www.ziyouz.com kutubxonasi
31
kezdirgan va xalq orasida sharmanda qilgandilar. Xalqqa mazkur kishi bilan
o‘tirmaslikka, suhbatlashmaslikka amr ettandilar. Haligi jazo olgan odam kelib Umarga
shikoyat etgandi. Bundan Umarning achchiqlari behad qo‘zg‘ab, Abu Musoga shunday
mazmunda maktub jo‘natgandilar: «Falon kishi sening haqingda menga shunday deya
shikoyat etdi. Ollohga qasam ichib aytamanki, agar ana shunday bir noma’qulchilik
qilsang, o‘zingning burnigga qora surtib xalq orasida rasvo qilib sharmanda etdiraman.
Gapimni qanchalik rostligin bilmoqchi bo‘lsang, yana shunday ishni bir qilib ko‘r».
Bir vaqt Umar (r.a.) voliylar haqida xalqqa: «Ey, xaloyiq, men sizga voliylarni sizni
urishi, so‘kishi, qiynashi va mollaringizni talashi uchun yubormayman. Balki sizga
diningazni o‘rgatishligi uchun, o‘rtangazda haqlik va adolat ila hukm yurgizishligi uchun
yuboraman. Agar biror kishiga shundan tashtsari ish qilinsa darhol menga yetkazsun.
Men uning qasosini olib berurman», degandilar. Shunda Amr ibni Os o‘rinlaridan turib:
«Agar birontamiz qo‘l ostimizdagi kishiga adab berishlik uchun ursak ham qasos olib
berasizmi?» deb so‘ragandilar. Bunga javoban Umar (r. a.) «Albatta, qasos olib
berajakman. Nima uchun qasos olmas ekanman. Zero, Rasululloh o‘zlaridan ham qasos
oldirar edilar», degan ekanlar.
Umar (r. a.) o‘z qo‘l ostilaridagi voliylariga xalq orasida adolat ijro etuvga, katta-
kichik, boy-kambag‘al o‘rtasini ayirmasdan hammaga bir tekis ko‘z bilan qararga
buyurardilar. Qaysi bir yerdan elchi kelsa eng avvalo voliylar haqida so‘rardilar.
«Kasallaringizni borib ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif bechoralarga yumshoqlik
bilan muomalada bo‘ladimi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi ochiqmi?» degan
savollarni berardilar. Agar birorta savollariga yo‘q javobini olsalar va bu dalil tekshiruvda
isbotlansa, to‘xtovsiz o‘sha voliyni ishdan bo‘shatardilar. U janob dalillarni juda
mukammal ravishda tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi bo‘shatishlikni taqozo etsa,
qanday darajadagi kishi bo‘lmasin, to‘xtovsiz ishdan olib tashlardilar. Hazrati Umarning
viloyat hokimlarining muomalalarini kuzatib yuruvchi josuslari bo‘lardi. Hamda voliylarni
tekshirishlik uchun umum taftish guruhi ham ta’sis etgandilar. Umar davrlarida umum
taftish idorasining raisi Muhammad ibni Maslamas Ansoriy edilar. Umar (r. a.) xalq
manfaatini ko‘zlab, qo‘l ostlaridagi ma’muriyatni bunday darajada qattiq nazorat ostida
tutar edilar. Oddiy odam ularga biror bir amaldor tomonidan nohaq jazo yetmasligini
nazarda tutib voliy va hokimlarni mana shunday qattiq nazorat ostida saqlardilar.
Voliylar ham Umar (r. a.)dan nihoyat darajada qo‘rqib to‘g‘ri ish yuritishga harakat
etardilar. Har qanday shikoyatchining shikoyatini, qanday oliy darajadagi amaldor
ustidan bo‘lmasin, albatta tekshirib ko‘rib, agar shikoyat to‘g‘ri deb topilsa, mazkur
amaldordan qasosini olib berardilar. Bir vaqt Umar ibni Hattob (r. a.)ga misrlik bir qibtiy
kelib Amr ibn Osning o‘g‘illaridan shikoyat qilgandi. «Men Amrning o‘g‘lidan poygada
o‘zib chiqsam, alami kelib, meni qamchin bilan nohaq urdi. Ustingdan shikoyat etaman,
desam «Biz — aslzodalarmiz, qo‘lingdan kelganini qilaver», deb meni haqorat etdi» dedi.
Umar (r.a.) darhol Amrga xat yozib o‘g‘li bilan Madinaga to‘xtovsiz yetib kelishga amr
etdilar. Yetib kelishganlaridan so‘ng esa haligi misrlikni chaqirtirdilar-da, qo‘liga
qamchilarini berib Amrning o‘g‘lini urishni buyurdilar. Har urganda Umar (r. a.) «Ur,
aslzodaning bolasini!» deb turdilar. O’g‘lini urib bo‘lgach, endi otasi Amrni urishga amr
etdilar. Misrlik esa «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosimni oldim», deb javob berdi.
Amr ibni Os hazrati Umarga ushbu voqeadan bexabar ekanliklarini aytib uzrxohliklar
qildilar. Amrga qarab: «Sizlar qachondan beri xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz?
Holbuki, onalari ularni ozod holda tuqqan-ku?!» deb ta’naomuz so‘zlar bilan koyidilar.
Umarning adolatlarini qarang-ki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy, Amr esa butun Misr
viloyatining yangicha ta’bir bilan aytganda general gubernatori vazifasidagi kishi edi.
Kunlardan bir kuni Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yursalar bir odam: «Ey Amiral-
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |