Umar ibni Hattob (r. a.) favqulodda odil bir kishi edilar. Yuqorida yozilgan misollarda
namoyon bo‘lmog‘i uchun hukmdorliklari davrida yuritgan adolatli hukmlaridan bir-ikki
misol keltirib o‘tamiz.
Umar butun xalq orasida tenglik qoidasiga amal etardilar. Huzurlarida boy bilan
kambag‘alning, kuchli bilan kuchsizning, ulug‘ bilan faqirning hech ayirmasi bo‘lmasdi.
Hammasini qonun oldida barobar tutardilar. O’zlari ham qonun oldida oddiy bir kishi kabi