Tojikistonning aholisi va mehnat resurslari Reja



Download 14,62 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi14,62 Kb.
#11053

Aim.uz

Tojikistonning aholisi va mehnat resurslari
Reja:

1. Mamlakat aholisining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi.

2. Aholining tabiiy ko`payishi.

3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.



Tayanch iboralar: Aholining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi, tabiiy ko`payishi, shahar va qishloq aholisi, mehnat resurslari.
Soni, zichligi, uni takror ishlab chiqarish, milliy tarkibi, joyo’lashishi. Aholining soni jihatidan mamlakat Markaziy Osiyoda O’zbekiston va Tojikistondan keyin uchinchi o’rinda, aholining tabiiy o’sishi jihatidan ham Turkmaniston va O’zbekistondan keyin uchinchi o’rinda turadi. Respublika aholisiga xos xususiyatlar: ko’p bolalik, kindik qoni to’kilgan joyni muqaddas bilish, joydan-joyga ko’chib yurishga odatlanmaslik, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, qishloqsevarlik. Aholidagi bu xususiyatlar bo’yicha tojik xalqi boshqa turkiy xalqlardan ajralmasdir. Aslida esa tojiklar turkiy xalqlar emas, balki forsiy tilda gaplashuvchi xalqlardandir. O’ z asnosida tojik xalqining etnik kelib chiqshi ham turkiy xalqlar bilan ancha yaqindir, bir xilqdir.

Yaqin o’tmishda Markaziy Osiyoda aholining tabiy o’sishi bo’yicha Tojikiston birinchi o’rinda turar edi. Biroq, so’nggi 1990-1999- yillarda mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog’lom vaziyat aholi tabiiy o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Aholining yillik o’rtacha o’sishi 1990-1995 -yillarda Turkmanistonda 4,1 ga O’zbekistonda 2,1 foizni tashkil qilgani holatda, bu ko’rsatkich Tojikistonda 1,9 foizga teng bo’ldi. Aniq ma’lumotlarga qaraganda 1990-1995 yillarda Tojikiston aholisiga atigi 525 ming kishiga ko’paygan. Holbuki, shu davrda Turkmaniston aholisi 821 ming va O’zbekistonniki 2240 ming kishiga ko’paygan.

Mamlakat aholisi uning regionlari aro juda notekis joylashgan. Aholining aksariyat qismi daryo vodiylari va soy bo’ylarida istiqomat qilishadi. Aholi zichligi ham regionlar bo’yicha keskin farq qiladi va so’nggi yillarda 4 marta ko’paydi. M., 1939 -yilda har bir kv. km.ga 10,3 kishi to’g’ri kelgan bo’lsa, u 1959 -yilda 13,8, 1970 -yilda-20,3, 1979 -yilda- 27, 1989 -yilda-33, va 1995 -yilda 40,2 kishini tashkil qildi.

Aholi zichligi uning geografik o’rni orografik xususiyatlariga ko’ra shimoliy va janubiy Tojikistonda, Ko’xiston va Hisor, Vaxsh vodiylarida, sug’orib ziroatchilik qilinadigan zonalarda bir-biriga qarama-qarshi qutblar darajasida farq qiladi. Masalan, vodiylarda aholi zichligi 400-450 kishiga to’gri kelgani holda buning aksi o’laroq tog’li Badaxshon Pomirda aholi zichligi 1-2 kishiga teng.

Tojik xalqi qishloqsevar xalq. Bu yerda aholining aksariyat qismi qadimdan qishloqlarda ishab kelgan. Tojikistonda 1979-89- yillarda shahar aholisi 2 foizga kamaygan bo’lsa, u 1990-1995- yillarda birmuncha ko’paydi, ya’ni 1995- yilga kelib umumiy aholining 38,8 foizini tashkil etdi. Biroq MDHga a’zo bo’lgan davlatlarda esa umumiy aholining 60 foizidan ortigi shaharlarda yashamoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlarida ham shahar aholisining mihdori Tojikistonnikidan ancha baland. Masalan, Qirg’izistonda aholining 38, O’zbekistonda-40, Turkmanistonda-45, Qozog’istonda-57 foizi shaharlarda yashaydi.

Aholining tabiiy o’sishi yuqoriligi uchun mamlakat mehnat resurslariga boy. Respublika aholisining ko’pchiligini mehnatga qobiliyatli yoshar tashkil qiladi. Biroq mamlakatda mehnat resursidan foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilgan emas. Ayniqsa, uning tog’li zonasidagi yuzlab aholi manzilgohlarida foydali mehnatga tortilmagan bir necha yuz ming ishsiz bor. Ularning ko’pchiligi ayollar va mehnatga layoqatli yoshlardir.

Tojikistonda shahar va qishloq aholisining nisbati kam, urbanizatsiya darajasining pastligi ko’rsatib turibdi. Mamlakatda shaharlar soni nisbatan kam va borlari ham uncha katta emas. Mamlakatning yirik shaharlari Dushanbe, Xo’jand, Tursunzoda, Qo’rg’ontepa shaharlaridir.

Tojikiston ko’p millatli davlat. Uning bosim xalqi tojik va o’zbeklar. Tojiklar umumiy aholining 60 foizdan ortig’ini, o’zbeklar esa 27,3 foizini tashkil qiladi. Bu yerda yana son jihatdan eng ko’p ishaydigan millat vakillari rus, tatar, mordva, ukrain, osetin va boshgalardir.



Aholi nihoyat darajada notekis joylashgan.

1-misol. Aholining aksariyat qismi past tekisliklar, daryo vodiylari va soy bo’ylarida joylashgan. Chunki dehqonchilik asosan uning dengiz sathidan uncha baland bo’lmagan hududlarida amalga oshiriladi.

2-misol. Aholining notekis joyo’lashishiga ta’sir ko’rsatuvchi omil uning orografik xususiyatlaridir. Birinchidan, tog’li zonada dehqonchilik qilish doirasi chegaralangan. Bu zonada madaniylashgan tuproq yerlarning kamligi, salqin iqlimiy sharoit dehqonchilik qilishga qiyinchiliklar tug’diradi. Ikkinchidan bu zonada shunday aholi manzilgohlari borki, ular bir-birlari bilan tabiiy to’siq tarzida baland tog’lar bilan ajralib turadi. Tog’ va baland tog’ tabiati zonasida xo’jalik yuritish murakkab ko’chadi va o’z navbatida aholi manzilgohlarining ham mamlakatning madaniy markazlari bilan aloqa qilishi tabiiy ravishda chegaralangan.
Download 14,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish