir banka asal 500 grammni tashkil qiladi. Xuddi shu bankada kerosin 350 grammni tashkil qiladi. Kerosin asaldan 2 baravar yengilroq. Bo'sh idishning vazni necha gramm?
4 ta to’g’ri chiziq bilan tekislikni maksimal nechta qismga ajratish mumkin? Mumkin bo’lgan barcha hollarni ko’rib chiqing.
2 bilan boshlanuvchi uch xonali son 2006 marta yozilgan. U son 91 ga bo’linadi. Sonni toping.
Shunday eng katta uch xonali sonni topingki, uni 43 ga bo’lganda qoldiq va bo’linma bir xil chiqsin
Temiryo’l stansiyasiga yaqin joydagi dala hovlisida yashovchi bir kishi odatda dala hovlidan stansiyaga poyezd jo’nashiga taqab 18 minutda kelardi. Bir kuni u kishi yo’lga chiqishdan oldin hovlida bir necha minut ushlanib qoldi. Shundan keyin u tezligini odatdagidan 1,2 marta oshirgani bilan baribir poyezdga 2 minut kechikdi. U yo’lga chiqishdan oldin uyida necha minut ushlanib qolgan?
Quyidagi shaklda nechta kvadrat bor?
O`zidan oldin kelgan barcha toq sonlar yig`indisining 1/6 qismiga teng bo`lgan natural sonni toping
To’rt xonali sonni mingligidan qolgan qismi ayrilib shunday ikki xonali son hosil qilindiki, uning 1-raqami dastlabki sonning 1-raqami bilan, 2-raqami esa dastlabki sonning 3-raqami bilan mos tushadi. Shu to’rt xonali sonni toping
Bir dona qovun 50 so’m, handalak 10 so’m, bodring 1 so’m deylik. Bir kishi 500 so’mga jami 100 ta qovun, handalak va bodring oldi. U nechta bodring olgan?
Uzunligi 168 m bo’lgan poyezd simyog’och yonidan 8 sekundda o’tib ketdi. U xuddi shu tezlik bilan ko’prikdan 27 sekundda o’tdi. Poyezdning tezligini toping (m/s).
Fermerning sigirlari, qo’ylari va tovuqlari soni bir-biriga teng. U qo’ylarining yarmini va tovuqlarining uchdan birini sotib, oʻrniga 10 ta echki va 3 ta sigir sotib oldi. Hozir fermerda jami 39 ta hayvon bor. Hozir fermerning sigirlari soni nechta?
9 ta ot 3 kunda 27 bog’ o’t yeydi. U holda 5 ta ot 5 kunda nechta bog’ o’t yeydi.
Zalni pol qilish uchun bo’yi 30 sm, eni 8 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi 8400 ta parket plitkalari (koshinlari) buyurilgan edi, ammo omborda bo’yi 32 sm, eni 9 sm plitkalar bor ekan. Pol qilish uchun bunday plitkalardan qancha kerak?
Bir ayol bog’ga olma tergani kirdi. Bog’dan 4 ta eshik orqali chiqishi kerak edi. Har bir eshik oldida qorovul turgan bo’lib, ayol birinchi qorovulga tergan olmalarining yarmini berdi. Ikkinchi qorovulga esa qolgan olmalarning yarmini berdi. Uchinchi va to’rtinchi qorovullarni ham shunday siyladi. Oxirida o’ziga 10 ta olma qoldi. Ayol bog’dan nechta olma uzgan?
4 ta to’g’ri chiziq bilan tekislikni maksimal nechta qismga ajratish mumkin? Mumkin bo’lgan barcha hollarni ko’rib chiqing.
Uchburchakning bir burchagi 30 gradus, 2-burchagi esa undan 3 marta katta bo`lsa , shu uchburchakning 3-burchagiga qo`shni bo`lgan burchakni necha gradus?
Bir yo’nalish bo’yicha 10 ta avtobus bir xil tezlikda va bir xil vaqt oralig’ida harakatlanadi. Avtobuslar harakati oralig’i vaqtini 1/6 marta qisqartirish uchun shu yo’nalishga yana nechta avtobus qo’yish kerak?
3 ta tovuq 3 kunda 3 ta tuxum tug’adi 12 ta tovuq 12 kunda netchta tuxum tug’adi? (48)
Sonlar ketma – ketligiga qarang: 36, 34, 30, 28, 24,… Keyingi raqam qanday bo'lishi kerak?
Ikkita buyumdan birining 10 tasi 1 dinor, ikkinchisining 15 tasi 1 dinor. Bir dinorga ikkala buyumdan bir xil miqdorda necha donadan sotib olish mumkin?
O`zidan oldin kelgan barcha toq sonlar yig`indisining 1/6 qismiga teng bo`lgan natural sonni toping
Agar ikki xonali x son raqamlari orasiga shu sonning o’zini yozilsa, u holda hosil bo’lgan to’rt xonali son dastlabki sondan 66 marta katta bo’ladi. x ni toping.
Savatdagi olmalarni 2 talab, 3 talab, 4 talab, 5 talab, 6 talab olinsa, savatda har gal 1 ta olma qoladi. Agar olmalarni 7 talab olinsa, savat bo’shaydi. Savatda eng kami bilan nechta olma bor?
Suzuvchi anhorda oqimga qarshi suzmoqda. Suzuvchi
anhor ko’prigi ostida turib yog’ochni qo’yib yubordi va o’zi yana 20 minut oqimga qarshi suzdi. Keyin yog’ochni quvib etish uchun orqaga qarab suzdi. Agar suzuvchi yog’ochni quvib etish uchun 2 km suzgan bo’lsa, anhor oqimining tezligini toping.
1000 ta shishada suv bor. Shishalardan biridagi suv zaharlangan. Agar sichqon zaharli suv ichganidan keyin bir soat ichida o’lishi ma’lum bo’lsa, qaysi shishadagi suv zaharlanganini bir soat ichida aniqlash uchun minimal sonda nechta sichqon kerak bo’ladi? Bunda sichqonlarga suv ichirishga vaqt ketmaydi deb hisoblansi.
Tikuvchida uzunligi 16 metr bo'lgan mato bor, u har kuni 2 metrni kesib tashlaydi. U necha kundan keyin oxirgi qismini kesib tashlaydi?
Birdan minggacha bo’lgan sonlar ketma-ket yozilgan. Bu yozuvda bir raqami necha marta uchraydi?
Birlar xonasidagi raqamidan yetti marta katta bo’lgan
butun sonni toping.
Savatdagi olmalarni 2 talab, 3 talab, 4 talab, 5 talab, 6 talab olinsa, savatda har gal 1 ta olma qoladi. Agar olmalarni 7 talab olinsa, savat bo’shaydi. Savatda eng kami bilan nechta olma bor?
To’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi hovuz 1,2 m balandlikkacha suv bilan to’ldirilgan, bu suv bir nasos bilan 16 soatda chiqarib olinadi. Bu nasos ish unumining ikkinchi bir nasos ish unumining nisbati 3 : 5 kabi bo’lsa, hovuzdagi 1,5 m balanlikkacha to’ldirilgan suvni ikkinchi nasos qancha vaqtda chiqara oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |