www.ziyouz.com kutubxonasi
40
inshootlariga va serhosil dalalarga ega bo‘lgan bir o‘lka edi. Eron davlati asosan Sa’d
Abu Vaqqos qo‘l ostlarida, Mesopotam esa Iyoz ibni G’anam qo‘l ostlarida fath etildi.
UMAR IBNI HATTOB DAVRLARIDA SURIYA VA MAG’RIB FUTUXOTI
Sa’d ibni Abu Vaqqos qo‘mondonliklari ostida Islom qo‘shini Iroq, Mesopotam va
Eronda jang olib borgani kabi Xolid ibni Valid qo‘mondonliklari ostida bir vaqtning o‘zida
Suriya, Falastinda ham urush olib borilgan. Suriya, Falastin, Urdun yerlari asosan Rum
saltanati ho‘l ostidagi mustamlakalar edi. Rumliklar bilan birinchi marta «Ajnodin» degan
yerda Abu Bakr davrlarida to‘qnashuv bo‘lib, jang Islom lashkarlari g‘alabasi bilan
tugagan-di. Shundan keyin Umar davrlarida ham rumliklarga qarshi Suriya yerlarida
qat’iyroq kurash olib boriladi. Ular «Ajnodin» urushidan qochib qutulgan Rum askarlari
bilan har yer-har yerda urush olib borib, Damashq, Xims kabi qadimiy va mashhur
shaharlarni fath etib, Urdun viloyati tomon o‘zlariga yo‘l ochadilar. Damashq eng
qadimgi shahar bo‘lib dunyoning eng go‘zal yeriga joylashgan, boy va madaniy
yodgorliklari bilan mashhurdur. Islom askarlari Damashqni 14-yil rajab oyi yoki 635-yil
avgust-sentyabr oylarida qo‘lga kiritgandilar.
Damashq aholisi bilan juz’ya to‘lash shartiga binoan sulh tuzildi. Sulh shartiga ko‘ra
aholi o‘z din va urf-odatlarida erkin suratda qoladilar. Biron-bir cherkov va butxonalar
buzib ham tashlanmaydi. Xims shahri ham bir necha kunlar qamal etilgandan so‘ng
Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi. U yerda ham Damashqda tuzilgani kabi sulh
shartnomasi tuzildi. Qo‘shinning qolgan guruhlari Falastin va Urdun yerlarini fath etish
bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
Bundan keyin Islom lashkarlariga yanada ichkarilab borishlik shmkoniyati tug‘ildi.
Ammo Rum sultoni yangidan quvvatli ko‘shin tuzayotgani haqida xabar kelib, olg‘a
yurish to‘xtatilib, butun Suriya bo‘ylab tarqab ketgan bo‘linmalarni bir yerga to‘plashga
qaror beradi. Zero, Rum sultoni yuz mingdan ortiq jangchiga ega bo‘lgan qudratli sara
qo‘shinni tashkil qilib, Islom lashkariga qarshi urushmoq uchun Suriyaga yuborgan edi.
Mazkur sara qo‘shinning yo‘lga chiqqani eshitilgandan keyin mohir qo‘mondon Xolid ibni
Valid askarlarini Damashq, Xims kabi shaharlardan chekintirib, arab yerlariga yaqin
joyga joylashtirish taraddudiga tushadilar. Qo‘shin asta-sekin chekina borib Urdun
viloyatiga o‘rinlasha boradi. Bu yerga to‘plangan Islom askarlarining soni 40 mingga
yaqin edi, xolos.
Rumliklar ham payt poylab, juda sekinlik bilan harakat qilib olg‘a siljib kelardilar. Ular
qo‘llariga qaytadan kirgan yerlardagi aholini qo‘shinlariga jalb etardilar. Rum askarlari
bilan yarim yil qadar vaqt o‘tganidan so‘ng oxiri «Yarmuq» degan yerda to‘qnashib
o‘rtada zo‘r jang bo‘ldi. Har ikki toifa ham g‘oyat matonatli jang qildilar. Hal etuvchi
jangda Islom lashkarlari sonda ikki barobardan ham ortiqroq bo‘lgan Rum qo‘shinlari
ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Jangda Rum lashkarlarining bosh qo‘mondoni Feodor
o‘ldirildi. Rum askarlari behisob talofot berdilar.
Islom askarlaridan ham uch mingga yaqin kishi o‘ldirildi. O’lganlar ichida mashhur
qahramonlardan Aqrama ibni Abu Jahl va o‘g‘li Amr Salma ibni Xishom, Amr ibni Sa’d,
Jund ibni Amr, Tuayl ibni Amr, Said ibni Xoris, ibni Qays, Tulayb ibni Amr va Xishom ibni
Os kabi bahodirlar bor edilar. Ushbu jangda eng shijoatli urushib qahramonlik ko‘rsatgan
kishi Xolid ibni Valid bilan Aqrama ibni Abu Jahl bo‘ldilar. Jang maydonida Islom
lashkarlarini sarosima egallay boshlagan paytida Aqrama arslon kabi har tarafga yurib:
«Men Rasulullohga qarshi urushib qochmagan, endi qochaymi?» deya hammani
shijoatlantirib, jangga tashviq etdilar. Ushbu jangda «G’asson» amiri ham asir tushib,
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |