www.ziyouz.com kutubxonasi
32
mo‘minin, sen voliylaringga yolg‘iz nasihatlar qilish bilan Ollohning azobidan qutilib
qolaman, deb o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi vbliying Iyoz ibni G’anam nafis kiyimlar
kiyadi, eshigida soqchi ham saqlaydi», dedi. Buni eshitgan onlaridayoq hazrati Umar
taftishchilar boshlig‘i Muhammad ibni Maslamani chaqirib Misrga borishga hamda Iyozni
qanday holda topsalar shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Voqean Iyoz
nafis kiyimlar kiygan va epshklarida soqchi ham saqlagan ekanlar. Hazrat Umar (r. a.)
Iyozni yechintirib, qora chakmon kiygizdirib qo‘llariga bir tayoqni tutqazdilar-da, «Endi
sen bor, mana bu qo‘ylarni o‘tlat», dedilar. Iyoz bunga qarpsh, «Menga o‘lim bundan
yaxshiroq» dedi. Umar (r. a.) esa unga takror aytdilar. U esa takror o‘z javobini
qaytardi. So‘nggada Umar (r. a.) «Sening otang qo‘y boqqanligi uchun g‘anam, ya’ni
qo‘y deb nomlangan bo‘lsa kerak» dedilar. «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz
qaytarmayman», dedilar Iyoz. Shundan so‘nggina Umar (r. a.) Iyozning chakmonlarini
yechishga buyurdilar. Va avvalgi ma’muriyatlariga qaytardilar.
Umar (r. a.) voliylar ishini taftishchilar orqali tekshirish bilangana kifoyalanib qolmay
balki haj mavsumlarida butun voliylarni hajga taklif etar va yuz minglab xaloyiq o‘rtasida
ularni xalqdan qanday ish yuritayotganlarini so‘rardilar.
Bir haj mavsumida butun xalqni yigib voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar. «Ey
xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haqlik bilan hukm yurgizishlari uchun
yubarganman. Sizning tanin-gizga, molingazga ega bo‘lishliklari uchun yubormaganman.
Biror kishi bulardan jabr ko‘rgan bo‘lsa turib aytsun», dedilar. Shu vaqt yolg‘iz bir
kishigina turib, Misr voliysi yuz qamchi urganligini aytdi. Buni eshitib Umar, Misr
voliysiga «Nechun bunga yuz qamchi urasan», dedilar. Va undan qasos olishga amr
etdilar. Shu payt Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Ey amiral mo‘‘minin, siz bunday yo‘lni
tutsangiz voliylaringizga og‘ir botadi. Sizdan keyingilarga ham ushbu ish odat bo‘lib
qoladi», dedilar. Umar (r. a.) bunga javoban: «Nechun qasos olmaslik kerak? Hatto,
Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirar edilar»,— dedilar-da, haligi kimsaga qarab
«Voliyni yuz qamchin ur», dedilar. Amr ibni Os boshqa chora topaolmaganlaridan
Umarga qarab: «Ey amiral mo‘minin, bo‘lmasa bizga rizo qilishga ruxsat eting»,—
dedilar. Har qamchiga ikki dinordan berib, ikki yuz dinor barobariga qasosdan qutulib
qoldilar. 20 dinorga ega bo‘lgan odam zakot berishga qodir hisoblanadi.
Qo‘fa shahri bino kilinganda shahar hokimi uchun boshqalardan ko‘ra yuksakroq saroy
solingan va bu imorat xalq tilida Sa’dning saroyi deb yuritilardi. Mazkur saroy solingan
joy bozor maydoniga yaqin bo‘lib bozordagalarning tovushlari eshitilib turardi. Saroyda
eshik og‘asi bo‘lib, Sa’d unga «bozordagilar tovushlarini ko‘tarib so‘zlashmasinlar», deb
amr etibdi, degan gap oralab qoladi. Oxiri bu gap Umar (r. a.)ning quloqlariga ham borib
yetadi. Darhol taftishchilar raisi Muhammad ibni Maslamani chaqirib: Qo‘faga borib Sa’d
saroyining darvozasini yondirib tashlashga hamda bir maktub yozib berib, mana shuni
Sa’dga topshirib qaytishga amr etdilar. Muhammad ibni Maslama Qo‘faga kelib Sa’dga
bildirmay saroy darvozasiga o‘t qo‘yib yuboradilar. Sa’d Muhammad ibni Maslamani
tayaib qolib saroyga chaqirtiradilar. Biroq, Muhammad ibni Maslama oldilariga
bormaydilar. Oxiri o‘zlari Muhammadning oldilariga kelib uylariga mehmonga taklif
etadilar. Bunida qabul qilmaydilar, oxiri yo‘l uchun, oziq-ovqat uchun, ishlatishga biroz
narsa tayyorlab keladilar. Biroq Muhammad bunida qabul etishdan qat’iyan bosh
tortadilar. Maktubni Sad’ga topshiradilar. Maktubda: «Sen o‘zingga saroy soldirib
xalqdan ayrilib yashar ekansan. Saroying «Sa’dning saroyi» deb mashhur ekan.
Xalqning bemalol kirishlari uchun to‘siq bo‘lishligiga darvoza ham qurib, eshik og‘asini
ham qo‘ygats emishsan. Ul seni saroying emas, balki fasod saroyidur. Bundan keyin
saroyga darvoza qurdirib, xalqning kiruviga mone’ bo‘lma» degan mazmunda gaplar
yozilgan edi. Sa’d ibni Muhammad ibni Maslamaga qasam ichib xalq orasida yurgan gap-
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |