Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

degan yerga kelib o‘rnashadilar. Umar ibni Hattobga Eron askarlarini nihoyatda ko‘pligini 



yozib yuborgandilar. Xalifadan shunday degan javob keladi: «Dushmanning qattiq 

hozirlik ko‘rganini eshitib zinhor talvasaga tushmang. Ollohdan yordam so‘rang. Unga 

tavakkul eting. Kisroga bir necha jasorat va fikr egalaridan yuborib dinga da’vat etdiring. 

Chunki ularni da’vat etuv, ularning qo‘rquvlariga bizning esa g‘alaba qilishimizga sabab 

bo‘lajakdur». 

Maktubdagi amrga binoan Sa’d No‘‘mon ibni Makrun boshchiliklarida bir guruh 

kishilarni Kisroga elchi qilib yuboradilar. Ular Kisroga borib ularni dinga kirishga, 

bo‘lmasa juz’ya berishga da’vat etdilar. Agar bulardan biri qabul qilinmasa, unda masala 

qilich bilan hal etilajagi bildirildi. Kisro arablarini nazar-pisand qilmay tahdid birla quvlab 

chiqartirdi. 

Rustam Bars degan yerda o‘z askarlari bilan o‘rnashib 4 oy kutib turdi. Kisrodan 

buyruq kelgach, hujumga o‘tishga tayyorgarlik boshlandi. 

Qodisiyada Eron askarlari bilan Islom lashkarlari o‘rtasida qattiq jang boshlandi. Bir 

necha kun davom etgan shiddatli olishuvdan keyin Eron bosh qo‘mondoni Rustam 

o‘ldirildi. Bosh qo‘mondon o‘ldirilgandan keyin Eron askarlari tartibsiz ravishda 

chekinishga tushdilar. 

Islom tarixida eng katta janglardan hisoblangan «Qodisiya» urushi Islom lashkarlarini 

misliz g‘alabalari bilan tugadi. Chunki bu urushda Islom lashkarlari son jihatdan o‘zlariga 

uch barobar bo‘lgan dushman ustidan g‘alabaga erishgandylar. Dushman askarlaridan 

30 mingga yaqin kishi qirib tashlangandi. G’alaba xushxabarini Sa’d darhol poytaxtga 

elchi orqali yetkazishga shoshildilar. Umar ham urush nima bilan tugashini sabrsizlik 

bilan kutib turardilar. 15-yil shavvol oyining oxirlarida Sa’d Eron saltanatining poytaxti 

bo‘lgan «Madoin» tomon harakatga tushdilar. Madoin yo‘lida Eron askarlari Sa’dga 

qarshilik ko‘rsatishga urinsalar-da, biroq hech nima qila olmadilar. Sa’d to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

Madoin shahriga kirib «Oq saroy» deb atalmish podshoh xosxonasiga 16-yil safar oyida 

tushadilar. Madoinda shohning asosiy xazinasi saqlanardi. Ular buning barchasini qo‘lga 

kiritdilar. 

Uch yuz yildan beri Sosoniylar davlatining poytaxti bo‘lib kelgan shahar Islom 

lashkarlari qo‘l ostiga kirdi. Undagi behisob boyliklar, juda ko‘p zebu-ziynatlar, shoh va 

amaldorlari maishat o‘tkazadigan katta zar va tillolardan har xil suratlar solib 

naqshlangan gilamni ham g‘animatga oldilar. Biroq aholining molmulklariga tegmadilar. 

Madoin fath etilganidan keyin Sa’d Bobilda qarshilik qilib oxiri qochishga majbur 

bo‘lgan dushman askarini tor-mor etuv uchun Naxravonga Zuhra ibni Huvayya qo‘l 

ostlarida bir guruh askar jo‘natdilar. Bundan so‘ng yana Abdul ibni Mutam qo‘l ostlarida 

Mesopotam o‘lkasidan Taqrit atrofiga yoyilgan Eron askarlarini tor-mor keltirishlik uchun 

bir guruh askar yubordilar. Zuxra Naxravondagi dushman askarlarini mag‘lub etib 

shaxarni fath etdilar. 

Abdulloh ibni Mutam ham dushman askarlarini quvlab yuborib, Taqritni fath etdilar. 

Mesopotamni to‘la fath etilishi 19-yil bilan 20-yil orasida Iyoz ibni G’anam qo‘llarida 

amalga oshdi. Madoin fath etilishi bilan eronliklar mag‘lubiyatni butunlay tan olmagan 

edilar. Ular yuz chaqirimcha uzoqda bo‘lgan Xilvonda o‘rnashib olib, bularga askar 

yuborib tashvishga solib turardilar. Sa’d bunga barham bermoq uchun Hoshim ibni Utba 

qo‘l ostlarida 12 ming kishidan iborat askar jo‘natdilar. Ular Jalulo degan yerda Eron 

askarlari bilan uchrashib qonli olishuvdan keyin ularni tor-mor keltirdilar. Shundan keyin 

Xilvonda o‘rnashgan Eron shoxi Yazdijurd arab askarlarini bu yerga kelivu ehtimoli uzoq 

emasligiga ko‘zi yetib Ray shahriga ko‘chib ketadi. Qisqasi, Umar ibni Hattob davrlarida 

Eron bilan Mesopotam ya’ni Aljazira deb nomlangan davlat tamomila fath etilib bo‘lindi. 

Mesopotam Dajla va Yefrat daryosining oralig‘iga joylashgan keng sug‘orish 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish