www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Vasiyatlariga binoan chorshanba kuni Oyisha onamizning hujralariga Rasululloh va Abu
Bakrning yonlariga dafn qilindilar. Janoza namozi masjidda o‘qildi, Suxayb Rumiy imom
bo‘ldilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlari o‘n yilu olti oy bo‘lib, vafot etganlarida yoshlari 63
da bo‘lgandi.
Hazrati Umar jismonan o‘lgan bo‘lsalar-da, biroq Islom uchun Olloh yo‘lida kishilar
baxtiyorligini istab qilgan xizmatlari tufayli xalq orasida nomlari yaxshilik va adolat
timsoli sifatida yashab qoldi.
Inshoolloh kelajakda ham yashab qolajakdur!
Esang istar dilo umri farovon
Haqiqat yog‘iga qovrilgan ey jon!
XULOSA
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tomonlaridan arab jazirasida sof ilohiy qonunga
binoan amal etadigan yagona hukumat barpo etilgandi. Hazrati Abu Bakr va hazrati
Umar davrlarida esa mazkur hukumat ancha kengayib, ba’zi bir qo‘shni davlatlarni ham
o‘ziga birlashtirib oldi, kuchli mamlakatga aylandi.
Rum va Eron saltanatlari asrlardan beri qo‘shni davlatlarni goh unisi-goh bunisi bosib
olib hukm surib kelgandilar. Ularning yuritgan siyosatlari faqat mazkur bosib olingan
yerlardan o‘z foydalariga soliq undirish, o‘z davlatlarining xazinalarini chetki tushumlar
hisobiga ko‘paytirishdan iborat edi. Ular boSib olingan xalqlarni zo‘rlab o‘z qo‘llari ostida
tutib turardilar. Rum va Eron amaldorlari qo‘sh ayvo» li saroylarda yashardilar. Tez-tez
turli bazmlar uyushtirardilar. Bu bazmlarga behisob aqchalar sarflanardi. Bularning
hammasi oddiy mehnatkash xalq hisobidan qilinardi. Saltanatlar qo‘l ostida yashovchi
xalqlar zulm va zo‘ravonlik siyosatidan nihoyatda bezor bo‘lib, qalblari ularga nisbatan
nafratga to‘lib ketgandi. Mana shuning uchun ular Islom askarlariga ortiq qarshilik
ko‘rsatmay taslim bo‘lgandilar. Ular Islom hukmdorlarida misli bo‘lmagan adolat va
oliyjanoblikni ko‘rganlaridan keyin Rum va Eron amaldorlari tomonidan xo‘rlangan oddiy
xalqqa hech qanday ortiq qarshiliksiz shahar darvozalarini ochib bergandilar. Arablarga,
Rum va Eron kabi kuchli va qudratli sanalgan saltanatlarga bir vaqtning o‘zida hujum
qilib har ikki maydonda ham g‘alaba keltirgan narsa eng avvalo ilohiy ta’limot bo‘lgan
Qur’on ko‘rsatmalariga hech qanday og‘ishmay tinchligu urush holatlarida amal
qilganlari bo‘lsa kerak. Ular mazkur saltanatlarni bosib olib u yerdagi boyliklarni shaxsiy
manfaatlari yo‘lida istaganlaricha foydalanishga imkoniyati bo‘lish uchun urush qilganlari
yo‘q. Balki maqsadlari har qanday manfaatdorlikdan sof bo‘lgan holda mazkur sultonlar
qo‘li ostida asrlardan beri «kishi-kishiga qul», degan tushuncha zulmi ostida ezilib xor
bo‘layotgan Ollohning mushtipar bandalarini, «kishi-kishiga emas, balki hamma barobar
yagona Ollohga qul», degan shiorni joriy etish uchun urush qilgandilar. Buning natijasida
tabaqalanish zulmi, kishini-kishi tomonidan ezish, xo‘rlash, zulmi yo‘qolib, o‘rniga
hamma umum huquqlarga ega va barobar bo‘lgan adolatli tuzum yuzaga kelardi.
Tabaqalanish zulmi dunyo xalqlarini eng jirkanchli suratda uzoq asrlardan beri ezib
kelardi. Mazkur zulmni xalqlar ustidan ko‘tarib tashlashlik uchun Islom, o‘zining «hamma
yagona ota va onadan tarqalgan» degan oliy shiorni e’lon qilgandi. Demak, barchaning
kelib chiqishi yeri bir bo‘ladigan bo‘lsa, tabaqalar ichidagi imtiyoz o‘z-o‘zidan barham
topadi.
Ikkinchidan, qadimiy xalqlar orasida taqsimlash ham g‘ayri-qonuniy suratda bo‘lgandi.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |